Dasturiy taminotga
esa multimediya ma‘lumotlarini qayta ishlovchi va texnik
ta‘minotni boshqaruvchi dasturlar kiradi. Masalan Windows Movie Maker, Sound
Forge, MX-Flash va hakozo.
Multimediya quyidagi turlarga bo‘linadi:
Gipermedia [G-Media]
– bu grafika, ovoz, video, matn ko‘rinishidagi
ma‘lumotlarni gipermatn ko‘rinishida tasvirlash orqali o‘zaro bog‘langan
multimediya ma‘lumotlarning chiziqli bo‘lmagan muhitidir;
Interaktiv Multimediya
– bu video tasvirlarni va ovozli ma‘lumotlarni
muloqat rejimida boshqarish imkonini taminlay oladigan multimediya tizimidir;
Jonli video
– bu multimediya tizimining real vaqt maboynida ishlash nuqtaiy
nazaridan beriladigan harakteristikasidir.
Ovozli signalni sintezlash uchun ikki usul ishlatiladi:
o
Chastotali modulyasiya yordamida sintezlash yoki FM-sintez;
o
To‘lqin jadvallarini qo‘llash (Wave Table) bilan sintezlash yoki WT-
sintez.
Do'stlaringiz bilan baham: |