O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti



Download 7,16 Mb.
bet75/76
Sana02.07.2022
Hajmi7,16 Mb.
#729975
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   76
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s

JAMI

1-19-
Haftalar

90

Shevalar leksika bo‘yicha materiallar to‘plash uchun
qo‘shimcha tavsiyalar
O‘zbek shevalarining leksik xususiyatlarini o‘rganish shevaning boshqa bo‘limlarini-qismlarini o‘rganishga nisbatan biroz osonroq bo‘ladi. Chunki bunda talabalar leksika bo‘yicha tuzilgan so‘roqlikdan foydalanib yozib olishi mumkin bo‘ladi. Shuningdek, narsa va predmetlarni ko‘rsatib, ularning nomlarini so‘rab olishi ham mumkin. Ko‘p ma’noli so‘zlarning har birining ma’nolarini ochib berish uchun esa ularni matnning ichida berish lozim. Hozirgi kunda sheva hayotiga kirib kelayotgan yangi so‘zlarga ham alohida e’tibor berish kerak.
Shevalarni o‘rganganda shunday so‘zlari uchrashi mumkinki, ularning barchasini oldindan bilishi qiyin. Shuning uchun talabalar shevadagi har bir yangi so‘zga jiddiy e’tibor berishi, uchragan yangi so‘zni matn ichida yozib borishi kerak. Ana shundagina o‘rganiladigan shevaning lug‘at tarkibi ma’lum darajada to‘liq aks ettirilishi mumkin va talabalar ushbu amaliyotdan ancha narsalarni o‘rganishlari aniq bo‘ladi. Quyidagilarga talaba o‘rganayotgan shevasi materiallari asosida har biriga 20 (yigirmata) dan misollarni javoblarida yozishlari lozim:
Antonimlarni qayd eting.
Shevada uchrovchi omonimlarni to‘liq yozib olishga harakat qiling.
Mazkur shevada uchragan sinonimlarni birma-bir yozib oling.
Sheva hududidagi joy nomlari – toponimlarni yozib oling va uning tarkibidagi dialektizmlarni izohlang.
Sheva hududida uchrovchi gidronimlarni qayd qiling va uning tarkibidagi dialektizmlarni sharhlang.
Sheva vakillari yashayotgan hududga xos tarixiy inshoot va binolarning, machitlarning nomlarini yozib, izohlang.
Sheva vakillari nutqiga xos qabriston nomlarini yozing va uning tarkibidagi dialektizmlarni sharhlang.
Sheva mavjud bo‘lgan hududda uchrovchi etnografik nomlarni birma-bir yozib oling va uning tarkibidagi dialektizmlarni izohlash..
Shevada uchrovchi qarindosh-urug‘chilik atamalarini qayd eting va uning tarkibidagi dialektizmlarni sharhlang.
Sheva vakillari nutqidagi uy-ro‘zg‘or buyumlarining nomlarini yozib oling, izohlang.
Shevaga xos kuyov salomlarni yozing va va uning tarkibidagi dialektizmlarni sharhlang.
Shevaga oid kelin salomlarni yozib oling va uning tarkibidagi dialektizmlarni izohlash.
Shevadagi tez aytishlarni yozib olish va uning tarkibidagi dialektizmlarni sharhlang.
Shevada qo‘llanuvchi oziq-ovqat nomlarini yozib oling va uning tarkibidagi dialektizmlarni izohlash.
Shevada qo‘llanuvchi kiyim-kechak nomlarini qayd eting va uning tarkibidagi dialektizmlarni sharhlash.
Shevada qo‘llanuvchi ish-qurollarining nomlarini yozib oling va uning tarkibidagi dialektizmlarni izohlash.
Shevada qo‘llanuvchi zeb-ziynat, taqinchoqlarning nomlarini yozib oling va uning tarkibidagi dialektizmlarni sharhlash.
Shevada qo‘llanuvchi parranda nomlarini yozib oling va uning tarkibidagi dialektizmlarni izohlash.
Sheva vakillari asrovchi uy hayvonlarining nomlarini yozib oling.
Shevada qo‘llanuvchi yovvoyi hamda yirtqich hayvonlarning nomlarini birma-bir yozib oling.
Sheva vakillari ishlatuvchi ovchilik va baliqchilik atamalarini birma-bir qayd eting.
Sheva vakillari aloqador bo‘lgan urug‘ va qabilalarning nomlarini to‘liq yozib olishga harakat qiling.
Shevada «supurgi» so‘zi qanday aytiladi?
To‘y bilan bog‘liq so‘zlarni yozib, ularni to‘y qo‘shiqlari bilan izohlang
/Zag‘izg‘כn, hekke, alashaqshaq /so‘zlaridan qaysi biri bu shevada bor ekan?
/Chug‘urchuq, qכreyeloq, yelכq/ so‘zlarining qaysi birlari o‘rganilayotgan shevaga xos?
Shevada /temene, juvold’z, yo‘g‘on igna/ so‘zlarining qaysi biri qo‘llanadi va qaysi ma’noda?
Satil, paqir, chelak so‘zlarining qaysi biri qo‘llanadi?
Palos vazifasini bajaruvchi qanday so‘zlar shevada bor?
O‘limga oid sheva so‘zlarini yozing va ularni gaplar, marsiyalar bilan izohlang.
Shevada erkalash ma’nosini ifodalovchi qanday so‘zlar ishlatiladi?
O‘rganilayotgan shevada qarg‘ishni (haqoratni) anglatadigan qanday so‘zlar tez-tez qo‘llanadi?
Quyidagi leksik dubletlardan qaysi biri shevada aktiv qo‘llanadi? Masalan: /nervon, shot’, zeng’, norbon, ot’r, kel’, so:q’, goshenge, ch’m’ld’q, gosheyene, chimild’q, duxobe, baxmal, barq’t, chechvon, chashpant, ch’mmet, chimmet, nonpar, chek’ch/ kabilar.
Shunday qilib iborasining shevada boshqa variantlari mavjud bo‘lsa, qayd eting.
Shevada «bo‘yniga olmadi», «rad etdi», «munkir keldi» iboralarining qaysi biri ishlatiladi?
Shevada «dedi, didi, eytt’, ett’» so‘zlaridan qaysi biri ishlatiladi?
Shevada «piyava shorva//shorba, qore shorve//qora shorva, p’yova, vag‘lama» so‘zlaridan qay biri uchraydi va qanday ma’noda ishlatiladi?
Quyidagi iboralarning qaysi biri o‘rganilayotgan shevag xos?
A) kuchuk tishladi yoki qopdi;
B) sigir suzdi yoki shoxladi.
«Ch’royl’, kohl’k//kohlu, korkem, suluv» so‘zlarining qaysi biri shevada aktiv qo‘llanadi?
Tasdiq ma’nosini ifodalovchi «ha» so‘zining qanday variantlari mavjud?
Adabiy tildagi «qidirmoq» so‘zining qanday variantlari mavjud?
«Suvda suzmoq» iborasi shevada qanday qo‘llanadi?
Yil fasllari shevada qanday nomlangan?
Shevada hunarmandchilikka oid qanday atamalar bor?
Shevada «etik» so‘zining boshqa variantlari bormi?
Shevada «kalit» so‘zining boshqa variantlari bormi?
Shevada «childirma» so‘zining boshqa variantlari bormi?
Shevada palovni suzadigan idish qanday ataladi?
Kir yuvadigan tog‘oraning shevada qanday nomlari bor?
Shevada «arqon» so‘zining boshqa variantlari bormi?
Shevada qozonning qopg‘og‘i qanday nomlanadi?
Adabiy tildagi «g‘isht» so‘zining qanday variantlari mavjud?
«Bolta, oybolta, tever//teber» so‘zlarining qaysi biri shevada uchraydi?
Shevada «do‘ppi» so‘zining boshqa variantlari bormi?
Sheva vakillari qo‘llaydigan pichoq turlarini yozing, ixohlang.
Adabiy tilda qo‘llanuvchi «toza» so‘zi bu o‘rganilayotgan shevada qanday ma’no nozikliklari bilan uchraydi?
Shevada «yangi» so‘zining boshqa variantlari bormi?
«Marza, pol, taxta» so‘zlari bormi, ular qanday ma’nolarda ishlatiladi?
«Pushta, jo‘yak, chel, tirgak» so‘zlari bormi, ular qanday ma’nolarda ishlatiladi?
«Tashlama, zaykash, zaxkash, solma, zovur//zavr» so‘zlari bormi, ular qanday ma’nolarda ishlatiladi?
Adabiy tildagi «sharshara» so‘zining qanday variantlari shevada uchraydi7
«To‘g‘on» so‘zi shevada ham qo‘llanadimi yoki boshqa so‘zlar shu ma’noda ishlatiladimi?
Uy hayvonlarini chaqiradigan so‘zlar shevada bormi?
Uy hayvonlarini haydaydigan so‘zlar ham shevada bormi?
Shevada «echki, uloq» so‘zlarining yana qanday variantlari uchraydi?
Shevada erkaklar qo‘llaydigan qupol so‘zlarni yozish.
Shevada ayollar qo‘llaydigan qupol so‘zlarni yozish.
Shevada o‘g‘il bolalar qo‘llaydigan qupol so‘zlarni yozish.
Shevada qizlar qo‘llaydigan qupol so‘zlarni yozish.
Shevada momolar qo‘llaydigan qarg‘ishlarni yozish.
Shevada ayollar qo‘llaydigan qarg‘ishlarni yozish.
Shevada eshakning bolasini qanday so‘zlar bilan atashadi?
Adabiy tildagi «ari» so‘zining bu shevada variantlari bormi? Bo‘lsa, birma-bir qayd qiling.
Qo‘y va echkilarga qiron keltiradigan yirtqich hayvonning shevadagi nomi nima?
Shevada «it, mushuk» so‘zlarining qanday variantlari bor?
Adabiy tildagi «chittak» so‘zining bu shevada variantlari bormi? Bo‘lsa, birma-bir qayd qiling.
«Chumoli» so‘zi shevada qanday so‘zlar bilan ataladi?
Adabiy tildagi «ninachi» so‘zining bu shevada variantlari bormi?
«Oshqovoq» so‘zi o‘rganilayotgan shevada qanday variantlarda uchraydi?
«Or’k, g‘ol’n, zordol’» so‘zlaridan qaysi biri shevaga xos?
«Yelp’z, p’d’ne//pidana, h’lve» so‘zlaridan qaysi biri shevaga xos?
Shevada «murch va qalampir» so‘zlari ma’no jihatdan farq qilinadimi?
Adabiy tildagi «non» so‘zining shevada qanday variantlari mavjud?
«Rovech//ravoch, chukur’» so‘zlaridan qaysi biri shevaga xos?
«Dovuchche, davuchcha, davcha, duvche, devcho, g‘ora» so‘zlaridan qaysi biri shevaga xos?
«Ishkom, voyish, so‘ri» so‘zlaridan qaysi biri shevaga xos?
Adabiy tildagi «bola» so‘zining qanday variantlari ushbu shevada mavjud?
«Mo‘ylov» so‘zining qanday ko‘rinishlari mavjud?
Adabiy tildagi «chaqaloq» so‘zining qanday variantlari bor?
O‘rganilayotgan shevada kishi a’zolari qanday nomlar bilan ataladi?
«Ochofat, xasis» kabi kishi harakteridagi kamchilik-nuqsonni bildiruvchi so‘zlar shevada qo‘llanadimi? Qo‘llansa, misollar yozing.
Tegirmonchilikka oid atamalar bu shevalarda qo‘llanadimi?
Etikdo‘zlikka oid atamalar bu shevalarda qo‘llanadimi?
Temirchilikka oid atamalar bu shevalarda qo‘llanadimi?
Shevada qanday og‘irlik o‘lchovlari qo‘llaniladi?
Shevada hunarmandchilik atamalari bormi? Bo‘lsa, yozib izohlang.
Ushbu shevada tovuq, xo‘rozlarning turlari qanday nomlar bilan aytiladi?
Shevada vaqt o‘lchovlarini anglatuvchi so‘zlar qanday variantlarda uchraydi?
«Dj’ger, bag‘’r, bavur» so‘zlarining qaysi biri shevaga xos?
«Kiprik, kirpik, mujgon» so‘zlaridan qaysi biri shevada aktiv ishlatiladi?
«Bכsh va kalla» so‘zlari shevada qanday ma’nolarda qo‘llanadi va ularning qanday variantlari mavjud?
«Peshone, mengley» so‘zlari shevada qanday ma’nolarda qo‘llanadi va ularning qanday variantlari mavjud?
/Dost//dos, ortoq, djora//djoro//djorjon, esh, yoldכsh, כg‘eyn’, boy’nse, כshne/ so‘zlarining qaysi biri o‘rganilayotgan shevada mavjud?
Shevada «qo‘shni» so‘zining qanday variantlari mavjud?
«Xola» so‘zi shevada ishlatiladimi?
Shevada xolaning bolasini qanday so‘zlar bilan atashadi?
«Pochcha» so‘zi shevada qanday variantlarda ishlatiladi va ular qanday kishilarga nisbatan qo‘llaniladi?
Sheva kishilari akasining xotinini qanday chaqiradilar va uning yana qanday variantlari mavjud?
«Boldiz, kundosh, ovsin, beka, bekach, oyim, aya, qayin, qayinsingil, qayinog‘a» so‘zlaridan qaysi biri ko‘p ishlatiladi va qanday ma’noda qo‘llanadi?
Bolalarning yosh jihatdan farqlanishi shevada qanday holatda?
Shevada adabiy tildagi «ona» so‘zining qanday variantlari bor va ulardan qaysi biri aktivroq qo‘llanib ketmoqda?
Imorat va uning qurilishiga oid shevaga xos bo‘lgan so‘zlarni birma-bir qayd qilib chiqing.
Chevarchilikka oid atamalarni yozib olish.
Kashtachilikka xos atamalarni qayd etish.
Shevada qanday gul nomlari tez-tez ishlatiladi?
Bug‘doy navlari sheva vakillari nutqida qo‘llanadimi?
Qovun navlari shevada qanday variantlarda saqlanib qolgan?
Tarvuz navlari ushbu shevada qanday ko‘rinishlarda ishlatiladi va nega shu holatda ishlatiladi?
Shevangizga oid urug‘-qabila nomlarini qayd etish.
Uzum navlari yozish.
Shevada qush oviga oid qanday so‘zlar ishlatiladi?
Arava va aravasozlikka oid qanday so‘zlar bu shevada tez-tez qo‘llanadi?
Uy bezatishga oid qanday so‘zlar shevada mavjud?
Dam olishga xos bo‘lgan qanday so‘zlar shevada ishlatiladi?
Sheva vakillari nutqida qanday xalq o‘yinlarining nomlari saqlanib qolgan?
To‘y nomlaridan qaysi birlari shevada ko‘proq qo‘llanadi?
Beshik to‘yi qanday o‘tkaziladi?
O‘g‘il to‘y qanday holda bo‘ladi?
Qiz to‘yi qanday o‘tkazilmoqda?
Shevada «aqql’, כdכbl’» so‘zlarining qanday variantlari ishlatiladi hamda ular qanday ma’nolarda bo‘ladi?
«O‘qituvchi, muallim» so‘zlari shevada yana qanday variantlarda aytiladi?
Shevada «yostiq, bolish, lo‘la, lo‘lva, takya» so‘zlarining qaysi biri qo‘llanadi hamda qanday ma’noda ishlatiladi?
O‘rganilayotgan shevada eskicha pul sanog‘i mavjudmi?
Uy-ro‘zg‘or nomlarini yozish.
Harakat nomlarini birima-bir qayd qilish.
Ovqat nomlarini yozish.
Shevangizga oid sutli ovqatlarning nomi yozib, izohlang.
Shevangizga xos yog‘li ovqatlarning nomlarini yozib, ularni izohlang.
Shevaga oid “Yor-yor”larni yozib, ulardagi dialektal so‘zlarning tagiga chizing.
Shevaga oid “Kuyov salom”larni yozib, dialektal so‘zlarini belgilang.
“Charlar” qanday o‘tkaziladi?
Marhumlar uchun qanday urf-odatlar o‘tkazilib turadi?
Shevangizga oid kiyim nomlarini yozing, izohlang.
Shevangizga xos erkaklarning qishki va yozgi kiyimlarining nomini yozing va izohlang.
Shevangizga xos ayollarning qishki hamda yozgi kiyimlarining nomlarini yozib oling va sharhlang.
Shevangizga xos bolalar kiyimlarining nomlarini yozib, ularni izohlang.
Shevangiz vakillariga xos qadimdan davom etib kelayotgan urf-odatlarning nomini yozib, izohlang.
Bezak nomlarini qayd etish.
Sheva vakillari nutqida qo‘llanadigan toponimlarni qayd etish.
Shevangizga oid hikmatli so‘zlarni yozing.

Download 7,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish