2.1. Karlo Gozzining Turandot asari haqida
Turandot Pietro Chiari va Karlo Goldonining burjua, realistik asarlariga qarshi adabiy urush kampaniyasi doirasida Gozzi tomonidan ataylab Commedia dell'arte uslubida yozilgan asar. U birinchi marta Sakki truppasi tomonidan 1762-yil 22-yanvarda Venedikdagi San Samuele teatrida ijro etilgan va undan keyin yettita spektakl olgan. Gozzining bu pyesasi "engil, kinoyali ohang"ga ega, Shiller esa uni ideallashtirilgan axloqiy munosabat bilan ramziy dostonga aylantiradi. Gozzi, garchi u drama va komediyaning ikkala elementidan ham foydalansa-da, ularni mustaqil qismlar sifatida yonma-yon qo'yadi; Shiller ularni birlashtiradi va ularni bir-birining natijasiga aylantiradi. Dramatik va kulgili o'zaro ta'sir, ularning o'zaro bog'liqligi va bir xil darajada uyg'unligi universalizmning romantik tamoyilini o'zida mujassam etgan.
Asar noʻgʻay tatarlari shahzodasi Kalafning Chin devorlari ostonasida paydo boʻlishi va sobiq otaligʻi Baraxni uchratishi bilan boshlanadi. Kalaf unga Xorazmshoh qoʻshinlari bilan jangdagi magʻlubiyatlaridan soʻng ota-onasi bilan darbadarlikda yurganliklarini, keyinchalik Xurosonga borishganini va u yerda u ota-onasini boqish maqsadida shoh saroyiga qora ishchi sifatida ishga kirganligini, soʻng dilidagi ogʻriq va qasos oʻti bilan oldingi martabasini tiklash hamda Xorazmshohdan intiqom olish uchun Chin yurtiga kelganini soʻzlab beradi. Birdan atrofda shovqin boshlanadi. Barax bu malika Turandot ishqida adoi tamom boʻlgan yana bir shaxzodaning qatl marosimidan darakligini aytib beradi va Kalafga shahar devoridagi uzilgan boshlarni koʻrsatadi. Keyin oʻsha qatl qilingan Samarqand shahzodasining otaligʻi kelib qoladi va malikani ahmoqlikda, vaxshiylikda ayblab, uning suratini yerga tashlab ketadi. Kalaf Baraxning qarshiliklariga qaramasdan suratga qaraydi va oʻzini yoʻqotib qoʻyadi, shundan soʻng u Turandot shartlarini bajarib unga uylanishga qatʼiy turib oladi. Chin imperatori yana bir bechoraning qiziga ishqi tushganini eshitadi va uni saroyga taklif qiladi. Kalaf bilan suhbatdan soʻng imperator Altoum uni yoqtirib qoladi va uni fikridan qaytishga undaydi, uddalay olmagach qizini chaqirtiradi. Turandot ikki kanizagi bilan kirib kelgach Kalafga koʻzi tushadi va uni yoqtirib qoladi, biroq oʻz soʻzida turgan holda unga uchta topishmoq aytadi. Kalaf barcha topishmoqlarga toʻgʻri javob bergach Turandot aynib qoladi va otasiga yangi topishmoqlar oʻylab topish uchun kam fursat boʻlganligi aytadi hamda Kalafga erga tegishdan bosh tortadi. Shunda Kalaf unga bir savol beradi, agar savolning javobini topsa, u oʻz yurtiga joʻnab ketadi, agar topolmasa, Turandot unga erga tegishga majbur boʻladi. Turandot shartga rozi boʻladi, bu orada kanizak Adelma imkoniyatdan foydalanish uchun umid paydo boʻlganidan xursand boʻladi. Kalaf Baraxga voqeani aytib beradi va uni sotmasligni utinib soʻraydi, keyin Kalafni saroyga qamab qoʻyishadi. Hammasidan xabardor Adelma ishga tushadi va Barax Kalafning doʻsti ekanligi bilan bir qatorda Turandotning ikkinchi kanizagi Zelimaning otasi ekanligi aytib beradi. Barax, uning xotini va shu tobda oʻgʻlini qidirib Chinga kelgan otasi Timur ham Turandot buyrugʻi bilan qamoqqa olinadi. Adelma makkorlikka oʻtadi va birinchi bor Kalaf yoniga Baraxning xotinini, soʻng uning qizi Zelimani javobni bilish uchun yuboradi. Kalaf bunday aldovga tutulmaydi. Endi Adelmaning oʻzi Kalafning oldiga boradi va unga boʻlgan muhabbatiga iqror boʻladi, unga qochishni taklif qiladi, lekin Kalaf koʻnmagach, Turandot ertalab saharda uni oʻldirish toʻgʻrisida buyruq berganligini aytib Kalafni aldaydi. Shunda Kalaf oʻzi haqidagi maʼlumotlarni aytib qoʻyganligini bilmay qoladi. Ertalab Kalafni saroyga eltishgach u kechagi voqealar makkorlik boʻlganligini payqab qoladi va pushaymon boʻladi. Saroyga Turandot motam kiyimida kirib keladi va savolga javob topolmaganini eʼlon qiladi. Kalaf ich-ichidan xursand boʻlgan bir vaqtda Turandot uni oʻz ismi bilan chaqiradi va gʻalaba qozonganini aytadi. Shundan soʻng Kalaf oʻzini oʻldirmoqchi boʻladi, lekin Turandot uni toʻxtatib, uni sevib qolganligini aytadi. Adelma esa Turandotga yillar davomida saqlab kelgan barcha nafratlarini toʻkib sochadi. Imperator Altoum unga sobiq mulklarini qaytarib beradi va uni oʻsha yerlarning malikasi etib eʼlon qiladi, Kalafga esa Xorazmshoh oʻlgani va uning yurtidagilar sobiq shahzodasini kutayotganliklarini aytadi. Yurtda katta toʻy boshlanadi. Shu tariqa ertak oʻz nihoyasiga yetadi.
Turandot:
Titolo originale: Turandot
Lingua originale: italiano, veneziano
Genere: commedia
Atti: cinque
Epoca di composizione: metà del XVIII secolo
Prima rappr.: 22 gennaio 1762
Personaggi:
Turandot, principessa
Altoum, imperatore della Cina
Adelma, principessa tartara, schiava favorita di Turandot
Zelima, altra schiava di Turandot
Schirina, madre di Zelima
Barach, ex precettore
Calaf, principe dei tartari
Timur, re d'Astracan
Pantalone, segretario d'Altoum
Tartaglia, gran cancelliere
Brighella, maestro dei paggi
Truffaldino, capo degli eunuchi
Dottori, schiave, eunuchi, soldati, il Boia6
Do'stlaringiz bilan baham: |