paxtaning rangi kabi yoki qushning uchishi, osmondagi yashinning xarakteri,
shamol xarakteri kabilar
54
, shunday paytlarda biz oʻxshatishlardan foydalanamiz.
O‘xshatish narsa va hodisalar hamda ularni ifodalovchi tushunchalarning
nutq jarayonida ayrim jihatlar va sabablarga ko‘ra yaqinligidan kelib chiqib amalga
oshiriladigan subyektiv qiyoslashdir. “O‘xshatish deyilganda, – ta’kidlaydi
A.I.Efimov, – tasvirlanayotgan shaxslar, xarakterlar, voqealar, kartinalarni
ko‘pchilik holatda kitobxonga yaxshi tanish bo‘lgan obrazga qiyoslash tushuniladi.
Bu qiyoslash natijasida tasvirlanayotgan narsa go‘yo aniqlanadi, birmuncha
ravshan va ta’sirli bo‘ladi. Muvaffaqiyatli o‘xshatishning muhim belgilaridan biri
kutilmaganlik, yangilik, tasviriylik elementidir”.
55
So‘zlashuv jarayonida ko‘plab
ishlatiladigan o‘xshatishlar hikoya qilinayotgan narsa va hodisaning kengroq
qo‘lamdagi tasvirini berishga, aniqlikka xizmat qiladi,
–
degan tarifni S.Karimov
keltirgan.
Oʻxshatishlar bilan shugʻullangan olimlar uning ikki turini farqlashadi. Bular
oʻxshatishlarni hosil qiluvchi leksik va morfologik (affiksal) vositalar.
Bunday vositalar yordamida oʻxshatishlar siyosiy arboblarimiz, ya’ni
Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tilida ham uchraydi.
Birinchisi, oʻxshatishni hosil qiluvchi leksik vositalar: kabi
, singari, qadar,
yanglig‘, bamisoli, bamisli, misoli, misli, monand, xuddi, naq, go‘yo, teng,
o‘xshatmok, eslatmoq, demoq, bo‘lmoq, bir, aynan, o‘zi, tus, ibrat, holatda, chu,
andoqki
va boshqalar. Biz ularni
analitik vositalar
deb ham ataymiz. Darsliklar,
oʻquv qoʻllanmalari hamda ilmiy manbalarda keltirilgan bu vositalarining faollik
darajasi turlicha.
Morfologik vositalar:
-day (-dek) -dak -(tak) -dag‘ (-dog‘) -dayin, -dan, -
dir, -namo, -simon,-ona, -omuz, -li, -cha, (-larcha, -chalik, -chasiga)
kabilar.
Boshqa uslublarda ular predmet va hodisalarni shunchaki qiyoslab, o‘xshatish
subyektining ma’nosini konkretlashtirish uchun xizmat qilsa, badiiy uslubda shu
bilan bab-baravar, badiiy-estetik vazifani ham bajaradi. Metaforik o‘xshatishlar
54
Қўнғуров P. Ўша асар. 34-б
55
Каримов С. Бадиий услуб ва тилнинг ифода тасвир воситалари. – Самарқанд, 1994. 9-б
buning yaqqol dalilidir. Bu o‘xshatishlar ommabop (publitsistik) uslubning ayrim
janrlaridan tashqari boshqa uslublar uchun asosiy vosita hisoblanmaydi.
56
Jumladan,
-ona
affiksi ravish yasash bilan birga belgi bilan bogʻliq boʻlgan
oʻxshatishlar hosil qiluvchi affiksdir:
Bugungi kunda xalqimizning bunyodkorlik
salohiyati, fidokor
ona
mehnati bilan Shahrisabz yurtimizning eng obod
maskanlaridan biriga, zamonaviy madaniyat va turizm markaziga aylanib
borayotgani barchamizni quvontiradi.
Siz, azizlarni biz fashizmga qarshi mard
ona
kurashgan, buyuk G‘alabaga
beqiyos hissa qo‘shgan, Vatanimizning haqiqiy qahramonlari, deb bilamiz va
sizlar bilan cheksiz faxrlanamiz.
Mamlakatimizda qabul qilingan Harakatlar strategiyasiga muvofiq, biz
tashqi siyosat sohasida barcha uzoq va yaqin davlatlar, avvalo, qo‘shni
mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar bilan do‘st
ona
va o‘zaro manfaatli hamkorlik
aloqalarini har tomonlama rivojlantirish siyosatini izchil davom ettiramiz.
Sharq
Do'stlaringiz bilan baham: