O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti



Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/39
Sana30.06.2022
Hajmi1 Mb.
#720387
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   39
Bog'liq
siyosiy arboblar nutqining leksik-stilistik xususiyatlari

2.2.
 
Nutqlardagi asosiy kommunikativ oʻziga xosliklar 
Siyosiy arboblar nutqlarida nutqning asosiy kommunikativ sifatlari: 
nutqning toʻgʻriligi, nutqning aniqligi, nutqning mantiqiyligi, nutqning tozaligi, 
nutqning ta’sirchanligi, nutqning maqsadga muvofiqligi, nutqning izchilligi kabi 


sifatlar juda muhimdir. Bu jihatlar Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov va 
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevlarning har bir nutqlarida mujassamdir.
Darhaqiqat, Sohibqiron Amir Temur bobomiz aytganidek, “Bilagi zo‘r – 
birni yiqar, bilimi zo‘r, ongi baland – mingni”.
Shu buyuk hikmatga tayangan holda, ona yurtga, ona zaminga sadoqat 
bilan, kimning avlodi ekanini xayolidan chiqarmasdan, hayotda aniq maqsad va 
e’tiqod bilan yashaydigan harbiy inson Qurolli Kuchlarimizning eng ishonchli 
tayanchi va suyanchi, eng katta boyligi desak, hech qanday xato bo‘lmaydi.
32
 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga 
Murojaatnomasidan (22.12.2017): 
Aziz farzandlarimiz, nabiralarimiz baxtini, kamolini oʻylab, el-yurtimizning, 
xalqimizning yorugʻ kelajagini koʻzlab, oldimizga ulkan vazifalar qoʻymoqdamiz. 
Niyati ulugʻ xalqning – ishi ham ulugʻ, hayoti yorugʻ va kelajagi farovon 
boʻladi. Biz demokratik islohotlar yoʻlidan hech qachon ortga qaytmaymiz. 
Qanchalik qiyin boʻlmasin, faqat oldinga – yangi, yuksak marralar sari boramiz. 
Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotiga hissa qoʻshish – Yaratganning oʻzi bizga bergan 
tarixiy imkoniyat, desak, toʻgʻri boʻladi. Barchamiz buni chuqur anglashimiz, 
qadriga yetishimiz zarur. Jonajon Vatanimiz oldidagi farzandlik burchini sharaf 
bilan bajarish hammamizga nasib etsin!
Bu misollardan siyosiy arboblarimiz nutqlarining sodda va samimiyligi, 
xalqona va xalq diliga yaqinlik jihatlarni kuzatishmiz mumkin. 
Siyosiy arboblarimiz nutqlarining yana bir o‘ziga xoslik jihati aniq faktlarga 
tayanishi, ko‘zlangan maqsadni aniq ifodalashi, bir so‘z bilan aytganda, aniqlikka 
tayanishidir. Nutqning aniqligi – bu so‘zning o‘zi ifodalayotgan voqelikka mutlaqo 
mos va muvofiq kelishidir. Aniqlik nutqning muhim fazilatlaridan biri sifatida 
qadimdan ma’lum. G‘arb mutafakkirlari ham, Sharq olimlari ham aniqlikni nutq 
sifatlarining birinchi sharti deb hisoblaganlar. Arastu: “Agar nutq noaniq bo‘lsa, u 
maqsadga erishmaydi”, 

deydi.
32
Prezident.uz.// www.google.co.uz/#q=islom+karimov+nutqlari&btnK=Поиск в Google// 12.01.2010.Prezident 
Islom Karimovning Toshkent shahrida barpo etilgan “Vatanga qasamyod” haykalining ochilishiga bag‘ishlangan 
tantanali marosimdagi nutqi. ˃ 27.01.2017. 


Aniqlik nutqning fazilati sifatida yorqin ifodalash qobiliyati bilan, nutq 
predmetining ma’nosi bilan, nutqda ishlatilayotgan so‘z ma’nolarini bilish bilan 
bog‘liq bo‘ladi.
“Agar notiq o‘zi fikr yuritmoqchi bo‘lgan nutq predmetini yaxshi bilsa, unga 
mos so‘zlar tanlasa va o‘zi tanlagan so‘zlarning ma’nolariga mos vazifalar
yuklasa, nutq aniq bo‘lishi tayin. Aniqlik ikki xil bo‘ladi: narsaning aniqligi va 
tushuncha aniqligi.”
33
Nutqning aniqligi asosiy kommunikativ sifatlaridan biridir. Agar to‘g‘rilikda
nutqning yuzaga kelishida faqat til omili zaruriy belgi sifatida qaralsa, nutqning 
aniqligi deyilganda, uning shakllanishiga xizmat qiladigan, tildan tashqari bo‘lgan 
omillar ham nazarda tutilishi lozimdir. Bunda dastlab til va tafakkur aloqalari 
turadi. Chunki, tabiat va jamiyatdagi narsa va hodisalar o‘rtasidagi mutanosiblik va 
uning nutqda aks etishi ana shu aniqlikning xuddi o‘zidir. Boshqacha aytganda, 
tabiat va jamiyatdagi turli voqea-hodisalar, narsalar, olamning geografik tuzilishi, 
kishilarning his-tuyg‘ulari, harakatlar va holatlari har bir tilda o‘z atamasiga – 
nomiga ega. Ana shu atamalar yordamida bu hodisalar inson tomonidan 
aniqlanadi, tushuniladi, idrok qilinadi va fikr almashinadi. Shuning uchun ham, 
nutq oldiga u aniq bo‘lishi kerak deb talab qo‘yilganda til birligi hamda u 
ifodalayotgan tabiat va jamiyatdagi narsa-hodisalar o‘rtasidagi muvofiqlik 
tushuniladi. Masalaga shu talablardan kelib chiqib yondashiladigan bo‘lsa, nutq 
aniqligi nutq madaniyati va mas’uliyatining g‘oyat muhim sharti bo‘lib qoladi.
Shunday qilib, aniqlik – bu so‘zning o‘zi ifodalayotgan voqelikka mos va 
muvofiq kelishidir. 
Aniqlikni boshqacha tushunish ham mumkin. Bu so‘z va uning ko‘pchilik 
tomonidan qabul qilingan ma’nosi va uning nutqda qo‘llanishi bilan muvofiq 
kelishidir.
34
Agar nutq aniq bo‘lmasa, so‘zlovchining fikrini tinglovchilarga tushuntirish 
qiyin. U holda fikr chala yoki yanglish tushunilishi mumkinmi, bu aniq bo‘lmagan 
33
Jalilov S. O‘qituvchining nutq madaniyati fani bo‘yicha o‘quv metodtik majmua. – Nukus, 2012. 21-bet. 
34
Каримов С., Маматов Х., Бўриев И. Юристнинг нутқ маданияти. Ўқув қўлланма. – Тошкент: “Зарқалам” 
нашриёти, 2004. 51-52- б. 


nutqning kishilar o‘rtasidagi tabiiy va normal muloqot uchun yaroqsizligini 
ko‘rsatadi. 
Nutqning aniqligi so‘zning tildagi ma’nosiga tamomila muvofiq tarzda 
qo‘llanishi, so‘zning voqelikdagi o‘zi ifodalayotgan narsa-hodisalar bilan qat’iy 
mosligi asosida yuzaga keladigan kommunikativ sifatdir. Aniq nutq malakasining 
shakllanishida tavsiflanayotgan voqelikni bilish tildagi so‘z ma’nolari sistemasini 
yaxshi anglash, nutq mazmuniga e’tibor bilan qarash hal qiluvchi ahamiyatga 
molikdir. Ana shunda ifoda uchun eng uyg‘un va almashtirib bo‘lmaydigan aniq 
so‘zni topish mumkin. Nutqni aniq tuza olish uchun, aytilganiday, eng avvalo, 
so‘zning leksik ma’nosini to‘g‘ri tasavvur qilish lozim.
35
“Tadqiqotlarda aniq nutq yaratish uchun so‘zlovchidan quyidagilar talab 
etilishini qayd qilishgan: 
a) tilning sinonimik imkoniyatlarini bilish va sinonimik qatorlarda 
keraklisini ajratib, nutqda qo‘llash; 
b) nutqda ishlatiladigan so‘zning anglatgan ma’nolarini har tomonlarini 
bilish; 
d) so‘zning ko‘p ma’noliligiga jiddiy e’tibor berish, ko‘p ma’noli so‘z 
nutqda qo‘llanganda uning qaysi ma’no qirrasi ko‘zda tutilayotganini aniq tasavvur 
qilish; fikrning yuzaga chiqishida bu so‘zning boshqa ma’no qirralari monelik 
qilish – qilmasigini ko‘z oldiga keltirish; 
e) omonimlarning xususiyatlarini bilish, chunki, ularni bilmaslik aniqlikning 
buzilishiga olib keladi; 
f) paronimlarni bilish, ulardagi tovush yaqinliklariga e’tibor berish; 
g) tor muhitda ishlatiladigan, chetdan kirgan, kasb-hunarga oid, arxaik, 
eskirgan, dialektizm so‘zlarning ma‘nolarini yaxshi anglagan holda nutqqa 
kiritish”.
36
35
Абдусаидов Абдували. Нутқ маҳорати. “Нутқ маданияти-нинг ҳозирги давр муаммолари” танланма 
фанидан ўқув қўлланма. – Самарқанд: СамДУ нашри, 2014. 92-бет. 
36
Расулов Р., Ҳусанов Н., Мўйдинов Қ. Нутқ маданияти ва нотиқлик санъати. – Т.: Iqtisod-moliya, 2006. 26-
бет. 


Bu sifatlarga Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov va Prezidentimiz 
Shavkat Mirziyoyev nutqlarida ko‘plab misollar mavjud: 
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov nutqidan: 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish