O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti «Xalqaro turizm va turizm servisi» kafedrasi


Xalqaro turizm xizmat bozorida o‘tkazilayotgan islohotlar



Download 2,01 Mb.
bet87/172
Sana24.06.2022
Hajmi2,01 Mb.
#701311
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   172
Bog'liq
Turizm asoslari MARUZA matn

11.3. Xalqaro turizm xizmat bozorida o‘tkazilayotgan islohotlar
Turizm xizmat bozorida o‘tkazilayotgan islohotlarimizning mantiqiy yakuni qo‘yidagi masalalarga qaratilgan: turizmni boshqarish tizimining doimiy ravishda takomillashtirib borilishiga; hukumatimiz tomonidan turizmni rivojlantirish maqsadida markazlashgan holda ajratiladigan mablag‘lar hajmining ortib borishi sharoitida O‘zbekistonning turistlik salohiyatidan samarali foydalanishga; mamlakat byudjetiga tushadigan mablag‘larni oshirishga; xususiy korxonalar va mahalliy aholining moddiy-ma’naviy farovonligini ta’minlashga.
Mustaqillik yillaridan so‘ng, O‘zbekiston dunyo turizm xizmat bozoriga dadil qadamlar bilan kirib borib, jahon turizmidagi o‘z o‘rnini barqaror egallab bormoqda. TDIU olimlarining tadqiqotlari bo‘yicha, mustaqillik-ning dastlabki yillarida O‘zbekistonda jahon bo‘yicha xalqaro turizmdan olingan daromadning faqatgina 0,002 % gina olingan. (1993 yilda O‘zbekistonda xorijiy turistlardan 5 mln. AQSH doll. miqdorida daromad olingan) hamda dunyo bo‘yicha xalqaro sayohatga chiqqan turistlarning 0,01 % gina qabul qilingan (1994 yilda O‘zbekistonga 60,9 mingta xorijiy turist tashrif buyurgan). Hozirda O‘zbekistonga dunyo bo‘yicha xalqaro turizmga chiqqan insonlarning 0,03 % idan ortig‘i keladi (2006 yilda dunyo bo‘yicha 842 mln. kishi xalqaro turizmga chiqqan) hamda dunyo bo‘yicha xalqaro turizmdan olingan daromadning 0,004 % ni tashkil qilgan. (2005 yilda dunyo bo‘yicha xalqaro turizmdan 680 mlrd. AQSH doll. miqdorida daromad olingan). Ko‘rinib turibdiki, mustaqillik yillarida O‘zbekistonning xalqaro turizmdan daromad olishdagi hissasi 2 barobarga, xalqaro turistlarni jalb qilishdagi ulushi 3 barobarga ortgan. Bu vaqt mobaynida jahonda xalqaro turizm ham yuksak sur’atlarda rivojlanayotganligini inobatga oladigan bo‘lsak (dunyo bo‘yicha xalqaro turizm o‘rtacha yiliga 10 %dan o‘sgani holida O‘zbekistonda xalqaro turizm yiliga o‘rtacha 17 % dan o‘sayapti), erishilgan ko‘rsatkichlarning ahamiyatini yanada chuqurroq his qilish mumkin. O‘zbekistonda turizmning rivojlanishida erishilgan ko‘rsatkichlar bilan qo‘yiroqda keltirilgan jadvallar orqali yanada aniqroq tanishish imkoni mavjud.2
Hozirda Respublikamizda xorijiy turistlarga asosan madaniy-tanishuv turlari taklif qilinmoqda. Ushbu turlar davomida tarixiy, arxitektura, diniy obidalar va ziyoratgohlar bilan tanishtiriladi, mahalliy aholining turmush tarzi va madaniyati ko‘rsatiladi. Bunday turlar davomida asosan Samarqand, Buxoro va Xivadagi ob’ektlarga tashrif buyuriladi. Respublikamizda hammasi bo‘lib 30 ga yaqin turlar taklif etiladiki, ularning ichida Toshkent va Farg‘ona vodiysida amalga oshiriluvchi ko‘ngilochar, dam olish - davolanish, tog‘-chang‘i, golf sportlari bilan shug‘ullanish turlari ham mavjud.
11.2.jadvalda ko‘rsatilganidek mamlakatimizda turizmni rivojlantirishda qo‘lga kiritilgan yutuqlarga nazar tashlaydigan bo‘lsak, avvalo, o‘lkamizga tashrif
B.Yu. Xodiyev va boshqalar. O‘zbekiston iqtisodiyoti mustaqillik yillarida . Ilmiy ommabop risola- T: Iqtisodiyot, 2007
134
buyurayotgan xorijiy turistlar soni oshib borayotganligini inobatga olish zarur bo‘ladi. Masalan, «O‘zbekturizm» Milliy Kompaniyasi tashkilotlari tomonidan 2000-yilda 1993 yilga nisbatan 3 barobar ko‘p xorijiy mehmonlarga xizmat ko‘rsatilgan.
Chet eldan kelayotgan mehmonlar sonining 2001 yildagi kamayishi qo‘shni mamlakatda amalga oshirilgan antiglobal harbiy harakatlari ta’sirining natijasi bo‘ldi. Bunda ko‘plab xorijiy turistlik firmalar kuz-qish oylari uchun O‘zbekiston mehmonxonalaridagi joy bronlarini zarurat bo‘lmasa-da, ehtiyotkorlik yuzasidan bekor qilishdi. Bu joylar bronlarining miqdori 2000 yilga nisbatan ancha ko‘p bo‘lganligi, 2001 yilda turizm yanada o‘sishi mumkin ekanligidan dalolat beradi. 2003 yilga kelib, mamlakatimizga chetdan kelayotgan xorijiy turistlarning soni yana osha boshladi.
Jadval 11.2.

Download 2,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish