Turizmni sayyohatdan ajratib turuvchi asosiy xususiyatlar
№
Farq qiluvchi xususiyatlar
Turizm (turist)
Sayohat (sayohatchi)
1
Mamlakat iqtisodiyo-tiga ta’siri bo‘yicha
Turizm kuchli jahon miqi-yosidagi iqtisodiyot tarmog‘i bo‘lib, uning jaxon yalpi ichki mahsulotidagi ulushi mavjud. Bu yirik biznes, katta pul va global mikyosdagi jiddiy siyosatdir.
Sayohatlarning iqtisodiyotiga bevosita ta’siri yo‘q
2
Qo‘yilgan maqsadlar bo‘yicha
Yo‘llanmada ko‘rsatilgan aniq qo‘yilgan maqsadlar bilan chegaralangan
Aniq qo‘yilgan maqsadlar bilan chegaralanmagan
3
Muddat maboynida
Yo‘llanma bilan chegaralangan bo‘lib, 1-2 kunlik (dam olish kunlari); 3-7 kunlik; 8-28 kunlik; 29-91 kunlik bo‘lishi mumkin
Muddati chegaralanmagan
4
Ma’lum makonda bo‘lishi
Bo‘ladigan joyi yo‘llanma bilan chegaralangan
Makoni yoki bo‘ladigan joyi chegaralanmagan
5
Bo‘sh vaqtning mavjudligi
Asosan bo‘sh vaqt maboynida amalga oshiriladi
Bo‘sh vaqt bo‘lishi shart emas.Sayohat qilish hayot tarzi hisoblanadi
28
6
Borgan joyida haq to‘lanadigan faoliyat bilan shug‘ullanishi bo‘yicha
Borgan joyida turist uchun haq to‘lanadigan faoliyat bilan shug‘ullanishi mumkin emas
Borgan joyida sayohatchi uchun haq to‘lanadigan faoliyat bilan shug‘ullanish mumkin
7
Mablag‘ bilan ta’minlash
Turistning shaxsiy mablag‘-idan va ijtimoiy fondlar-dan
Homiy tashkilotlar, davlat va xususiy jamg‘armalar tomonidan moliyalashtiriladi
8
Tashkil qilish va xizmat ko‘rsatish
Bu faoliyat turli xil turistlik korxonalar va xizmat ko‘rsatish sohalari bilan bog‘liq tarmoklar tomonidan amalga oshiriladi.
Tashkil qilish homiy tashkilotlar, davlat va xususiy jamg‘armalar tomonidan amalga oshiriladi, sayohlarga xizmat ko‘rsatish esa bevosita o‘zi tomonidan amalga oshiriladi.
9
Yashash foliyatiga ta’siri
Turistning sayohatga borib kelishi yashash faoliyatiga bevosita ta’sir qilmaydi.
Sayyohat sayohatchi uchun kasbi yoki kun ko‘rish manbai, turmush tarzi bo‘lib xizmat qiladi.
Tayanch iboralar: Markaziy Osiyo sayohatchilari, kashfiyotlar, qadimgi sayohatlar va ziyoratchilik, sayohat va sayohatchi, turist haqidagi tushunchalar, ziyoratchi olimlar, turizmni sayyohatdan ajratib turuvchi asosiy xususiyatlar, turizm kuchli jahon mikyosidagi iqtisodiyot tarmog‘i, zamon va makonda ko‘chib yurish, bo‘sh vaqtning va mablag‘ning mavjudligi.
Mustaqil nazorat qilish uchun topshiriq va savollar: Sayohat deganda nimani tushunasiz?
Ilk sayohatchilar kimlar bo‘lgan?
Ko‘chmanchilarni sayohatchilar deyilishiga sabab nimada?
Ziyoratchilar qanday sayohatlarni amalga oshiradilar?
Savdogarlar sayohati haqida nimalarni bilasiz?
Markaziy Osiyo sayyohatchilarining sayohatga qo‘shgan hissasi nimadan iborat?
Nima uchun Tomas Kuk turizmning asoschisi deyiladi?
Turizmning ta’rifini aytib bering?
Turizmning sayohatdan farqi nimalardan iborat?
29
3. TURIZM XIZMATLARINING TASNIFLANISHI VA XUSUSIYATLARI Reja:
Turizm sohasining tasniflanishi
Turistlik xizmatlarning xususiyatlari
Turistlik xizmatlarning «To‘rtta S» bilan ifodalanishi.
3.1. Turizm sohasining tasniflanishi Zamonaviy turizmni o‘ziga xos xususiyatlarini belgilash maqsadida uning muhim tasnifiy belgilarini aniqlab olish zarur bo‘ladi. Jumladan, geografik belgilari, turistlik oqim yo‘nalishi, safar maqsadi, harakatlanish usuli, turistilarni joylashtiruv vositalari va ishtirokchilar soni bo‘yicha, tashkiliy-huquqiy shakllarini tasniflash maqsadga muvafiqdir.
Jadval 3.1.
Turizm sohasining tasniflanishi
№
Tasniflanadigan belgilar
Turizm turlari
1
Geografik prinsip bo‘yicha
1.1 Milliy
1.2 Xalqaro
1.3 Ichki
2
Turistlik oqimlar yo‘nalishi bo‘yicha
2.1. Kiruvchi
2.2. Chiquvchi
3
Maqsadlar bo‘yicha
3.1. Rekreatsion
3.2. Sog‘lomlashtiruvchi dam olish
3.3. Bilimini oshiradigan dam olish
3.4. Malakaviy ish turizmi
3.5. Ilmiy turizm
3.6. Sport turizmi
3.7. Shop-turlar
3.8. Sarguzashtli
3.9. Ziyorat (haj) safari
3.10. Qo‘msash
3.11. Ekoturizm
3.12. Ekzotik
4
Moliyalashtirish manbai bo‘yicha
4.1. Sotsial turizm
4.2. Tijoriy turizm
5
Harakatlanish usuli bo‘yicha
5.1. Yayov
5.2. Aviatransport
5.3. Dengiz transporti
5.4. Daryo transporti
5.5. Avtoturizm
5.6. Temir yo‘l transporti
5.7. Velosiped transporti
5.8. Ulovlarda
1. Ichki turizm - o‘z davlati chegarasi doirasida doimiy yashovchi fuqarolarni
vaqtinchalik tashrif buyurovchi joyda (to‘lanadigan faoliyatsiz) turstik maqsadlarda
sayohat qilishga aytiladi.
Ichki turizm davlat chegaralarini kesib o‘tish bilan va turistlik rasmiyatchilik bilan bog‘liq emas. Milliy valyuta, til, hujjatlar oldingidek o‘zgarmasdan qoladi. Dunyodagi safarlarning 80-90 foizi ichki turizm ulushiga to‘g‘ri keladi. Unga ketayotgan harajatlar xalqaro turizm harajatlaridan 5-10 barobar ortiqdir. Ayniqsa u AQShda ommabop hisoblanadi.
2. Xalqaro turizm –vaqtinchalik kelgan joyida faoliyati to‘lanmaydigan, doimiy
yashaydigan mamlakat chegarasidan tashqariga turistlik maqsadlarda safar qilish
tushuniladi.
1968 yilda Rimda sayohatlar va turizm bo‘yicha BMTning birinchi konferensiyasida xalqaro turizmga qo‘yidagi ta’rif berildi.
Chet el turisti – bu vaqtinchalik tashrif buyuruvchi, ya’ni istalgan shaxs, tashrif buyurayotgan davlatida malakaviy faoliyati to‘lanmaydigan istalgan maqsadlarda doimiy yashayotgan davlatidan tashqariga boshqa davlatga tashrif buyurishidir.
Chet el turistlarga mazkur davlatga 24 soat muddatdan kam bo‘lmagan muddatga vaqtinchalik tashrif buyurgan shaxslarning barchasi kiradi. Shuni qayd qilish kerakki, ba’zi davlatlarda BMT statistik komissiyasining tavsiyalaridan chetlanishga ro‘xsat beriladi. Masalan, ba’zi davlatlarda 3 kun muddatdan kam bo‘lmagan muddatga tashrif buyurganlar xalqaro turistlar hisoblansa, ba’zilarida 2 xafta, uchinchilarida esa bu muddat 1 oydan kam bo‘lmagan muddatda tashrif buyurganlar xalqaro turistlar hisoblanadi.
31
Barcha xalqaro turistlik sayohatlarning o‘rtacha 65 foizi Yevropaga, taxminan 20 foizi Amerikaga va taxminan 15 foizi qolgan mintaqalarga to‘g‘ri keladi.
Turistlarni nisbatan ko‘proq qabul qiluvchi davlatlarda xalqaro turizmni rivojlantirish, chet el valyutasi oqimini ko‘paytirish va yangi ish o‘rinlarini tashkil etish bilan izohlanadi. Ko‘pgina davlatlar xalqaro turizm vositasi orqali to‘lov balansi mummolarini hal qilishga urinadilar.
Tashrif buyuruvchi chet el turistlar tovar va xizmatlarni to‘lay turib, qabul qilayotgan davlat byudjetiga valyuta tushumini ta’minlaydi. Shu bilan birga uning to‘lov balansini faollashtiradi. Shu sababli chet el turistlarini kelishi «aktiv turizm» nomini oldi.
Turistlarni chiqib ketishi esa milliy valyutaning oqib ketishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Bunday turdagi turistlik operatsiyalar xalqaro to‘lovlarda mamlakat turistlar eksporti to‘lov balansining passivida qayd qilinadi, turizmni o‘zi esa «passiv» deb nomlanadi. Turizmni «aktiv» va «passiv» qismlarga bo‘linishi faqatgina xalqaro turizmga xosdir.
So‘ngi yillarda, ichki va xalqaro turizmni bir-biriga yaqinlashish tendensiyasi kuzatildi, bu esa turistlik rasmiyatchiliklarni soddalashtirish bilan asoslangan (masalan, birlashgan Yevropadagi Shengen bitimi).
Kiruvchi turizm- faoliyati to‘lanmaydigan turistlik maqsadlarda doimiy yashamaydigan shaxslarni o‘zga mamlakat hududiga tashrifi, sayohati hisoblanadi.