20.4. Turizmga oid hujjatlar
Turfirmada uslubiy ta’minot.
Turoperator tashkil qilgan turizm mahsulotining firmadagi uslubiy ta’minlanishini ko‘zda tutadi. Uslubiy ta’minot deganda sayohatni, uning amalga oshirilishi va turistlarga taqdim etiladigan xizmatlarni batafsil tavsiyalaydigan maxsus texnologik hujjatlarni tayyorlash tushuniladi. Bu – firma xodimlarining aniq, tezkor va uddaburon faoliyati va shuningdek, sayohat mazmuni, uning amalga oshirilishi hamda takomillash ishlarini doimiy nazorat qilish uchun zarurdir.
Sayohatlar texnologik hujjatlarining tarkibi va mazmuni me’yoriy hujjatlarda ko‘rsatilgan sayohatlar va ularning hujjatlari iste’molchilar huquqini himoya qilishga qaratilgan me’yoriy talablarga javob berishi lozim. Ular turizm mahsulotining sertifikatlash jarayonida nazorat qilinadi. Texnologik hujjatlar sayohatlar (yoki yo‘nalishlar) tegishli papkalariga joylanadi.
Har bir sayohat uchun texnologik hujjatlar majmui quyidagicha:
· yo‘nalish bo‘yicha turistlik sayohatning texnologik haritasi;
· turizm tashkilotining turistlar guruhlari bilan ma’lum vaqtga yuklanganlik grafigi;
· turizm sayohati yo‘llanmasiga ma’lumot varaqasi;
· Tur-1 «Turizm yo‘llanmasi» namunaviy shaklidagi yo‘llanma blankalari;
· bron qilish varaqasi;
8 Манбаа: w ww . e - samarkand . narod .r u
227
· mijoz-turagentlar bilan shartnomalar blankalari;
· hamkor–xizmat taqdim qiluvchilar (mehmonxonalar, transport kompaniyalari,
sayohat byurolari va hokozolar) bilan shartnomalar;
· sayohat harajatlarini hisoblash;
· yo‘nalish tavsilotlari;
· yo‘nalish bo‘yicha harakatlanish grafigi; yo‘nalish harita-sxemasi;
· yo‘l ma’lumotlari matni (avtobusli sayohatlar uchun);
· sayohat texnik o‘ziga xosliklarining tasviri (transportga buyurtmalar, chiptalar,
ekskursiyalar va mehmonxonalarda xona ajratish, ovqatlanish tadbirlariga
buyurtma berish muddati haqida eslatma;
· arizalar blankalari;
· yo‘nalish bo‘yicha transport harakati grafigi;
· ehtimolli transport almashtirish, ko‘tish haqidagi eslatmalar);
· turistlar uchun eslatmalar matni (alohida vaziyatlarda, masalan: karantinli
mamlakatlarga safar uchun, maxsus sport yoki sarguzasht sayohatlar uchun va
hokozolar);
· yo‘nalish bo‘yicha ma’lumot materiallar;
· reklama vositalarining variantlari;
· prays - varaqalar (kataloglar).
Avtobusdagi turlarda «avtobus yo‘nalishi pasporti» to‘ldiriladi (xorijiy variantda «Safar varaqasi»). Bu hujjat O‘zbekiston Transport Vazirligi tomonidan tasdiqlanib, nafaqat yo‘nalish sxemasi va xizmatlar texnologiyasini, balki avtobusning texnik jihatlari, avtoyo‘llar xususiyatlari va kilometraji, avtoyo‘l harakati ta’qiqlari va cheklashlar, hordiq va ovqatlanish, yo‘lbo‘yi joylari, sanitar xizmat manzillarini aks ettiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |