O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi samarqand davlat universiteti inson resurslarini boshqarish fakulteti


-rasm.Quyida jahondagi turli mamlakatlar miqyosida kriptovalyutalar bilan ishlash imkoniyatlari keltirilgan



Download 3,62 Mb.
bet21/26
Sana24.06.2022
Hajmi3,62 Mb.
#701030
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
Джалилов Акмал

3.3-rasm.Quyida jahondagi turli mamlakatlar miqyosida kriptovalyutalar bilan ishlash imkoniyatlari keltirilgan:
Endi hozirgi davrdagi eng ahamiyatli besh kriptovalyuta va uning xususiyatlari haqida yuqorida aytilgalarga qo’shimcha bo’lgan ma’lumotlarni keltiramiz.
Bitkoin hozirgi vaqtda kriptovalyutalarning ichida eng keng tarqalgani bitkoin hisoblanadi. Uning protokoli Satoshi Nakomoto ismli inson boshchilik qiladigan guruh tomonidan ishlab chiqilgan deyiladi. 2008 yilda Nakomoto muallifligida Bitcoin: A Peer-to-Peer Electronic Cash System, deb nomlangan maqola chop etilib, unda tamoman markazlashmagan va uchinchi tomonlarning ishonchini talab qilmaydigan electron naqd pullar tizimi qanday faoliyat ko’rsatishi tavsif etilgan.
www.coindesk.com
Ammo, 2016 yilning may oyida avstraliyalik Kreyg Rayt ham bitkoin tizimini men ishlab chiqqanman deb da’vo qilgan. Xozirgi paytda (2017 yil yoz oylari) bitkoinning bozoriy kapitalizatsiyasi 44,6 milliard dollar atrofida deb ko’rsatiladi bir qancha manba’larda.
«Ethereum yoki Efir»kriptovalyutalar bozorida uchnichi o’rinni bozor kapitalizatsiyasi bo’yicha Bitcoin Cash egallaydi. Bu kriptovalyuta 2017 yilning avgust oyida Bitkoin bir qism foydalanuvchilarining yangi ishga tushirilgan Segwit2x protokoliga o’tishni istamagani tufayli xosil bo’lgan. Ushbu yangi Segwit2x protokoli tranzaktsiyalar uchun komissiyani kamaytirish va to’lovlar tezligini oshirish uchun xizmat qilar edi. Lekin bu yangi protokolni o’rnatish uchun maynerlar va bitkoin egalariga programmaviy ta’minotni yangilash zarur edi. Yangilanishdan so’ng, bitkoin blokining o’lchami (oldingi tranzaktsiya xaqidagi yozuv) 1 Mb dan 2 Mb gacha ko’payishi kerak edi. Ammo bir qancha foydalanuvchilar bu amalni qilishni istamadilar va bu xolat bitkoinning bo’linishiga olib keldi. Ushubo’linishdan bir sutka o’tganidan so’ng, Bitkoin Cash ning bozoriy kapitalizatsiyasi 7.3 milliard dollarni tashkil etdi.
Ripple bozoriy kapitalizatsiya bo’yicha to’rtinchi o’rinni Ripple kriptovalyutasi egallaydi. Bu valyutaning protokoli tomonlar orasidagi pul o’tkazmalarini istalgan ko’rinishda va bevosita amalga oshiradi hamda buning uchun komissiya miqdori minimal miqdorda o’rnatilgan. Ripple tizimi 2012 yilda ishga tushirilgan va tezda moliyaviy institutlar va banklarning diqqat-e’tiborini o’ziga tortgan. 2017 yilning aprel oyiga bo’lgan ma’lumotlarga ko’ra Ripple mijozlari ichida 75 ta bank bor ekan, shu jumladan, BBVA, StandardChartered va Bank of America. Ripple ning xozirgi paytdagi kapitalizasiyasi 6,7 milliard dollarni tashkil qiladi.
Litecoin bozoriy kapitalizatsiya bo’yicha beshinchi o’rinda turadigan kriptovalyutaga Litecoin kiradi. Bu raqamli valyuta turi 2011 yil oktyabr oyida bitkoinning bir turi (forki) sifatida dunyo yuzini ko’rdi. Uning asoschisi oldingi davrda Google da ishlagan dasturchi Charli Lee edi. Ushbu kriptovalyutaning saytida aytilishicha, bu valyuta tranzaktsiyalarning tasdiqlanishi tezligi va bitkoinga nisbatan saqlanish samaradorligi kattaligi bilan boshqalaridan farq qiladi. Undan tashqari, Litekoin tarmoq quvvatlanuvi mavjudligi, savdo aylanmasi va likvidliligi bilan farqlanadi hamda bitkoinga qo’shimcha ravishda electron tijorat uchun tekshiruvdan o’tgan vosita deb uqtiriladi. Hozirgi paytda Laytkoinning umumiy kapitalizatsiyasi 2,2 milliard dollardan yuqori.
Endi esa O’zbekistonda kriptovalyutadan foydalangan xolda qanday qilib biznesni amalga oshirish mumkin, qanday qilib kriptovalyutalarga investitsiya qilish mumkin, qanday kriptovalyutani tanlash lozim, qanday qilib ishonchga
sazovor birjani topish va unda qanday qilib registratsiya qilinish masalalari bo’yicha “Alpari” kompaniyasining mutaxassislari fikrlari bilan tanishib chiqamiz.
Kriptovalyutalar kursining tezlik bilan o’sishi investorlar tomonidan juda katta qiziqish uyg’otmoqda. Dunyoda eng ommaviy bo’lishga ulgurgan bitkoin kriptovalyutasi 2017 yil boshidan buyon salkan 400% ga o’sdi, laytkoin va efiriumlarning narxlari esa yil davomida 10 barobarga o’sdi. Daromadning bu darajada katta miqdorda o’sishini hech qanday bank yoki investitsion fond ta’minlab bera olmaydi21. Shuning uchun ham, qanday qilib kriptovalyutalarga investitsiya qilish mumkin va qanday kriptovalyutalani tanlash maqsadga muvofiq bo’ladi degan savolga javob topish investorlar uchun juda muhim hisoblanadi. Chunki kriptovalyutalar bozori bir qancha o’ziga xos jihatlarga va tushunarsiz xolatlarga ega. Eng avval kriptovalyuta sotib olish uchun birjani tanlash kerak bo’ladi, birjaning ishonchlilik darajasini chamalash va unda registratsiya qilingandan so’ng, kriptovalyutani qaerda saqlash masalasini hal qilish lozim bo’ladi. Buning uchun esa kriptohamyon (koshelek, wallet) lardan birini tanlash va unda qayd qilinish talab etiladi. Bu ishlarni amalga oshirish anchagina mehnat va vaqt talab qiladi albatta. Ammo agarda sizda kriptovalyutalar bozorida faoliyat ko’rsatish bo’yicha kerakli bo’lgan bu ishlarni qilishga vaqt va ishtiyoq bo’lmasa, ammo uning investitsion potentsialidan foydalanib, bir oz mablag’ ishlab olishni istasangiz, u xolda siz tomoningizdan qabul qilinishi mumkin bo’lgan eng yaxshi yechimlardan biri – eng perspektiv kriptovalyutalarni o’z tarkibiga qamrab olgan tayyor investitsion portfel sotib olishdir. Bunday tayyor mahsulotlardan biri xalqaro moliya tashkiloti Alpari tomonidan ishlab chiqilgan va bozorga taqdim etilgan Crypta Capital investitsion portfelidir. Ushbu investitsion portfel investitsiya qilish oddiyligi va yaxshi daromadni ta’minlashi bo’yicha O’zbekistonlik xususiy investorlar orasida talabgor hisoblanadi.

Download 3,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish