Internet global kompyuter tarmog’i.
Internet asosan uning foydalanuvchilariga informasion xizmat ko’rsatish
uchun yaratilgandir. Bundan tashqari internetda xizmat turlari juda ko’p bo’lib,
yangi-yangi xizmat turlari paydo bo’lmoqda. Ularni asosan quyidagi guruhlarga
ajratish mumkin.
WWW - elektron sahifa xizmati.
Elektron pochta xizmati.
Telekonferensiya (Usenet).
Fayllarni uzatish.
DNS xizmati.
Telenet xizmati.
IRC xizmati yoki Chat konferensiya.
Ma’lumotlarni izlash xizmati.
WWW
(World Wide Web) internetning eng ommalashgan axborot
xizmatlaridan biri sanaladi. Hozirgi vaqtda internet xizmatining 90% ga yaqinini
WWW xizmati tashkil etadi. WWW xizmati yaratilgandan so’ng internet juda tez
rivojlandi va foydalanuvchilar soni ortib bordi.
WWW xizmatining asosiy tushunchalari:
HTML formati
«Gipermatnli» bog’lanish
HTTP «gipermatn» uzatish protokoli
Web hujjatlar
Web uzel va saytlar
Web sahifaning aktiv komponentalari
Biron-bir elektron hujjatni internetda e’lon qilish uchun shaxsiy
kompyuterlarda foydalaniladigan matn muharrirlaridan foydalanib bo’lmaydi.
Chunki boshqa bir internet mijozning kompyuterida shu matn muharriri yoki
kerakli shriftlar bo’lmasligi mumkin. Shuning uchun yangi
HTML
(Hypertext
Mark-up Language) - «gipermatnlarni belgilash tili» protokoli ya’ni standarti
yaratildi. Bu standart bir qancha maxsus operatorlar majmuasidan iborat bo’lgan
HTML dasturlash tili bo’lib, uning yordamida elektron hujjatlarni bevosita
internetda e’lon qilish mumkin.
HTTP
(Hypertext Transfer Protocol) - «gipermatnlarni uzatish protokoli»
tarmoq protokollari ichida eng sodda va qulay protokollardan hisoblanadi. Uning
asosiy vazifasi «giperbog’lanish»dan hosil bo’lgan URL adresli elektron hujjatlarni
o’qishga oid so’rovni serverga jo’natish va so’ralayotgan hujjat olib bo’lingandan
so’ng server bilan aloqani uzishdan iborat. Internetda elektron hujjatlar gipermatn
yordamida bayon etiladi. Gipermatn bu matnni giperbog’lashlar yordamida
ifodalashdir. Giperbog’lashlar ichki va tashqi bo’lishi mumkin. Agar
giperbog’lanish boshqa serverda joylashgan va o’zining alohida URL adre-siga ega
bo’lgan elektron hujjatga nisbatan ishlaydigan bo’lsa, bu giperbog’lanish tashqi
deyiladi. Agar bir serverning o’zida joylashgan elektron hujjatning bir necha
bo’laklariga nisbatan ishlaydigan bo’lsa, bu giperbog’lanish ichki deyiladi. HTML
formatda tayyorlan-gan elektron hujjat HTML hujjat, Web hujjat yoki Web sahifa
deb atalishi mumkin. Agar elektron ho’jjatni tayyorlash haqida gap borsa bu hujjat
HTML hujjat deyiladi. Agar bu hujjatni internetda e’lon qilish va tarqatish haqida
gap borsa bu hujjat Web hujjat deb ataladi. Agar ushbu hujjatdan foydalanish
haqida borsa bu hujjat Web sahifa deb ataladi.
Bitta muallif yoki WWWga tegishli bo’lgan bir guruh o’zaro
«giperbog’lanishlar» bilan aloqador bo’lgan Web sahifalar majmuasi Web uzel
(tugun) yoki sayt deb ataladi.
Web server Web resurslari saqlanayotgan va uning dastur ta’minoti ishlab
turgan kompyuterdir. Bitta Web serverda bir qancha tashkilot yoki korxonalarning
Web saytlari (uzellari) Web sahifalari joylashishi mumkin. Web sahifa tarkibiga
HTTP protokoli orqali amalga oshirib bo’lmaydigan alohida obyektlarni
joylashtirish mumkin. Agar xuddi shu Web sahifa tarkibiga biriktirilgan obyektlar
HTTP protokoli kodlaridan farqli «dastur» bo’lsa, u holda bunday obyekt Web
sahifalarning aktiv komponentalari (obyektlari) deb ataladi. Masalan, animasiya,
multiplikasiya va video fragmentlarni joylashtirish yoki mijoz bilan interaktiv
muloqotni tashkil etish va hok.
Do'stlaringiz bilan baham: |