OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA OʻRTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
FILOLOGIYA FAKULTETI
4- KURS TALABASI
NASIROVA ANORAning
Samarqand shahar 24- umumta’lim maktabida 1-2-3-choraklikda olib borgan pedagogik amaliyoti boʻyicha
H I S O B O T
Samarqand – 2021-2022
Saamarqand davlat universiteti Filologiya fakulteti 403-guruh talabasi NASIROVA ANORAning Samarqand shahar 24- umumta’lim maktabida 1-2-3-choraklikda amalga oshirgan pedagogik amaliyoti boʻyicha
HISOBOTI
2021- yil 6-sentabrda 20- auditoriyada “Oʻzbek tili va adabiyoti” kafedrasi oʻqituvchilari va 4-kurs talabalari ishtirokida pedagogik amaliyot oldi konferensiyasi oʻtkazildi. Yigʻilishni Filologiya fakulteti dekani prof.A.Pardayev ochib berdi va amaliyotchi talabalarga pedagogik amaliyot oʻtkazilish tartibi va muddati hamda bu amaliyotning ahamiyati va mas’uliyati haqida soʻz yuritdi. Shundan soʻng “Oʻzbek tili va adabiyoti” kafedrasi mudiri prof. I.Mirzayev soʻzga chiqdi va kafedra oʻqituvchilari qaysi talabalarga amaliyot rahbari ekanligini e’lon qildi va amaliyotchilarga omad tiladi. Mening amaliyot rahbar etib M.Narziyeva tayinlandi.
7-oktabr kuni ertalab maktabga bordim va maktab maʼmuriyati bilan tanishdim hamda ushbu maktabda malakali pedagog, uslubiy birlashma rahbari N.Rasulovaga biriktirildim. Menga 7-sinf oʻquvchilari biriktirildi va sinf rahbari N.Rasulova bilan birgalikda ish olib borish yuklandi.Ushbu sinfga ona tili va adabiyot fanidan dars berishni o'rganib kelmoqdaman.
Oktabr oyida 7-sinfga ona tili va adabiyot fanidan 7 soat jami hisoblaganda oktabr oyi oxirigacha 24 soat dars oʻtdim, noyabr oyida ushbu sinf oʻquvchilariga 3 soat dars oʻtdim, 1-choraklikda jami 27 soat dars oʻtdim. 2-choraklikda noyabr oyida 15 soat, dekabr oyida 20 soat dars oʻtdim. Jami 35 soat dars oʻtdim. 3-choraklikda yanvar oyida oʻqish muddati choʻzilganligi uchun 27-yanvardan dars mashgʻulotini boshladim. Jami bu choraklik davomida 33 soat dars oʻtdim. Amaliyot bilan birgalikda kundalik daftarimga kunlik hisobotini va dars tahlillarimni yozib bordim.
27-noyabr kuni 6- a sinfga adabiyot fanidan "“Ravshan" dostoni tahlili" mavzusida ochiq dars oʻtdim. Ochiq darsimga ona tili va adabiyot fani oʻqituvchilari N.Rasulova, A.Saydullayeva qatnashdi va tahlil qilishdi. Oʻquvchilar darsda faol qatnashishdi. Ushbu darsda “Fikrlar jamlanmasi” metodidan foydalandim. Ushbu metod oʻquvchining erkin fikrlash darajasini oʻstirishga yordam beradi. Dars tahliliga kirgan oʻqituvchilar erishgan yutuqlarim va kamchiliklarim haqida tushuntirishdi va darsimni yaxshi deb baholashdi.
26- fevral kuni 7-a sinfga adabiyot fanidan “ Zulfiya hayoti va ijodi” mavzusida ochiq dars oʻtdim. Ochiq darsimga ona tili va adabiyot oʻqituvchisi N.Rasulova, tarix fani oʻqituvchisi D. Mirzayeva qatnashdi va tahlil qilishdi. Men oʻquvchilar oʻrtasida ushbu darsni musobaqa tarzida oʻtkazdim, ular darsda faol qatnashishdi, she’rlar aytishdi, tushunmagan savollariga javob olishdi. Darsda proyektr, vatmant, “Men kimman?” “Aqliy hujum" metodidan foydalanib dars oʻtdim. Dars tahlilida qatnashgan oʻqituvchilar ochiq darsimda oʻzlari uchun yangi boʻlgan metodlarni oʻrganganliklarini va namunali dars oʻtganligimni qayd etishdi. Bundan tashqari, pedagogik mahorat oʻrganish uchun bir nechta oʻqituvchilarning dars tahlillariga kirdim.
24- oktabrda biologiya fani oʻqituvchisi Z.Baxodirovna 6-sinfga biologiya fanidan “Gulxayridoshlar oilasi” mavzusida oʻtgan darsiga tahlil qilish uchun kirdim. Oʻqituvchi tashkiliy qismni oʻquvchilar bilan salomlashishdan boshladi. Darsning asosiy qismiga oʻtib, umumiy savollar berdi. Keyin yangi mavzuni ma’ruza shaklida tushuntirdi. Oʻquvchilar judayam faol. Uyga vazifa berildi va bolalar baholandi.Men bu darsda oʻqituvchining pedagogik mahoratini oʻrgandim. Oʻqituvchining mahorati judayam yaxshi, bolalar oʻqituvchiga jalb qilindi. Oʻquvchilar darsga tayyor, ularning hozirjavobligi, oʻz fikrini bemalol bayon qila olishi yaqqol koʻrinib turdi. Bir oʻquvchi aynan mana shu dars uchun mandarin urugʻidan koʻchat undirib, uni darsga olib kelgan. Bu oʻqituvchining sinfdagi bolalar bilan yaqindan ishlaganligini koʻrsatadi. Shu bilan birgalikda oʻqituvchi koʻproq koʻrgazmali qurollar bilan ishlasa, yanada yaxshi boʻlardi. Oʻquvchilarni baholashda biror metoddan foydalanish kerak, negaki oʻquvchilar soni koʻpchilikni tashkil etadi, individual soʻrash orqali kam bola baholandi.
4-dekabrda ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi N.Rasulovaning 6-sinfga ona tili fanidan “Fe’llarning tuzilishiga koʻra turlari” mavzusini tahlil qilish uchun kirdim. Oʻqituvchi darsni salomlashishdan boshladi, davomat qildi, sinf tozaligiga e’tibor qaratdi. Soʻngra hikmatli soʻzlar keltirdi.
Mavzuni tushuntirishda misollardan foydalandi, har bir oʻquvchi mavzu yuzasidan mashqlarni doskaga bitta-bitta chiqib bajardi. Tushunmagan joylari oʻqituvchidan soʻraldi. Mavzu mustahkamlandi va uyga vazifa berildi.
Men bu dars orqali oʻquvchilar bilan ishlashda nimalarga e’tibor berish kerakligini oʻrgandim.Darsdagi oʻquvchilarning faolligi yuqori, shaxsiy fikrlarini bemalol bildira oldi. Yangi bilimlarni egallashdi; oʻqituvchi tarqatma materiallar, testlar bilan koʻproq ishlashi va mustaqil mashqlarni koʻproq bajarishtirishi orqali bolalarning bilimi yanada ortadi. 1-yarim yillikda jami 5 ta darsga tahlil uchun kirdim. Bundan tashqari amaliyot jarayonida turli tadbirlarda ishtirok etdim:
9-fevral 7-sinf oʻquvchilari bilan birgalikda “Alisher Navoiy - gʻazal mulkining sultoni” nomli bayram tadbiri oʻtkazildi. Bayramni tashkil etish va oʻquvchilarni tayyorlash, ssenariy tuzish ishlarida qatnashdim. Bayramni maktab direktori T.Doliyeva oʻz soʻzlari bilan ochib berdi, shundan keyin ona tili va adabiyot oʻqituvchilari S.Mamatova, A.Saydullayeva hamda boshqalar chiqishdi. Bayramni nishonlash shoirning hayoti va ijodi haqidagi slayddan boshlandi va navbat bilan uning ijodiga ulanib ketdi, oʻquvchilar gʻazallar, ruboiylar aytishdi. “Alisher Navoiy va shogirdlar” nomli sahna koʻrinishida chiqish qilishdi. Bayram maroqli oʻtdi. 25- fevralda “Mushoira qizlar” mavzusida tadbir oʻtkazildi. Ushbu tadbirda 5-7-sinfdan mushoira qizlarni tanlab oldik va ular oʻrtasida musobaqa uyushtirdik.
Tadbirni 24-maktabning psixologi N.Rahimova ochib berdilar,soʻngra soʻzga yoshlar yetakchisi Z.Smandarova chiqdi. Tadbir bir nechta shartlar asosida oʻtkazildi, qoʻshiqlar, she’rlar yangradi. Tadbirda yaxshi qatnashgan qizlarga yoshlar yetakchisining sovgʻalari topshirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |