O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA-MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
Ro‘yxatga olindi:
№ _BD-5110400-3.06.01.
“___” _______201_ yil
|
|
Samarqand davlat universiteti rektori:
__________ r.I.Xalmuradov
201___yil “___”____________
|
«BOTANIK TADQIQOT USULLARI» tanlov fanining
O’QUV DASTURI
-
Bilim sohasi:
|
100000 – gumanitar soha
|
Ta’lim sohasi:
Ta’lim yo’nalishi:
|
140000 – tabiiy fanlar
5110400 – biologiya o’qitish
metodikasi
|
SAMARQAND – 2019
Fan dasturi Samarqand davlat universiteti Biologiya fakulteti kengashida ko‘rib chiqilgan va tavsiya qilingan (201_ yil “___” _________dagi “___” -sonli bayonnoma).
Fakultet dekani: dots.X.A.Keldiyarov
Fan dasturi Samarqand davlat universitetida ishlab chiqildi
-
Tuzuvchi:
B.S. Islomov
|
SamDU Biologiya fakulteti Botanika kafedrasi dotsenti
|
-
Taqrizchi:
Haydarov X.Q.
|
SamDU Biologiya fakulteti Botanika kafedrasi mudiri, prof.
|
Tashqi taqrizchi:
I.H. Hamdamov
|
SamVM Instituti professori.
|
Fanning dasturi Samarqand davlat universiteti o‘quv-uslubiy kengashining 2019_ yil “___”________dagi “____”-son majlis bayoni bilan ma’qullangan.
Oʻquv uslubiy Kengash raisi: prof.A.S.Soleev
KIRISH
Botanika tadqiqot usullari fani biologiya fanlari tizimidagi fanlardan biri. Hozirgi zamon botanika uslublari fani bir qancha fanlarda qo’llaniladi. Biologiya ta’lim yo’nalishi uchun o’tiladigan umumiy botanika kursi asosiy bo’limdan iborat; o’simliklar morfologiyasi va anatomiyasi; mikologiya va algologiya; yuksak o’simliklar; mahalliy o’simliklar, dorivor o’simliklarni o’rganishda ishlatiladi.
Botanika o’rganish uslublari fanini o’rganishda, o`simliklarning hozirgi zamon tekshirish uslublari, fenologik kuzatish o`tkazish uslublari, o`simliklarning yer ostki qismlarini o`rganish, gullash va changlanishini o`rganish, hayotiy shakllar tarkibini o`rganish usullari, yoshini aniqlash haqida ma’lumot beradi va ularning qo’llanilishi o’rganiladi. Yuqorida keltirilgan har bir bo’lim mustaqil fan bo’lib, ular o’zaro hamda botanikaning boshqa bo’limlari bilan uzviy bog’langan.
O’quv fanining maqsadi va vazifalari
Fanni o’qitishdan maqsad – Botanika uslublarini o’rganishga mos bilim, ko’nikma va malakani shakllantirishdir.
Fanning vazifasi – talabalarga o’simliklarning hozirgi zamon tekshirishlari, fenologik kuzatish o’tkazish, yer ostki qismlarini, gullash va changlanishni, hayotiy shakllar tarkibi usullarini hamda yoshini aniqlash ustida tajribalar olib borish va qo’llanilishini amalda qo’llay olishini o’rgatishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |