Nazorat uchun savollar
1.Poliz ekinlariga qaysi o‘simliklar kiradi?
2.Tarvuzning bargining shakli?
3.Tarvuz qaysi oilaga mansub?
4.Qovoqning bir donasi necha gramm keladi?
5.Qovoq qaysi oilaga mansub?
6.Yirik mevali qovoqning 1000 donasining vazni?
13-Amaliy mashg‘ulot
YASHIL KONVEYER TIZIMINI TUZISH
Mashg‘ulotning maqsadi:Yashil konveyer sxemasini tuzishni o‘rgatish, yaylovlatish muddatlarini to‘g‘ri tanlash, talab qilinadigan maydonni hisoblab berish va bu soxada zarur kunikmalarni shakllantirish.Yangi yaylovlar barpo etish uchun o‘t aralashmalarini tuzishni o‘rgatish, ekin turlari bilan tanishtirish ekish me’yorlari va muddatlarini qo‘llashni o‘rgatish
O‘quv va ko‘rgazmali qurollar: ─ Tarqatma materiallar jadvallar, maxsus zarur ma’lumotlar, urug‘ namunalari.
Yashil konveyer deganda chorva mollarini erta bahordan to kech kuzgacha bir me’yorda ko‘k ozuqalar bilan ta’minlash tushiniladi. Yashil konveyer tizimida sog‘in sigirlar va bo‘rdoqiga boqiladigan qoramollar uzluksiz ravishda yangi, vitaminlarga boy ko‘k oziqalar bilan ta’minlanadi.
Chorva hayvonlarini ko‘k ozuqa bilan ta’minlash maqsadida ekiladigan ekinlarni ekish muddatlari va uladan foydalanish davrlarini belgilaydigan reja tuziladi. YAshil konveyer uchun ekilgan ekinar xilma xil bo‘lishi mumki, ularni o‘stirishda biologik xususiyatlari, hosildorligi, mollarga ozuqa sifatida berish muddati va eng muhimi, o‘stirilayotgan sharoitga moslashganligi hisobga olinishi maqsadga muorfiq bo‘ladi. Bundan tashqari chorva hayvonlarining ko‘k ozuqaga bo‘lgan umumiy ehtiyojini belgilash uchun yoshi va mahsuldorligini hisobga olgan holda har bir tur hayvonning sutkalik oziqlanish me’yorini bilish kerak. Buning uchun 1- jadvaldan foydalanish darkor.
1- jadval
Chorva hayvonlarini sutkalik oziqlanish me’yori
Hayvonlarning turi va yoshi
|
Sutka davomida talab qilinadigan ozuqa miqdori, kg
|
O‘rtacha tirik vazni 500 kg keladigan sigirlar:
Kuniga 10-20 l sut beradigan sigirlar
Kuniga 14-16 l sut beradigan sigirlar
|
65-75
45-55
|
Buqalar
|
25-35
|
G‘unajinlar
|
30
|
Bir yoshdan katta buqalar
|
30-40
|
Bir yoshga etmagan buzoqlar
|
15-25
|
Ishchi otlar
|
30-40
|
Uch yoshgacha bo‘lgan toylar
|
25-40
|
Qo‘ylar
|
6-8
|
Qo‘zilar
|
2-3
|
O‘zbekiston sharoitida yashil konveyerni tashkil etish uchun juda ko‘plab ekinlar ekiladi. Bu maqsadda raps, perko, arpa,suli, javdar kabi ekinlarni ekish maqsadga muvofiq. Biroq sug‘oriladigan erlarga nisbatan lalmikor erlarda yashil konveyerni tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlari bor. Masalan, chorva hayvonlarining ko‘k ozuqaga bo‘lgan bahorgi talabi asosan yaylov va pichanzorlarda boqish usuli bilan qondiriladi. Vaholanki bu erlarda beda, oq jo‘xori, makkajo‘xori, kungaboqar, soya, poliz ekinlari hisobiga yashil konveyerni biroz uzaytirish imkoniyatlari mavjuddir. Umuman yashil konveyer tashkil kilishda urtacha 5-7 tur xil usimlik lar ekiladi. Bularning orasida donli, don-dukkakli, silosbop, kup va bir yillik utlar, ildizmevali,yoki tuganakmevali xamda poliz ekinlari bulishi kerak.
Har bir davr uchun yashil konveyerdagi ozuqalar miqdori chorva hayvonlarining o‘tlash muddati, shuningdek, kunlar soni bilan belgilanadi. Etishmay qolgan ozuqa keyingi oylarda olinadigan ozuqa hisobiga qoplanadi. Ob- havoning noqulay kelishi yoki agrotexnikaning aniq davrlarda o‘tkzilmaganligi ozuqa etishmay qolishiga sabab bo‘ladi. SHuning uchun yashil konveyerni rejalashtirishda ekiladigan ekinlar hamda tabiiy o‘tloqlar maydoniga nisbatan 10-20 % miqdorda sug‘urta fondi bo‘lishini hisobga olish kerak.
Yashil konveyerni rejalashtirishda quyidagi jadvallardan foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |