Ekologiyasi. Aksariyat qumli saxroda tarkalgan, yuzasi qumoqlashgan gipsli tuproqlarda ham uchraydi.
Fenologiyasi: Martdan borshlab ko’karadi, mayda gullaydi, iyulda urug’ byeradi.
Ko’payishi: Vyegyetativ usulda ko’payib bir asosiy ildizpoya atrofida yerdamchi ildizlar vositasida bir talay yangi novdalar vujudga kyeladi. Bir tup o’simlik hisobidan tuproq osti va yuzasi organlari hisobida 10 myetr atrofga o’ziga xos halqon hosil qilib qumlarning saqlanib qolishiga imkon tuqdiradi; xar yilgi novdalarning to’kilishi ham qisman bo’lsa ham, atrof qumini mustahkamlaydi. Bu tur o’simlikning tuproq hosil qilish jarayonidagi mohiyati aynan shunda sodir bo’ladi.
Yaylovbopligi. Erta bahorda qo’y, echki, tuyalar borjokning bir yillik yesh novdalarini yaxshi yeydi. Kuz va qishda uning yeyiluvchanligi syezilarli oshadi.
To’yimliligi: gullash pallasidagi ozuqaning kimyeviy tarkibi qo’yiidagicha: protyein 16%, yog’ – 3,7, kul – 9,6, AEM – 47,2, karotin – 50,5-81,5 mg/kg, S vitamin – 785-865,6 mg/kg.
Aminokislota (g/kg xisobida) tarkibi va miqdori: asparagin kislota – 9,8-13,7, glutamin kislota – 11,3-16,5, lizin -6,7-9,9, prolin – 4,7-8,7, lyeytsin – 7,1-10,8 (Nikolayev va boshqalar, 1974).
Gullash fazasida 100 kg quruq hashagida 85,8 ozuqa birligi va 8,9 kg hazm bo’luvchan oqsil mavjud.
Xo’jalik axamiyati: Borjok tarkibida oshlovchi moddalar, alkalloidlar mavjud: qumlarni mustahkamlovchi tur; saxro mintaqasida manzarali, ko’kalamtirishda ham istiqbolli o’simlik.
Ko’payishi: urug’i va vyegyetativ usulda ko’payadi.
SALSOLA ARVUSCULA PALL.
Maxalliy nomlari: boyalich –(qozoq, o’zb.) Botanik tavsifi: sho’radoshlar oilasiga mansub syershox butachA*.
Bo’yi 0,8-1,0 m; po’stlog’i ochiq kulrang, barglari navbatma-navbat joylashgan, syergo’sht.
Ekologiyasi. Qumoq, qumli va qum-shag’alli tuproqlarda o’sadi.
Gipsli va qumli cho’llarning qo’ng’ir va qum-shag’alli va taqirsimon tuproqlarida ko’proq tarqalgan.
Boyalichning morfologiyasida 2 tur novdalarni ajratish mumkin: qishargan vyegyetativ – uzunligi 20-40 sm. 3-4 tartibli shoxlarda o’sadi; 1-3 sm uzunlikdagi maxsus gyenyerativ novdalar – 5 tartibdagi shoxlarda o’sadi (rasm 38).
Fyenologiyasi: martdan noyabrgacha ko’karadi, apryel-mayda gullaydi, syentyabr-oktyabrda urug’ byeradi. Xar bir butadan 1000 tagacha va undan ortiq urug’ byerish qobiliyatiga egA*.
Yaylovbopligi. Boyalich cho’l zonasi uchun muhim ozuqabop o’simlik. Yeyiluvchanligi ko’prok mavsumiy: qo’y-ko’zilar uni yoz va kuzda yaxshimroq yesa tuyalar dyeyarli butun yil davomida istyemol qiladi.
Rasm 4. Boyalich
To’yimliligi: ozuqaviy qiymati quyidagi ko’rsatkichlar bilan tariflanadi: protyein miqdori 6,4-4,7%, yog’- 1,1-3,4, klyetchatka – 29,9, kul – 13,1-19,5, AEM – 38,8-47,4%.
100 kg quruq xashagida bahorda 44, yozda- 45 , -kuzda 38, -qishda 33- ozuqa birligi va 1-3 kg yengil hazm bo’luvchan protyein mavjud. Hosildorligi turli yillar va turli ekologik sharoitlarda xar xil; gyektaridan 0,5 syentnyerdan 8 syentnyergacha o’zgarib turadi. Bir gyektar yaylov maydonidagi zichligi 300 dan 3200 tupgacha yetadi; ekin sharoitidagi hosildorligi gyektaridan 2,5-12 syentnyer. Qizilqum (Maxmudov, 1998) Karnabcho’l (Shamsutdinov, 1975), sharoitida uni madaniylashtirish tajribalari bajarilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |