Ko’rgazmali qurollar va jihozlar:
Ko’llar issiqlik stratifikasiyasini ifodalovchi chizma, muzlaydigan
va muzlamaydigan ko’llarning rasmlari, ko’llar suv balansi tenglamasi, albom, qalam, chizg’ich.
O’rganish tartibi.
Suv balansining tenglamasi. Har qanday ko’llarning suv balansi 2 qismga bo’linadi. 1)
kirish qismi, 2) chiqish qismi.
1) Kirish qismini atmosfera yog’inlari, er yuzasidan oqib keladigan suvlar, ko’lning suv
yuzasidan suv bo’g’ining kondensasiyasi, er ostidan oqib keladigan suvlar tashkil qiladi. Er
yuzasidan oqib keladigan suvlar tabiiy (daryo suvlari ) va antropogen (chiqindi suvlar masalan;
ekinlar sug’orishdan chiqqan suvlar, sanoat yoki kommunal) suvlar tashkil qiladi.
2) Chiqish qismini (oqadigan ko’llar) – er yuzasidan oqib ketadigan suvlar er tagidan
oqib ketadigan suvlar (filtrasiya), ko’l suvi sathidan suvning bug’lanishi tashkil qiladi. Er
yuzasidan oqib chiqadigan suvlarga daryolar orqali oqib chiqadigan va xo’jalik ehtiyojlari
uchun yig’iladigan suniy suv havzalariga oqib chiqadigan suvlar kiradi. Ko’lning suv balansi
undagi suv zahirasining o’zgarishi bilan belgilanadi.
Oqmaydigan ko’llar uchun ham suv balansi shu tenglama bilan hisoblanadi, faqat chiqish
qismida ko’ldan chiqib ketadigan suv ko’rsatilmaydi. Misol tariqasida Kaspiy ko’li suv kirish
va suv chiqish balansi birday bo’lgan. 1930-1941 yillarda vaziyat keskin o’zgargan, ya’ni suv
sathi kamayishi hisobiga bug’lanish ham kamaygan. Keyingi yillarda ham Kaspiyga suvning
kelib tushishi undan suv chiqib ketishiga nisbatan kam bo’lib qolavergan va bu holat 1977
yilgacha davom etgan.
1978 yildan boshlab Kaspiy dengizining suvi ko’tarila boshladi. 1978-1986 yillarda suv
sathi 1,2 m. ko’tarildi. Bu atmosfera yog’inlarining Volga daryosi atrofidagi rayonlarda va
Kaspiy dengizi ustida birmuncha ko’payganligidir deb izohlanadi. 1978-1989 yillarda suv
sathining ko’tarilishi 1,4 m.ga etdi va so’nggi yillarga kelib ko’tarish intensivligi ancha pasaydi.
Ko’llarda suv balansining strukturasi deganda suv balansi tenglamasidagi suv kirish va
chiqish o’rtasidagi nisbat tushuniladi. Bunda tenglamaning ikkala tomonida ham yog’in va
parchalanishning ulushi qo’shib hisoblanishi kerak.
Ko’lning suv almashinishi unga tashqaridan keladigan suvning undan chiqib ketadigan
suvga nisbatan ahamiyati bilan xarakterlanadi.
Mavzuni o’rganish uchun qo’ydagilarni bajaring
1.
Ko’llar suv balansi tenglamasining kirish va chiqish qismlarini alohida tahlil qilib
yozib chiqish.
2.
Ko’llar issiqlik stratifikasiyasining to’g’ri va teskari yo’nalishlarini garfik tarzda
ifodalab, chizmalarini chizish.
3.Ko’llar issiqlik rejimining Forel klassifikasiyasini tahlil qilib, iliq va sovuq ko’llarga
misollar keltirish.
82
Do'stlaringiz bilan baham: |