O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti V. Yu. Ahrorov



Download 2,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/178
Sana16.03.2022
Hajmi2,25 Mb.
#499203
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   178
Bog'liq
356e0d2adcb72363eba2e275f90ba2fe SOTSIAL PSIXOLOGIYA

N. Gross, U. Meysonlarning 
ham ishlarida ko‘rish mumkin.
Ular bu boradagi omillarni uch guruhga ajratishadi. Birinchisi, rol ijrochisiga 
nisbatan sub’yektiv munosabatlar bilan bog‘liq omillar. Ikkinchi guruhga rolning ijro 
etilganligi yoki etilmaganligiga qarab sanksiyalarning qo‘llanilishi bilan bog‘liq 
omillar. Uchinchi guruhga rol ijrochisining oriyentatsiyasi (yo‘nalishi)ni kiritishadi. 
Bu omillardan qay birini tanlash orqali rollardagi nizoni bartaraf etish rol 
ijrochisining o‘ziga bog‘liq.
Hozirgi sotsial-iqtisodiy vaziyat va bozor munosabatlari sharoitidagi raqobat 
muhiti shaxsdan bir vaqtning o‘zida qator qobiliyatlar va malakalarni talab 
qilmoqdaki, ayniqsa, yoshlar o‘zgaruvchan sharoitlarga tezroq moslashish uchun 
ba’zan bir-biriga zid xislatlarni ham xulqda namoyon qilishga majbur bo‘lishmoqda. 
Masalan, yosh oila boshlig‘i, talaba, ota-onalarga moddiy jihatdan qaram bo‘lmaslik 
uchun, bir vaqtning o‘zida ham itoatkor, intizomli talaba va o‘qishdan keyin esa – 
chaqqon va uddaburon, tadbirkor, tijoratchilik bilan shug‘ullanishga majbur bo‘lishi 
mumkin. Bu holat tabiiy, shaxsdan kuchli iroda, doimiy intiluvchanlik va o‘z ustida 
muttasil ishlashni talab qiladi.
V.5.Sotsial ta’sirlarning shaxs tomonidan anglanishi
Sotsial normalar, sanksiyalar, rollar sotsial mexanizmlar sifatida shaxs xulq-
atvorini ma’lum ma’noda boshqarib, muvofiqlashtirib turishga yordam beradi. Lekin 
insonning komilligi, uning axloq – sotsial normalar doirasidagi maqbul harakati 
uning o‘ziga ham bog‘liqdir. Odamning o‘z-o‘zini anglashi, bilishi va o‘z ustida 
ishlashi avvalo uning diqqati, ongi bevosita o‘ziga, o‘z ichki imkoniyatlari, 
qobiliyatlari, hissiy kechinmalariga qaratilishini taqozo etadi. Ya’ni, sotsial xulq –
shaxs tomonidan uni o‘rab turgan odamlar, ularning xulq-atvorlariga e’tibor 
berishdan tashqari, o‘zining shaxsiy harakatlari va ularning oqibatlarini muntazam 
tarzda tahlil qilib borish orqali, rollarni muvofiqlashtirishni ham taqozo etadi.
64


Shaxsning o‘zi, o‘z xulq-atvori xususiyatlari, jamiyatdagi mavqeini tasavvur 
qilishidan hosil bo‘lgan obraz – «Men» – obrazi deb atalib, uning qanchalik 
adekvatligi va reallikka yaqinligi shaxs barkamolligining mezonlaridan hisoblanadi.
«Men» – obrazining sotsial psixologik ahamiyati shundaki, u shaxs 
tarbiyasining va tarbiyalanganligining muhim omillaridan hisoblanadi. Shu nuqtai 
nazardan olib qaralganda, tarbiya shaxsning o‘zi va o‘z sifatlari to‘g‘risidagi 
tasavvurlarining shakllanishi jarayonidir, deb ta’rif berish mumkin. 
Demak, har bir 
inson o‘zini, o‘zligini qanchalik aniq va to‘g‘ri bilsa, tasavvur qilolsa, uning jamiyat 
normalariga zid harakat qilish ehtimoli ham shunchalik kam bo‘ladi, ya’ni u 
tarbiyalangan bo‘ladi. 
O‘z-o‘zini anglash, o‘zidagi mavjud sifatlarni baholash jarayoni ko‘pincha 
konkret shaxs tomonidan og‘ir kechadi, ya’ni, inson tabiati shundayki, u o‘zidagi 
o‘sha jamiyat normalariga to‘g‘ri kelmaydigan, no‘maqul sifatlarni anglamaslikka, 
ularni «yashirishga» harakat qiladi, hattoki, bunday tasavvur va bilimlar ongsizlik 
sohasiga siqib chiqariladi (avstriyalik olim Z.Freyd nazariyasiga ko‘ra). Bu ataylab 
qilinadigan ish bo‘lmay, u har bir shaxsdagi o‘z shaxsiyatini o‘ziga xos himoya qilish 
mexanizmidir. Bunday himoya mexanizmi shaxsni ko‘pincha turli xil yomon 
asoratlardan, hissiy kechinmalardan asraydi. Lekin shuni alohida ta’kidlash lozimki, 
«Men» – obrazining ijobiy yoki salbiyligida yana o‘sha shaxsni o‘rab turgan tashqi 
muhit, o‘zgalar va ularning munosabati katta rol o‘ynaydi.
Odam o‘zgalarga qarab, go‘yoki oynada o‘zini ko‘rganday tasavvur qiladi. Bu 
jarayon psixologiyada 

Download 2,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish