O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti V. Yu. Ahrorov



Download 2,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/178
Sana16.03.2022
Hajmi2,25 Mb.
#499203
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   178
Bog'liq
356e0d2adcb72363eba2e275f90ba2fe SOTSIAL PSIXOLOGIYA

izolyatsiya
, ya’ni odamni yolg‘izlatib qo‘yishning uning ruhiyatiga 
ta’siri o‘rganilgan. Masalan, uzoq vaqt termokamerada bo‘lgan odamda idrok, 
tafakkur, xotira, hissiy holatlarning buzilishi qayd etilgan. Lekin ataylab emas, taqdir 
taqozosi bilan yolg‘izlikka mahkum etilgan odamlarning maqsadli faoliyatlar bilan 
o‘zlarini band etishlari u qadar katta salbiy o‘zgarishlarga olib kelmasligini ham 
olimlar o‘rganishgan.
Lekin baribir har qanday yolg‘izlik va muloqotning yetishmasligi odamda 
muvozanatsizlik, hissiyotga beriluvchanlik, hadiksirash, havotirlanish, o‘ziga 
ishonchsizlik, qayg‘u, tashvish hislarini keltirib chiqaradi. Shunisi qiziqki, 
yolg‘izlikka mahkum bo‘lganlar ma’lum vaqt o‘tgach ovoz chiqarib gapira 
boshlasharkan. Bu avval biror ko‘rgan yoki his qilayotgan narsasi xususidagi gaplar 
bo‘lsa, keyinchalik nimagadir qarab gapiraverish ehtiyoji paydo bo‘lar ekan. 
Masalan, Mishel Sifr degan olim ilmiy maqsadlarini amalga oshirish uchun 63 kun 
g‘or ichida yashagan ekan. Uning keyinchalik yozishicha, bir necha kun o‘tgach, u 
turgan yerda bir o‘rgimchakni ushlab oladi va u bilan dialog boshlanadi. «Biz, deb 
yozadi u, shu hayotsiz g‘or ichidagi tanho tirik mavjudotlar edik. Men o‘rgimchak 
bilan gaplasha boshladim, uning taqdiri uchun qayg‘ura boshladim». 
Professor E.G‘.G‘oziyev o‘zining “Sotsial psixologiya” nomli darsligida 
muloqotning genezisi haqida fikr yuritarkan, muloqotning shaxs taraqqiyotidagi o‘rni 
juda katta ahamiyatga ega ekanligini e’tirof etib, quyidagi misolni keltiradi: 
“Parmalik Salimben qo‘lyozmalarida XIII asrdagi Pruss imperatori Fridrix II haqida 
rivoyatlar saqlanib qolgan. U nihoyatda insoniyatning dastlabki tili qanaqaligiga, 
ma’no-mohiyati bilan juda qiziqqan. Fridrix II, agar bolalarga yangi til (bizning 
nutqimiz) o‘rgatilmasa, ular insoniyatning eng qadimgi tilida gapirib yuboradilar, deb 
81


hisoblagan. Qirol o’zining mazkur farazining tasdig’ini tekshirish maqsadida saroy 
atrofidagi qishloqlarda tug‘ilgan barcha go‘daklarni o’z inshootgohiga joylashtirgan. 
Bu bolalarda barcha narsa muhayyo edi: to‘yimli sut va oziq-ovqatlar, kiyim-kechak, 
o‘sha davr uchun nihoyatda kamyob hisoblangan isitish sistemasi, xullas, yashash 
uchun ideal sharoitlar yaratilgan. Biroq ular faqat bir narsadan mahrum edilar: bu 
ham bo‘lsa muloqotdan. Xizmatkorlarning bolalar bilan gaplashishi tamoman 
ta’qiqlangan. Go‘daklarga inson tovushini eshitishga imkon bermaslik uchun ularga 
saroyning eng tinch va odamlardan holi qanotidan makon berganlar. Shunday qilib, 
bolalar bir og‘iz so‘z ham, inson ovozini ham eshitishga, mehr ko‘rishga muvaffaq 
bo‘lmaganlar. Tajribada ishtirok etgan bolalarning hech qaysisi 4 yildan ortiq umr 
ko‘rmagan, ularning barchasi halok bo‘lgan. Aslida esa bolalarga faqat bir narsa, 
ya’ni muloqot yetishmagan edi”
1

Shaxsning muloqotga bo‘lgan ehtiyojining to‘la qondirilishi uning ish 
faoliyatiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Odamlar, ularning borligi, shu muhitda o‘zaro 
gaplashish imkoniyatining mavjudligi fakti ko‘pincha odamni ishlash qobiliyatini 
ham oshirarkan, ayniqsa, gaplashib o‘tirib qilinadigan ishlar, birgalikda yonma-yon 
turib bajariladigan operasiyalarda odamlar o‘z oldida turgan hamkasbiga qarab 
ko‘proq, tezroq ishlashga kuch va qo‘shimcha iroda topadi. To‘g‘ri, bu hamkorlikda 
o‘sha yonidagi odam unga yoqsa, ular o‘rtasida o‘zaro simpatiya hissi bo‘lsa, unda 
odam ishga «bayramga kelganday» keladigan bo‘lib qoladi. Shuning uchun ham 
amerikalik sotsiolog hamda psixolog Yakob Levi Moreno asrimiz boshidayoq ana 
shu omilning unumdorlikka bevosita ta’sirini o‘rganib, sotsiometrik texnologiya, 
ya’ni so‘rovnoma asosida bir-birini yoqtirgan va bir-birini inkor qiluvchilarni 
aniqlagan va sotsiometriya metodikasiga asos solgan edi.
Shunday qilib, muloqot odamlarning jamiyatda o‘zaro hamkorlikdagi 
faoliyatlarining ichki psixologik mexanizmini tashkil etadi. Qolaversa, hozirgi yangi 
demokratik munosabatlar sharoitida turli ishlab chiqarish qarorlarini yakka tartibda 
emas, balki kollegial – birgalikda chiqarish ehtiyoji paydo bo‘lganligini hisobga 
1
G‘oziyev E.G‘. Sotsial psixologiya. – Toshkent., 2012. – B. 244-245.
82


olsak, odamlarning muomala madaniyati va muloqot texnikasi mehnat unumdorligi 
va samaradorlikning muhim omillaridandir.

Download 2,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish