O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti maktabgacha ta`lim fakulteti



Download 290 Kb.
bet16/26
Sana15.05.2021
Hajmi290 Kb.
#64478
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   26
Bog'liq
Samarqand davlat universiteti-fayllar.org

Maqsad: Bolalarning tovushlar, so‘zlar va so‘z birikmalari haqidagi

bilim va tasavvurlarini, ularning so‘zlarni bo‘g‘inlarga ajaratish hamda berilgan so‘zlardan gap tuzishni bilishini aniqlash.

1. «CHiroyli stol» so‘zi ishtirokida gap tuzish.

2. «Ruchka» chiqib so‘zi bilan so‘z birikmasi o‘yla.

3. Koptok haqida imkon qadar ko‘p so‘z ayt.

4. «Bolalar maktabga kelishdi. Ular sinfda o‘tirishibdi. Dars boshlandi. Bir tinglovchini doskaga chaqirishdi». Bu hikoyada nechta gap bor (har bir gapni uchburchak bilan belgilang. Qancha uchburchak bo‘lsa, demak shuncha gap bo‘ladi).

5. «Mashina», «oshxona» so‘zlarini bo‘g‘inlab ayt.

6. «Bahor keldi» so‘z birikmasidan gap tuz.

7. So‘z nimadan tashkil topgan?

8. Gap nimadan tashkil topgan?

9. Xonadagi «O» tovushi bor narsalarni ayt (boshqa tovushlarni ham

aytish mumkin).

Ikkita gapni eplab gapira olmasang, maktabda kanday uqiysan?

Sanashni bilmaysan-u, maktabga qanday borasan?

Maktabga borsang, o‘rtoqlaring bu kiligingdan lol qolishadi!

Xech narsani bilmaysan, maktabga borsang bizni uyaltirasan!

Kabi ta’na-dashnomlar, bolada maktabdan qo‘rkish, undan xavfsirash-ning shakllanishiga asos bo‘lishi mumkin. SHunday kurkuv bilan mak-tabga borgan bolalarning maktabga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirish, ularda o‘ziga nisbatan ishonch uygotish uchun xaddan ziѐd kuch, vaqt, meh-nat, sabr-toqat, chidam, e’tibor zarur bo‘ladi. Bu esa bolada oldindan maktabga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantirishga qaraganda shubxasiz, murakkab jaraѐndir.

Bolaning faolligi ijtimoiy tarixiy tajribani o‘zlashtirishga ѐrdam

beradi, buning asosida uning bilish, ko‘rgazmali, o‘yin, eng oddiy meh-nat va o‘quv kabi xilma-xil faoliyat turlari, shuningdek, muomalasi shakllanadi. Bola u ѐki bu faoliyatni o‘zlashtirib, faollik ko‘rsatadi, ayni paytda shu faoliyat bilan bog‘liq bilimlar, malaka, ko‘nikmalarni o‘zlashtiradi, shu asosda unda xilma-xil qobiliyatlar va shaxs xususiyatlari shakllanadi. Bolaning faoliyatdagi mavqei uni faqat tarbiya ob’ektiga emas, shu bilan birga tarbiya sub’ektiga ham aylantiradi. Bu bolani tarbiyalash va rivojlantirishda faoliyatning etakchilik rolini belgilaydi. Bolalarning rivojlanishi va tarbiya-lanishining ѐsh bilan bog‘liq davrlarida faoliyatning turli xillari ѐnma-ѐn bo‘ladi va o‘zaro ta’sir ko‘rsatadi, lekin bunda ularning roli bir xil bo‘lmaydi: har bir bosqichda faoliyatning etakchi turi

ajratiladi, unda bolaning rivojlanishidagi asosiy yutuqlar namoѐn bo‘ladi. Har bir faoliyat ehtiѐj, sabablar, faoliyat maqsadi, mavzui, vositalari, buyumlar bilan amalga oshiriladigan harakatlar va nihoyat, natija bilan ajralib turadi. Ilmiy ma’lumotlarning dalo-lat berishicha, bola ularni darhol emas, balki asta-sekin va katta ѐshdagi odamning rahbarligida egallaydi. Bola faoliyatining xilma-xilligi va boyligi, uni egallashdagi muvaffaqiyat oiladagi, mak-tabgacha ta’lim tashkiloti tarbiya va ta’lim sharoitlariga bog‘liq, bo‘ladi. Bolaning dastlabki ѐshlaridan boshlab faoliyatning eng oddiy turlari uning shaxsiy qobiliyatlarini, xususiyatlarini va atrofdagi narsalarga munosabatini shakllantirishning asosi hisoblanadi.

O‘zlashtirllgan bilimlar va rivojlangan aqliy qobiliyatlarni bolalar xilma-xil o‘yinlarda va mehnatda qo‘llaydilar. Bularning hammasi bola shaxsining rivojlanishiga ta’sir etadi, unda faoliyat-ning yangi mazmuniga qiziqishni shakllantiradi.

Maktabgacha ѐsh davridagi ehtiѐjlar, his-tuyg‘ular, sabablar, maqsad-larni tarbiyalash va rivojlantirish shu darajaga etadikn, u bolaga maktabdagi muntazam o‘qishga o‘tish imkonini beradi.

Kichik maktab ѐshida asosiy narsa o‘qish bo‘lib qoladi va uni bolalar

ijtimoiy ahamiyatga molik faoliyat sifatida tushunadilar. Bolaning

jamiyatdagi yangi mavqei o‘z xatti-harakatini va tengdoshlarining xatti- harakatini o‘zgacha nuqtai nazardan – maktab tinglovchisi nuqtai nazaridan baholashni shart qilib qo‘yadi. Bola faollik, ijodkorlik ko‘rsatib, kattalarning uning xulq-atvoriga va faoliyatiga qo‘yaѐtgan tobora murakkablashib boraѐtgan talablarini bajarishga intiladi.

Har bir faoliyat turining mazmuni va tuzilishining ijtimoiy-tarixiy tabiati har bir ѐsh avlodga ob’ektiv ravishda berilgan bo‘la-di. Odamlarning ishlab chiqarish qurollarida, bilimlarda, san’atda, ahloqda va hokazolarda jamlangan sermahsul faoliyati natijalari birgalikdagi faoliyatda va muloqotda bo‘lgan paytda tarbiya va ta’lim vositasida katta avloddan kichiklarga beriladi. Odam shaxsining ijtimoiy tabiati ana shunday shakllanadi.

Bolalar nutqini o‘stirish va savodga tayѐrgarlik. Nutq o‘stirish va savodga tayѐrlash mini muhitiga M. Montessori va boshqalarning nutq o‘stirish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazishning turli uslublarini qo‘yish mumkin. Hozir maktabgacha ѐshdagi bolalarni o‘qishga o‘rgatish to‘g‘risida munozaralar o‘tkazishayapti. Amaliѐt shuni ko‘rsatadiki, tarbiyachi metodik jihatdan ishni to‘g‘ri tashkil etishi lozim. To‘g‘ri tashkil etilgan o‘yin faoliyati orqali bolalar harflar bilan o‘yna-shadi, o‘qishga o‘rganishadi, so‘zlar ѐzilgan turli tuman kartochkalar-dan, yirik bosma shriftlar, chiroyli rasmlardan fo ydalanishadi.

M.Montessorining shiori – «Menga o‘zim bajarishim uchun ѐrdam ber, men o‘zim bajaraman». Tarbiyachi doim mehribon, sabr-toqatli, bolani to‘g‘ri yo‘lga yo‘naltirishi, o‘zining shaxsiy namunasi bilan nima qilish va qanday qilish lozimligini ko‘rsatishi lozim. U bu erda ustoz emas, balki voqealarning qatnashchisi sifatida ishtirok etadi: faqat bola-larni qiziqtira olishi lozim. O‘zaro bir-birini tushunish, anglash va muhabbat tuyg‘usi asosida muloqot olib boriladi. Tabassum, imo-ishora bilan kichkintoyni qo‘llab quvvatlab turadi, ko‘proq uni maqtaydi. Tarbiyachining ichki dunѐsi bilan kichkintoyning ichki tuyg‘usi o‘rta-sida mustahkam o‘zaro bog‘liqlik mavjud,tarbiyachining madaniyat darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, bolaning madaniyat darajasi shunchalik yuqori bo‘ladi. Bunday jaraѐn davrida tarbiyachi ham, bola

ham shakllanadi, bu esa hamma uchun hissiy qulaylik yaratadi, shuning-dek, ota- onalarni ham ijod qilishga uo‘naltiradi. Ijodiy rivojlan-tiruvchi muhitning samarasi kichkintoyning umumiy taraqqiѐtiga, ijodiy tafakkuriga, mustaqilligiga ta’sir ko‘rsatuvchi shart-sharoitgagina bog‘liq emas, balki tarbiyachining bola bilan bo‘ladigan muloqotiga, vaziyatga, beriladigan topshiriqlarga, ularni berish usullariga ham boliq. Bolalarga ta’lim-tarbiya berish bir tartibda o‘tmaydi. Tarbiyachi bolalarning taraqqiy etish dinamikasini kuzatib borishi, lozim bo‘lsa, ѐrdam ko‘rsatishi lozim.

Ammo bunda bolaning psixikasiga nisbatan yutuqlari darajasi dastur

talablari bilan solishtirilmaydi. Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, yuqorida ko‘rsatilgan shart-sharoitlarda psixikasi sog‘lom bola sezi-larli darajada an’anaviy davlat ta’lim standartlaridan o‘zib ketadi, rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar esa o‘z ѐshlariga mos etarlicha bilim va malakalar oladilar. YUqori darajada olinadigan bilimlar darajasi har bir bolaning individual imkoniyatlariga bog‘liq. Ijodiy–rivojlantiruvchi muhitni to‘g‘ri tashkil etish bola shaxsi-ning har tomonlama etukligi: mustaqil, maqsadga intiluvchan, ishni to‘g‘ri rejalashtira olish qobiliyatlarini takomillashtiradi. Bunday vaziyat bolani to‘g‘ri anglab harakat qilishga o‘rgatadi. Tarbiyachilar bolalarning o‘xshamaydigan xislatlarini qadrlashlari, o‘ziga xos individual bo‘lishlarini hurmat qilishlari lozim. Tarbiyachilar! Bolani majburlamang, bolaning erkin faoliyat yuritishi

uchun imkoniyat yaratib bering. Eng asosiysi, hamma narsa bola uchun qiziqarli bo‘lishi lozim.

1. Eshitish va tushunish malakasini shakllantirish.

2. Impressiv muloqotchanlik;

3. Nutq malakasi. Ekspressiv muloqotchanlik.

4. O‘qish va savodga tayѐrgarlik ko‘rish.

5. Kitobning qadr-qimmatini tushunish;

6. O‘qish va savod malakalarini egallash.

Bu yo‘nalishda bolalarning nutqi va ularda shakllanaѐtgan o‘qish va ѐzish malakalari orqali muloqot qilishning belgilari rivojlanadi.

Kattalar bilan muloqotda bola:

Kattalar bilan muloqotga kirisha oladi;

Kattalarning savollariga javob bera ola oladi;

O‘z fikrini kattalarga baѐn qila oladi;

Dialogik nutqdan foydalanib suhbatlasha oladi;

Istagini so‘z bilan ifodalay oladi;

Kattalardan so‘z orqali ѐrdam so‘raydi;

Oilasi va tanishlari to‘g‘risida hikoya qilib bera oladi:

Kattalar bilan boshqa mavzularda ham so‘zlasha oladi;

Odob bilan muloqotga kirisha oladi;

Muomalada nutq va imo-ishoralarni qo‘llay oladi;

Kattalar bilan muloqot qilishda tanish qonun-qoidalarga rioya qiladi;

Kattalarga murojaat qilishning turli usullaridan foydalanadi;

Notanish kattalar bilan muloqotga kirisha oladi.

Tengdoshlari bilan muloqotda:

Tengdoshlari bilan ѐnma-ѐn o‘ynay oladi;

Tengdoshlari bilan muloqotga kirisha oladi;

Tengdoshlari bilan salomlasha oladi;

Tengdoshlarini ismi bilan chaqiradi;

Olgan taassurotlarini boshqa bolalar bilan o‘rtoqlasha oladi;

Tengdoshlari bilan o‘yin qoidalarini birgalikda kelishib oladi

Tengdoshlari bilan muloqotda o‘z fikrini ayta oladi;

Tengdoshlari bilan yuzaga kelgan nizolarni bartaraf eta oladi;

Tengdoshini so‘z orqali baholay oladi;

Tengdoshiga oddiy takliflar, iltimoslar bilan murojaat qiladi;

O‘yin davomida tengdoshiga sherik sifatida qaraydi;

Tengdoshlari bilan muloqotda dialogik nutqdan foydalanadi.

MASHG‘ULOT

Mavzu: «O o» harflari bilan tanishtirish.

Maqsad:

«O o» harflari bilan tanishtirish.

Vazifalar:

«O» tovushining unli tovush ekani haqida tushuncha berish, uning so‘z

boshi, o‘rtasi va oxirida kelishini aytish,uning to‘g‘ri talaffuzini o‘rgatish,

«O» tovushli so‘zlar bilan bolalar nutqini boyitish.

Mayda qo‘l motorikasi rivojlantirish

Kutilaѐtgan natijalar:

«O o» harflarini bilib oladilar.

«O» tovushining unli tovush ekanligini, uning so‘z boshi, o‘rtasi va

oxirida kelishini bilib oladilar.

«O» tovushli so‘zlar ayta oladilar.

Mayda qo‘l motorikasi rivojlanadi

Kerakli jihozlar:

«Oo» harflari

«O» harfi bor suratlar

Mashg‘ulotning borishi:

Tarbiyachi: Bolalar, har bir tovush ѐzuvda alohida harf bilan ѐziladi.

Men hozir sizlarga o tovushini bosma ѐzuvini ifodalovchi o harfini

ko‘rsataman.

«O» harfining shakli qanday ekan? («O» harfining shakli: dumaloq

ekan.)

«O» harfining necha xil shaklini ko‘ryapsiz? (2 xil shaklini ko‘ryapmiz:

biri katta, ikkinchisi kichik.) Siz katta degan «O» harfi bosh «O» harfi deyiladi. Bosh «O» harfi bilan kishilarning ismi va familiyasi ѐziladi (Bosh harflarning ishlatilishi keyingi harflarda to‘ldirilib boriladi.) Bosh «O» harfi bilan ѐziladigan bolalarining ismidan toptiriladi: Omon, Otabek, Oydin, Oynisa, Ozod, Oqil, Olim, Oqila kabi. Kichik «o» harfi qolgan so‘zlarda ishlatiladi. Masalan: ot, ona, ota kabi.

Bosh «O» va kichik «o» harflari bir-biriga o‘xshaydimi? (Ular bir-

biriga o‘xshaydi; ularning ikkalasi ham dumaloq.)

Mana bu (xattaxta ѐnidagi) ,,Harf jildi". Bugundan boshlab tanishgan

harflarimizni uning katakchalariga solib boramiz. «Oo» kesma harflari cho‘ntakchaga solinadi.

Demak, harflarni ѐzamiz, ko‘ramiz va o‘qiymiz. Bu harflarning uch

xususiyati. Harfning bu uch xil xususiyati bolalarga aytiladi, tovush-ning xususiyati bilan taqqoslanadi Bunda:

«O» tovushini nima qilamiz?

«O» xarfini-chi? Tovush bilan xarf farqlanar ekanmi?

Ikkita bosh va ko‘rsatkich barmoqlaringiz bilan bosh «O» harfini yasab

ko‘rsating. Bitta bosh va ko‘rsatkich barmog‘ingiz bilan kichik o harfini yasab ko‘rsating (tarbiyachi o‘zi ham ko‘rsatadi).

Bolalar uchun amaliy ish. Tarbiyachi: Bolajonlar, kelinglar rangli iplardan «O» harfini yasaymiz. Buning uchun biz iplarimizni dumaloq shaklga keltiramiz. Mana «O» harfi tayѐr. Bolalar «O» harfi haqida quvnoq she’r eshiting.

G‘ildirakka qarasang

«O» harfini ko‘rasan

Bu harfda burchak yo‘q

SHuning uchun dumoloq.

Bolalarga topshiriq beriladi: rasmlarni nomlang va «O» tovushini to‘g‘ri talaffuz qiling.

Mashg‘ulotga faol qatnashgan bolalar rahbatlantiriladi

Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar :

«O» tovushi qaysi harf bilan ѐziladi?

Harflarning qanday xususiyatlari bor?( harflarni ѐzamiz, ko‘ramiz va o‘qiymiz)

«O» harfining shakli qanaqa ekan? (Dumaloq)

«O» harfining necha xil shakli bor ekan? (Bosh va kichik, bosma shakli)

Bosh «O» harfi qaysi so‘zlarda ѐzilar ekan?

Ikkita bosh va ko‘rsatkich barmoqlaringiz bilan bosh «O» harfini yasab ko‘rsating.

Bitta bosh va ko‘rsatkich barmog‘ingiz bilan kichik «o» harfini yasab

ko‘rsating (tarbiyachi o‘zi ham ko‘rsatadi).

Bolalar uchun amaliy ish.

Tarbiyachi: Bolajonlar, kelinglar hammamiz plastilindan «O» harfini yasaymiz. Buning uchun «O» harfining shakliga diqqat bilan qarab olib, plastilindan shu shaklni yasaymiz.

«O» harfli bo‘g‘in tuzish va uni o‘qish. Tarbiyachi harf terish karto-ni, xattaxta tagligiga ѐki xattaxtaga ol, ot, osh, od bo‘g‘inlarini tuzib, ѐzib qo‘ygan bo‘ladi. Uni bolalarga o‘zi o‘qib namuna ko‘rsatadi. Bolalar bilan xo‘r bo‘lib o‘qiydi. So‘ng yakka-yakka o‘qitadi. Bunda «O» tovushiini ichda saqlab, keyin unlini qo‘shib birga o‘qish lozimligi amaliy ko‘rsatiladi.

SHu bo‘g‘inlar qayta bolalarning o‘zlariga tuzdiriladi va o‘qitiladi.

Bunda tarbiyachi «Ol» deydi va yo‘llanma beradi: avval qaysi tovushni

eshityapsan («O» tovushini), o‘shani harf jildidan olib qo‘y. «Oll», endi oxirida qaysi tovushni eshityapsan? («l» tovushini) «O» harfi-ning qaysi tomoniga «L» harfini qo‘yasan? (orqasiga). Tuzgan bo‘g‘iniingni o‘qi: «Ol» (Qolgan bolalar o‘z joylarida kesma harflardan foydalanib bo‘g‘in tuzadilar).

Kesma harflar bilan ishlash. Bolalarga kesma harflardan bo‘g‘in

tuzdiriladi va o‘qitiladi. Tuzilgan bo‘g‘inlardan ѐki bo‘g‘inli kartoch-kalardan bir nechta so‘z tuzdirilib, o‘qitiladi, ulardan birining bo‘g‘in-tovush tahlili o‘tkaziladi: olma, olcha, Olim, o-na, Odina.

Mashg‘ulotga faol qatnashgan bolalar rahbatlantiriladi.

Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar :

o Bugun qaysi tovush bilan tanishdik?

o «O» qanday tovush ekan?

o Biz tovushlarni nima uchun o‘rganamiz?»

o «O» tovushi qaysi harf bilan ѐziladi?

o «O» harfining shakli qanaqa ekan?

o «O» harfining necha xil shakli bor ekan? (bosh va kichik, bosma shakli)

o Bosh O harfi qaysi so‘zlarda ѐzilar ekan?

Bo‘g‘inli kartochkalar bilan qanday so‘zlarni tuzdik?

Bolalarga ona tilini o‘qitishga doir mashg‘ulotlar har bir guruhda

bolalarning ѐsh imkoniyatlarini va har bir bolaning nutqiy rivoj-langanlik darajasini hisobga olgan holda amalga oshirilishi lozim. CHunki bilimlar mazmuni, ularning tarkibi, metod va usullarni tanlash, haftasiga o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar soni, har bir mashg‘ulotning davomiyligi shunga bog‘liq bo‘ladi.

Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:

1. Bolalarda o‘qish, ѐzish va ularda mavzusga qiziqish uyg‘otish jaraѐni

qanday amalgam oshiriladi?

2. Bolalarni turli faoliyat yunalishlarida savodga o‘rgatishga tayѐrlash jaraѐni haqida nimaarni bilasiz?

3. Bola nutqini rivojlanganligini aniqlashning asosiy davrida (oktyabr- may) qanday ishlar olib boriladi?

4.Bolalar nutqini o‘stirish va savodga tayѐrgarlik uchun qanday ishlar

amalgam oshiriladi?

5.Bolalar nutqini o‘stirish va savodga tayѐrgarlik davrida qanday ishlar olib boriladi?

7-Mavzu: BOLALARNI MAKTAB TA’LIMIGA TAYYORGARLIGI-NING AQLIY RIVOJLANTIRISHNING AXAMIYATI


Download 290 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish