ilova
Tezkor savol javob
Gaz tarkibini aniqlash asboblari
Gazanalizatorlar
Suv sifati ko‘rsatkichlarini aniqlash
o‘lchash asboblari 4-ilova
Baholash mezoni va ko‘rsatkichlari
Guruh
|
Berilgan topshiriq to‘liq va aniq yoritilishi 0-5 ball
|
Topshiriqni misollar bilan yoritish 0-5 ball
|
Guruh a’zolarining faolligini. 0-5 ball
|
Jami ball
|
1-gr
|
|
|
|
|
2- gr
|
|
|
|
|
3- gr
|
|
|
|
|
Gaz tarkibini aniqlash asboblari. Gazanalizatorlar. Suv sifati ko‘rsatkichlarini aniqlash
Suv ta’minoti maqsadida ishlatiladigan asosiy suv manbalari tarkibiga: • a) yer osti manbalari - yer osti suv oqimlari, yer osti suv havzalari, buloqlar va • b) yer usti suv manbalari - darѐ, ko‘llar, kanallar va suv omborlari kiradi. • Ichimlik suv manbalari texnik-iqtisodiy hisoblar asosida GOST 17.1.3-03-77ga muvofiq holda tanlanadi. Shu bilan birga suv resurslaridan foydalanish "Suv va suvdan foydalanish haqidagi qonun "asosida boshqariladi. Sifatli yer osti suvlarini birinchi navbatda ichimlikxo‘jalik maqsadlarida ishlatish ko‘zda tutiladi va ularni boshqa maqsadda foydalanish chegaralab qo‘yiladi. Yer usti suvlari bo‘lmaganda, ammo yer osti suvlar yetarli darajada bo‘lgan hollarda ularni ishlab chiqarish va sug‘orish maqsadlarida maxsus tashkilotlar ruxsati bilangina foydalanishga ruxsat etiladi
Tabiiy suvlarni loyqasi erimaydigan va kolloid holida noorganik (loy, qum va h.o) va organik (balchiq, mikroorganizmlar) hollarida bo‘lishi mumkin. Loyqalik yer usti suvlariga xosdir. Darѐlar suvining loyqaligi bir necha ming «mg/l» gacha yetadi. Ayniqsa O‘rta Osiѐ darѐlarida suvning loyqaligi kattadir. Yer osti suvlari yer usti suvlariga qaraganda tiniq buladi. • O‘zDSt 950:2011 bo‘yicha ichimlik suvdagi erimagan moddalar miqdori 1.5 mg/l dan ko‘p bo‘lmasligi kerak. Suvning tiniqligi "mutnomer", hozirgi vaqtda "nefelometr" nomli asboblar bilan o‘lchanadi. Suvni tiniqligini tubi yassi bo‘lgan 30-50 sm balandlikdagi maxsus shisha silindr ѐrdamida ham aniqlash mumkin. Agar silindrdan 5 sm yuqorida joylashtirilgan matn silindrdagi 30 sm balandlikdagi suv ustuni orqali ko‘rinsa, olingan suv namunsi tiniq hisoblanadi. Suv ustuni balandligi santimetrda o‘lchanib, u suvni tiniqligini belgilaydi.
• Suvda eruvchan temir tuzlari 0,2-0,3 mg/l gacha bo‘lgani ma’qul. Bu tuzlar ko‘p bo‘lishi xavodagi kislorod ta’siri ostida temir oksidi hosil bo‘lishiga olib keladi. Bakterial ifloslanganlik. Suvda hayvon chiqindilariga xos bo‘lgan organik moddalarining bo‘lishi xavflidir, chunki buning natijasida ammiak tuzi va azot kislotasi tashkil topadi. Bu moddalarning suv ichida organik xlor bilan bir vaqtda bo‘lishi (mineral xlorning 300 mg/l gacha bo‘lishi zararsiz) suvni hayvon chiqindilari bilan ifloslanganligini ko‘rsatadi. Bu holda suvga xlor bilan ishlov berish zarur, chunki xavfli kasalliklar qo‘zgatuvchi bakteriyalar bo‘lishi mumkin
Do'stlaringiz bilan baham: |