O’sib kelayotgan yosh avlodning sog’lig’ini saqlash masalasi keng ma’nodagi tushuncha
ham o’z ichiga oladi, bu esa birinchi navbatda o’quvchining o’ta toliqishiga yo’l qo’ymaslik
bilan bog’liqdir. Bu masala maktabdagi pedagoglar, tibbiyot xodimlari va ota-onalarning diqqat
markazida turishi lozim. «Maktab kasalliklari» deb ataluvchi kasalliklarning oldini olish hozirgi
vaqtda o’quvchilar tarbiyasi bilan shug’ullanuvchi har bir shaxsning kundalik asosiy
Zamonaviy o’qitish jarayoni, o’quvchiga axborot berishning yangi shakl va usullarini
qo’llamoqda, ya’ni bilim berishning samaradorligini oshirishiga qaratilgan texnika vositalari va
yangi innovatsion texnologiyalaridan keng foydalanilmoqda. Natijada o’quvchining darsdagi
29
Shuni ta’kidlash kerakki, hozirgi zamon sharoitida maktab o’quvchisiga maqbul o’quv
yuklamasini belgilash muhim dolzarb vazifa hisoblanib, birinchidan, o’quv rejasida belgilangan
bilimlarni o’quvchi tomonidan to’licha o’zlashtirishni ko’zda tutsa, ikkinchidan, o’quvchining
o’z shaxsiy ehtiyoji uchun ham yetarli vaqt ajratiladi. Eng muhimi, o’quvchining jismoniy
rivojlanishiga, ish faoliyatiga va salomatligiga salbiy ta’sir etuvchi omillarning oldi olinadi.
O’quv yuklamasining pedagogik va gigiyenik jihatlarini o’rganish, toliqishning oldini
olish yo’llarini izlab topish pedagogika fani va maktab o’qituvchilari oldida turgan muhim
masalalardan biri hisoblanadi. Odam organizmining barcha to’qima va organlaridagi hayotiy
jarayonlar, ularning ishi markaziy asab tizimi tomonidan boshqariladi.
Odam tug’ilganidan boshlab uning butun umri davomida bajaradigan aqliy va jismoniy
faoliyatining takomillashuvi, ya’ni, tarbiyalanishi, bilim olishi, hunar o’rganishi miya
po’stlog’idagi asab markazlarinint funksional holatiga bog’liq.
Asab tizimining faoliyati ikki xil sababga ko’ra susayishi mumkin. Birinchidan, asab
to’qimalaridagi tug’ma kamchiliklar, tug’ilgandan keyin har xil kasalliklar, shikastlanishlar
oqibatida asab faoliyatining pasayishi; ikkinchidan, asabning funksional kasalliklari, ya’ni
gigiyenik talablarga rioya qilmaslik natijasida tizimning zo’riqishidan nevroz, ya’ni asab
kasalliklari paydo bo’lishidir.
Ko’pincha ota-onalar va o’qituvchilar o’quvchi xulqida va holatida aqliy charchash
alomotlarini sezsalarda, e’tibor bermaydilar, chunki bu o’zgarishlar, vaqtinchalik bo’lib, tez o’tib
ketadi deb o’ylashadi. Lekin bular bolada boshlanyotgan surunkali charchoqlikning birlamchi
belgilari bo’lib, «astenik sindrom» deb ataladi va bu kasallik markaziy asab tizimi faoliyati
buzilishining bir turi hisoblanadi. Kasallik belgilarning paydo bo’lishi va kechishi darajasiga
qarab, astenik sindrom shartli ravishda bir necha bosqichga ajratiladi.
Birlamchi-giperstenik bosqichda serzardalik, o’ta ta’sirchanlik, o’zini tuta bilmaslik,
besabrlik kabi belgilar paydo bo’ladi. Bolalar faol bo’lishadi, ammo ularning faoliyatida tartib
bo’lmaydi. Ular tinimsiz bo’lib, biror ishni oxirigacha diqqat-e’tibor bilan bajara olmaydilar,
ozgina muvaffaqiyatsizlik ular faoliyatini izdan chiqarib yuboradi. Ular qiynalib uyquga
ketishadi, bezovta uxlashadi, ko’p tush ko’rishadi.
Agar o’z vaqtida chora ko’rilib, kasallik sabablari bartaraf etilmasa, kasallik kuchayib,
ikkinchi bosqichga o’tib ketadi. Bunda o’ta ta’sirchanlik va jizzakilik, toliqish bilan birga
kechadi. Bolaning ish faoliyati kuchli boshlanib, birdan pasayib ketadi. Jahldorlik, yomon
kayfiyat va odamovilik bilan almashinadi. Bunda o’quvchi yozgan paytida boshqalarga nisbatan
grammatik xatolarni ko’proq qiladi. Ba’zida duduqlanish, kamgaplik, tunda siydik tuta olmaslik
ya’ni enurez holatlari yuzaga chiqadi. Bundan tashqari so’zlardagi harflarni ham tushirib
qoldiradi, yangi materialni qiyin o’zlashtiradi, lanjlik va bosh og’rish o’quvchi ish faoliyatini
susaytiradi. Bunday holatlar paydo bo’lishiga ko’pincha o’tkir yuqumli kasallar bilan
og’riganlik, ichki organlarnnig surunkali kasalliklari, bahor va qish fasllarida bola va o’smirlar
organizmida vitamin yetishmasligi, o’quv yuklamasining ortib ketishi kabi omillar sabab bo’ladi.
Albatta ko’p narsa maktab va oiladagi ruhiy muhitga bog’liq. Oilada ota-onalar o’rtasidagi
janjallar, ichkilikbozlik, bolaga nazoratsizlik, oilalarning buzilib ketishi, bolalar va o’smirlar
asab tizimi faoliyatining izdan chiqishiga sabab bo’lsa, maktab va liseylarda o’qituvchi bilan
o’quvchi, talaba o’rtasidagi yoki o’quvchi va talabalarning o’zaro kelishmovchiliklari,
o’quvchilarning o’qituvchidan qo’rqib qolishi, bu kasallikning yuzaga chiqishiga turtki bo’ladi.
Asab tizimiga bog’liq bo’lgan bunday negativ holatlarni yo’qotish uchun ota-onalar, shifokorlar
va pedagoglar birgalikda ish olib borishi, uni yuzaga keltirgan sabablarni bartaraf etishga harakat
qilishlari kerak. Buning uchun maktabda dars jadvallari va o’quv yuklamalari bolaning yosh
xususiyatini hisobga olgan holda tuzilishi, o’quvchilar vitaminlarga boy, yuqori kaloriyali
ovqatlar iste’mol qilishi, faol dam olishi, sof havoda sayr qilishi, tonusni kuchaytiradigan
achchiq choy, kofe ichmasliklari kerak. O’qituvchilar o’quvchilar bilan, ularning xarakterini,
hisobga olgan holda muomala qilishlari kerak.
Maktab o’quvchilari va lisey talabalari asab tizimida bunday kamchiliklarning yuzaga
kelmasligi uchun 3-4 soatdan keyin yoki dars oxirida o’quvchilar uyga kelgandan keyin ularni
30
dam oldirish katta ahamiyatga ega. Shuni unutmaslik kerakki, aqliy mehnat bilan
shug’ullanuvchilarda zo’riqish alomatlari boshqalarga nisbatan ko’proq uchraydi va bu harakat
faolligi (gipodinamiya) kamaygan sharoitda yorqin namoyon bo’ladi. Bu holat emotsional
zo’riqish bilan birga qo’shilib, ko’pincha yurak-qon tomir kasalliklariga, asab va endokrin tizimi
faoliyatining, buzilishiga olib keladi. Bolalar va o’smirlarning shakllanayotgan yosh organizmi
ayniqsa aqliy zo’riqish asoratlariga o’ta sezgir bo’ladilar. Bilim berishning amalda
qo’llanilayotgan hozirgi o’quv dasturi o’quvchining yuksak bilim olishiga va faol fikrlash
jarayoniga mo’ljallangan bo’lib, bolalar va o’smirlardan kuchli aqliy emotsional mehnatni talab
qiladi. O’tkazilgan tadqiqotlarning ko’rsatishicha, o’qishning og’irligi o’quvchilar salomatligiga
salbiy ta’sir ko’rsatadi, shuningdek, asab buzilishi, xulq-atvorda beqarorlik alomatlari paydo
bo’lishiga olib keladi. Aqliy mehnat (o’qish, yozish, fikrlash, masala yechish, dars tinglash va
tayyorlash va hokazolar) asosan ko’rish, eshitish, organlari va ularning bosh miya pustlog’idagi
markazlarining asab hujayralarini bajaradigan ishidir. Shunday ekan, o’quvchilar aqliy mehnat
gigiyenasining zarur shartlarini: kun tartibiga rioya qilish, fizkultura va sport bilan shug’ullanish,
o’quv va o’qishdan tashqari mashg’ulotlar uchun sharoit yaratish, bir faoliyatni ikkinchisi bilan
almashtirib turish, spirtli ichimliklar ichmaslik, chekmaslik, zararli odatlarga berilmaslik va
hokazolarni ongli ravishda bajarishga harakat qilishlari zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: