Ko’z akkomodasiyasi (ko’zning moslashishi) turlicha uzoqda turgan narsalarni aniq
ajratish qobiliyatidir. Ko’z akkomodasiyasi ko’z soqqasini harakatga keltiruvchi nervning
parasimpatik tolalari bilan ta’minlanmagan, kipriksimon muskullarning reflektor qisqarishi
natijasida gavhar elastikligi o’zgarishidan vujudga keladi. Muskullar qisqarganda, kipriksimon
bog’lamlar tonusi oshib, gavharning bo’rtiqligi ortadi va nur sindirish kuchi ko’payadi. Narsa
ko’zga juda yaqinlashtirilganda kipriksimon muskullar shu xilda qisqaradi. Kipriksimon
muskullar bo’shashganda kipriksimon bog’lamlar tortiladi va gavharning egriligi, nur sindirish
kuchi kamayadi. Uzoqdagi narsaga qaraganda shunday bo’ladi. Narsa ko’zdan 65 sm uzoqda
bo’lganda kipriksimon muskullar qisqaradi. Odam yaqindagi narsalarga qaraganda gavhar
qavariqroq, uzoqdagi narsalarga qaraganda esa yassiroq bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |