Bolalarda nutqning rivojlanishi
Bola katta kishilar va tengdoshlari bilan bevosita muloqatda bo’lib turar ekan, turli
so’zlarni eshitib, nutqqa o’rgana boshlaydi. U 6-7 oyligidan boshlab eshitgan so’zlaridan bo’g’in
ajrata oladi. Bular ta’sir kuchiga ega bo’ladi va tashqi ta’sirlovchilar bilan bog’lanadi. So’zlar
avval shartsiz ta’sirlovchilarning signallari, so’ngra shartsiz reflekslarning signallari sifatida
ta’sir etadi, ular asta-sekin shartli va shartsiz ta’sirlovchi-larning o’rnini bosib ketadi.
5 oylik bola so’zlarga tushunadi. So’z ohangi va imo-ishoralarga harakat shartli reflekslari
hosil bo’ladi. Bir yasharlik bola 5-10 ta so’zni ayta oladi. 1,5 yoshdan boshlab bolada so’z
boyligi orta boradi. 3 yashar bola 500 dan ortiq so’zni biladi. Bolaning so’z boyligi mashq
qilishga, o’ziga xos xususiyatlariga, tarbiyaga va nerv sistemasining xususiyatiga bog’liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |