Mashq
. Quyida berilgan reportaj matnini o‗qib, qaysi uslubga xosligini
aniqlang. Uslubning o‗ziga xos xususiyatlarini izohlab bering.
OAV
Olib borilayotgan ishlarni aholiga yetkazib berish, uni targ‗ib qilishda
ommaviy axborot vositalarining tutgan o‗rni juda katta. Aynan ushbu soha vakillari
sabab joylarda bo‗lib o‗tayotgan tadbirlar, amalga oshirilayotgan ishlar,
yangiliklar, muvaffaqiyatlar va kamchiliklardan boxabar bo‗lamiz. Ommaviy
axborot vositalari xalqimiz hayotiga, uning quvonch va tashvishlariga tobora yaqin
bo‗lib, davlat va xalq orasidagi haqiqiy «ko‗prik» vazifasini bajarmoqda. Xususan,
sport rivoji yo‗lida ham «to‗rtinchi hokimiyat» vakillarining o‗rni beqiyosdir. 27
iyun Ommaviy axborot vositalari kuni. Shu munosabat bilan O‗zbekiston Milliy
olimpiya qo‗mitasi tomonidan qalam ahli uchun o‗ziga xos tadbir tashkil etildi.
Unda jurnalistikaning turli yo‗nalishlarida, jumladan TV, gazeta, internet
nashrlarida faoliyat olib borayotgan bir guruh ommaviy axborot vositasi xodimlari
ishtirok etishdi.
Topshiriq.
Tushunchalar tahlili metodi jadvalini to‗ldiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |