Topshiriq. O‘qing. Rivoyat mazmunini so‘zlab bering. Matnda qo‘llangan egalik qo‘shimchalari ishtirok etgan so‘zlarni daftaringizga ko‘chiring.
Хushmuomilalik
Хushmuomilalik yarim baxtdir, ya’ni u baxt eshigini ochishi mumkin, xolos. Biroq, bu bilan baxtni uzoq ushlab bo‘lmaydi. O‘zingiz o‘ylang, inson xushmuomila bo‘lsa-yu, lekin mehribonlikni va g‘amxo‘rlikni bilmasa, birovning mushkulini oson qilmay faqat o‘zining shaxsiy manfaati uchun ish yuritsa, hurmatga sazovor bo‘lmaydi, yakkalanib qoladi.
Хushmuomilalik zaminida mehnatsevarlik bilan bir qatorda mehribonlik va g‘amxo‘rlik qaynab tursa, odam umrbod baxtli hayot gashtini suradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |