Dasturning informasion-uslubiy ta’minoti
Mazkur fanni o’qitish jarayonida ta’limning samarali texnologiyalari, interfaol metodlari va axborot-kommunikasion texnologiyalari qo’llanilishi nazarda tutilgan:
- fanning barcha bo’limlariga tegishli ma’ruza mashg’ulotlarida zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida slayd va elektron-didaktik texnologiyalardan foydalanish;
- seminar mashg’ulotlari jarayonida ta’limning samarali texnologiyalari (fanni to’liq o’zlashtirishga yo’naltirilgan, shaxsga yo’naltirilgan, ta’lim jarayonnni tashkil etish va samarali boshqarish, ta’lim jarayonini jadallashtirish asosidagi pedagogik texnologiya, rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalari, tanqidiy fikrlashni rivojlantiruvchi texnologiyalar) qo’llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |