STRUKTURAL LINGVISTIKA. 1. ayn. Strukturalizm. 2. Tilshunoslikning o‘z tekshirish predmetini til tizimidagi ichki munosabatlar va aloqalar bilan chegaralovchi, til va tafakkurning o‘zaro muiosabati, tilning jamiyat bilan aloqasi kabi masalalarni chetlab o‘tuvchi sohasi.
TILLARNING GENEALOGIK TASNIFI. Tillarning shajaraviy tasnifi.
TILLARNING QARINDOSHLIGI. Tillarning bir asos tildan kelib chiqqanligi va ularning fonetik, leksik va grammatik qurilishida bir asos tildan kelib chiqqanligini ko‘rsatuvchi umumiylik, izchil mosliklarning mavjudligi.
TILLAR OILASI. Uzaro o‘xshashliklari kelib chiqish asosining umumiyligi bilan izohlanadigan tillar guruhi (til shoxobchasi): Turkiy tillar oilasi.
TIL VARIANTI. Ayni bir tilning turli davlatlarda ko‘rinishi va qo‘llanishi.
TIPOLOGIYA. (yun. typos – iz, shakl, namuna+logos– ta’limot). 1. Tilshunoslikning tillarni tipologik tasnif qilish prinsipi va usullarini o‘rganuvchi bo‘limi. 2. Til birliklarini biron umumiy belgisi asosida tasnif qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |