O„zi qayta tiklanishi va o„sishi imkoniyatiga ko„ra:
qayta tiklanadigan resurslar, bunga o‗rmonlarni misol
keltirish mumkin, o‗rtacha 20–30 yilda qayta tiklanadi;
qayta tiklanmaydigan resurslar.
Tabiiy turistik resurslar orasida asosiy o‗rinni rekreatsiya
resurslari egallaydi va ular mamlakat aholisini hamda turistlarning
dam olishi va davolanishi uchun xizmat qiladi. ―Rekreatsiya‖
tushunchasining turli talqinlarini tahlil qilish natijasida, uni uydan
tashqarida, masalan, tabiatda, turistik sayohatlarda, sanatoriy-kurort,
sog‗lomlashtirish muassasalarida dam olish yo‗li bilan sog‗liqni va
ishchi kuchini tiklash deb tushunishimiz mumkin.
23
Tabiiy resurslardan to‗g‗ridan-to‗g‗ri foydalanish natijasida bir
qancha muammolar ham kelib chiqmoqda. Bular tabiatdan noto‗g‗ri
foydalanish, ko‗plab rejasiz qurilishlarning amalga oshirish tufay-
lidir. Natijada tizim muvozanati buzilib, ekologik muammolarning
kelib chiqishiga sabab bo‗lmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |