O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


 Turistik-rekreatsion klasterni shakllantirish



Download 6,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/417
Sana29.01.2022
Hajmi6,69 Mb.
#417563
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   417
Bog'liq
2 5336871798745074121

4.3. Turistik-rekreatsion klasterni shakllantirish 
 
Bugungi kunda O‗zbekiston iqtisodiyoti raqobatbardoshligini 
oshirishning amalda sinalgan usullardan biri bo‗lgan klasterlarni 
shakllantirish dolzarb vazifalardan biri bo‗lib qolmoqda.
Iqtisodiyotning turizm sohasini klasterli tashkil etish o‗zining 
bir qancha afzalliklariga ega bo‗lib, u klaster ishtirokchilarining 
manfaatdorlik tizimida faoliyat ko‗rsatadi va hududni barqaror ijti-
moiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratadi. 
Turizmning ichki tabiati ikki xil xarakterga ega: bir tomondan, u 
ma‘lum hudud bo‗ylab harakatlanish-sayohat qilish shakli bo‗lsa, bosh-
qa tomondan, iqtisodiy faoliyat turi hisoblangan turistik mahsulotni 
ishlab chiqarish, uni realizatsiya va iste‘mol qilish subyekti hisoblanadi.
Hozirgi paytda amaliyotda sinalgan turistik-rekreatsion faoliyat 
klasteri quyidagi muhim vazifalarni bajarish imkoniyatiga ega: 

turistik resurslarni ro‗yxatga olish; 

zamonaviy turizm bozorini shakllantirish; 

hududda ichki va tashqi turizmning ustuvor yo‗nalishlarini 
rivojlantirish; 

turistik faoliyatning davlat boshqaruvi tizimini shakllantirish; 

sohadagi turli ko‗rinishdagi tadbirkorlik harakatlarini qo‗l-
lab-quvvatlash; 

mintaqa turistik faoliyatining milliy va xalqaro turizm bozo-
riga integratsiyalashuvini ta‘minlash hamda sohadagi xalqaro ham-
korlikni mustahkamlash; 


69 

turistik obyektlarni qurish va ta‘mirlash ishlariga budjetdan 
tashqari mablag‗larni jalb qilish; 

turistik kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirishning zamo-
naviy tizimini joriy etish; 

hududiy xususiyatlarni e‘tiborga olgan holda turizm soha-
sidagi ilmiy tadqiqotlar ko‗lamini kengaytirish. 
Turistik-rekreatsion klaster faoliyati ma‘lum model yoki 
namuna asosida shakllanadi va bunday modelda, birinchi navbatda, 
turizmning hududga xos belgilari inobatga olinadi. Modelda mavjud 
resurslardan foydalanish uchun zarur bo‗lgan unsurlarning o‗zaro 
bog‗liqligi va biri ikkinchisini to‗ldirishi, ularning raqobatbardosh 
xizmat turlarini yaratishdagi ulushi inobatga olinadi.
Mamlakatimizda va xorijda turizmni rivojlantirishning klaster-
lashtirish jarayoniga oid ilmiy ishlarda ayrim mualliflar bu sohani 
faqat turistik tadbirkorlik tizimi faoliyati doirasidagina tadqiq 
qilganlar. Bunday holatlarda hududiy klasterlashtirishga ta‘sir 
ko‗rsatuvchi globallashuv jarayoni va uning serqirraliligi o‗z aksini 
topmaydi. Bu jarayonlarda iqtisodiyotning boshqa sektorlari
jumladan, ommaviy foyda keltirmaydigan uy xo‗jaligi sektorlari 
ham muhim rol o‗ynaydi. 
Mintaqaning turistik-rekreatsion klasteri uning tarkibiga ki-
ruvchi xo‗jalik yurituvchi subyektlar faoliyati samaradorligini oshi-
rishga imkon beradi. Mazkur subyektlar uchun axborot almashinuvi 
va yangiliklarni joriy etish imkoniyati kuchayadi, hamkorlikdagi 
harakatlarni muvofiqlashtirish masalasi yengillashadi, turistlarga 
xizmat ko‗rsatuvchi infrastruktura obyektlaridan hamkorlikda 
foydalanish imkoniyati paydo bo‗ladi. Ta‘lim tuzilmalarida kadrlar 
tayyorlash, raqobatchi – xo‗jalik yurituvchi subyektlarning faoliyat 
samaradorligini bir-biri bilan taqqoslash real voqelikka aylanadi. 
Turistik-rekreatsion 
klaster 
faoliyat 
ko‗rsatadigan hududda 
mintaqada mavjud kerakli malaka va ko‗nikmaga ega bo‗lgan 
mehnat resurslari, klaster ishtirokchilarining xo‗jalik yuritish 
doirasida investitsiya faoliyati va soliqqa tortishning o‗ziga xos 
tartibi bilan bog‗liq yangi tuzilmalarning paydo bo‗lishi uchun qulay 
shart-sharoitlar yuzaga keladi.
O‗zbekiston mintaqalarida turistik klasterlarning shakllan-
tirilishi turistik-rekreatsion resurslardan to‗liq foydalanish zamirida 


70 
yangi turistik firmalar ochilishiga va mavjudlarining ishini yanada 
faollashtirishga turtki beradi va yangi turdagi turistik mahsulot-
larning yaratilishiga asos bo‗ladi.
Klasterning mintaqada muvaffaqiyatli faoliyatini ta‘minlash 
uchun tegishli biznes muhiti yaratilishi lozim va bu muhit turli 
tashqi omillarning mavjudligi bilan belgilanadi.
Turistik-rekreatsion klasterning rivojlanishida ma‘muriy muhit 
muhim ahamiyatga ega bo‗ladi. Turizm sohasining davlat siyosati 
darajasiga ko‗tarilishi hamda qonun, qarorlarning qabul qilinganligi 
mamlakatimizda bu sohani har tomonlama qo‗llab-quvvatlanayot-
ganligidan darak beradi.
Turizmga turdosh sohalarning faoliyati klaster rivojining keng 
quloch yoyishiga turtki bo‗ladi. Klaster bunday turdagi korxo-
nalarsiz ham mavjud bo‗lishi mumkin, ammo ularning ishtiroki 
kichik biznes rivojiga imkon beradi. Shuning uchun tahlil turdosh 
korxonalarning klaster shakllanishidagi, turizmning istiqbolli turlari 
rivojidagi ulushini inobatga olish imkoniyatini yaratadi. 

Download 6,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   417




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish