Kiruvchi turizm
– O‗zbekiston Respublikasida doimiy yasha-
maydigan fuqarolarning O‗zbekiston hududi bo‗ylab qiladigan
sayohati.
Chiquvchi turizm
– O‗zbekiston Respublikasida doimiy ya-
shaydigan fuqarolarning o‗zga mamlakatlarga qilgan sayohati.
Tarixiy obidalar turizmi
– Buxoro, Xiva, Samarqand, Shah-
risabz, Toshkent shaharlaridagi va respublikamiz tumanlaridagi
tarixiy obidalarni ko‗rishga qiziqish.
Arxeologik turizm
– Samarqand, Buxoro, Xorazm va boshqa
shaharlarning qoldiqlari, qadimiy qal‘alar harobalari, ko‗hna qadi-
miy Markaziy Osiyo xalqlari hayoti haqidagi arxeologik topilma-
larni o‗rganish.
Rekreatsion turizm
– ―rekreatsiya‖ atamasi lotincha ―recrea-
tion‖ – ―tiklanish‖ so‗zidan kelib chiqqan bo‗lib, dastlabki mazmuni
uning hozirgi zamonaviy tushunchasiga to‗liq mos tushadi. U,
odatda, ―dam olish, mehnat qilish jarayonida inson tomonidan sarf-
langan ishchi kuchini tiklash‖ ma‘nosida talqin qilinadi. Dastlabki
talqindan farqli ravishda, zamonaviy talqini ko‗proq ijtimoiy ahami-
yatga ega.
18
Rekreatsion turizm qator davlatlar uchun turizmning
ommaviy shakli bo‗lib hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |