O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Download 6,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet254/417
Sana29.01.2022
Hajmi6,69 Mb.
#417563
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   417
Bog'liq
2 5336871798745074121

Tabiatni muhofaza qilish xalqaro 
ittifoqi (TMQXI) 
ta‘rifiga ko‗ra, ―ekologik turizm yoki ekoturizm 
tabiat muhitiga nisbatan mas‘uliyat bilan sayohat qilishga, 
hududlarning tabiatiga ziyon yetkazmagan holda o‗rganish hamda 
betakror, go‗zal joylaridan zavq olish maqsadida tabiatni muhofaza 
qilishga ko‗maklashadi, atrof-muhitga ―yumshoq‖ ta‘sir etadi, 
mahalliy aholining ijtimoiy-iqtisodiy sharoitini faollashtiradi va shu 
faoliyatdan ularning imtiyozlar olishini ta‘minlaydi‖
49
. Turizm 
jamiyati esa ―ekoturizmni tabiiy hududlarga mas‘uliyat bilan 
sayohat qilish natijasida tabiatni muhofaza etishni ta‘minlaydi va 
mahalliy xalqning turmush darajasini yaxshilaydi‖
50
, deb hisoblaydi. 
«O‗zbekistonda ekologik turizmni rivojlantirish Konsepsiya-
sida»
51
ekoturizm deganda, nafaqat ma‘rifiy - ma‘naviy maqsadlarni 
ko‗zlagan holda ekzotik tabiiy hududlarga, ularning hayvonot va 
o‗simlik dunyosiga sayohat, balki ijtimoiy - iqtisodiy masalalarni 
amalga oshirilishi yordamida ekologiya muammolarini hal qilish 
bilan bir-biriga bog‗liq majmualar yig‗indisini tushunamiz.
Ekoturizm – ijtimoiy ma`sulyatli va ekologik barqaror 
rivojlanishni, tabiiy va madaniy merosni, bioxilma-xillikni 
saqlashni, nazarda tutuvchi turizmning serdarod innovatsion 
yo`nalishidir
52

O‗zbekistonlik ekolog olimlarning fikricha, ekoturizm ma‘ri-
fiy-ma‘naviy tushunchalar ostida ekoturistlarning ekzotik tabiiy 
hududlarga, ularning hayvonot va o‗simliklar dunyosiga, tabiiy 
hududlarning tarixiy yodgorliklariga, arxeologik topilmalariga, 
geologiyasiga, paleontalogiya qoldiqlariga sayohatlari kabi tabiat 
bilan bog‗liq majmualar kiradi. 
Ekoturizmning maqsadi – hozirgi va kelajak avlodlarning 
ekologik xavfsizligi va barqaror rivojlanishini ta‘minlash uchun 
49
―O‗zbekistonda ekoturizmni rivojlantirish Konsepsiyasi‖ Ekologiya xabarnomasi, 2007, № 6, 10-b. 
50
―O‗zbekistonda ekoturizmni rivojlantirish Konsepsiyasi‖ Ekologiya xabarnomasi, 2007, № 6, 10-b. 
51
O‗zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish davlat qo‗mitasi davlat bionazorati, ―O‗zbekistonda 
ekologik turizmni rivojlantirish Konsepsiyasi‖. Экологический вестник, № 6, 2007, 9 b. 
52
A.K.Alimov ―Qoraqolpog`iston Respublikasida ekologik turizmni rivojlantirishning asosiy yo`nalishlari va 
istiqbollari‖. Iqtisodiyot fanlari bo`yicha falsafa doktori (Doctor of philosophy) dissertatsiyasi. 2018 y. 


238 
tabiatdan turistik yo‗nalishda oqilona foydalanishdir. Ekoturizmning 
maqsadini amalga oshirish uchun «O‗zbekistonda ekologik turizmni 
rivojlantirish Konsepsiyasi»dagi dasturni keltirish kifoya qiladi. Bu 
konsepsiyada respublikamizda ekologik turizmni rivojlantirish 
uchun quyidagi vazifalarni bajarish muhimligi alohida qayd 
qilingan: 

ekoturizm 
industriyasini 
shakllantirish 
uchun 
maxsus 
qonunlarni ishlab chiqish va ularning huquqiy mexanizmini 
yaratish; 

ekoturistik fan, ta‘lim va amaliyotning nazariy asoslarini 
ishlab chiqish; 

aholining ekologik ongi va madaniyatini ekoturizm orqali 
o‗stirish;

ekoturizm yo‗nalishidagi ta‘lim va tarbiyani yo‗lga qo‗yish; 

ekoturizm bo‗yicha mutaxassislarni tayyorlash va qayta 
tayyorlash; 

ekoturistik obyektlarni har tomonlama baholash va ularning 
kadastrini olib borish; 

ekoturizm monitoringi va istiqbolini olib borishni yo‗lga 
qo‗yish; 

milliy davlat hududlarini ekoturizm bo‗yicha rayonlashtirish; 

davlatlarning va xalqaro jamiyatning ekoturizmga oid taktik 
reja va strategik dasturlar va tadbirlarini ishlab chiqish; 

biologik xilma-xillikni saqlash. 
Qayd qilingan vazifalarni bajarishda quyidagi ekoturistik tamo-
yillarni, ya‘ni ekologik munosabatlarni turizm orqali tartibga so-
lishga yo‗naltirilgan qoidalarga qattiq, mas‘uliyat bilan rioya qilish 
talab qilinadi: 

ekoturizmda tabiatni muhofaza qilish va barqaror rivojlanish 
masalalarining ustuvorligi; 

ekoturizmning tarixiy, madaniy va boshqa turizm turlari 
bilan bog‗langanligi; 

turizm va servis sohasi yo‗nalishidagi barcha ta‘lim muas-
sasalarida ekoturistik o‗quv kiritilishining maqsadga muvofiqligi; 

mahalliy aholining ekologik ongi va madaniyatini o‗stirishda 
ekoturizmni jalb qilish zaruriyati; 


239 

tabiatdan oqilona foydalanish va tabiatni muhofaza qilish-
ning mazmunini ekoturistik marshrutlarda aks ettirish; 

davlat, jamiyat, mahalliy boshqaruv idoralarining ekologik 
turizmdan manfaatdorligi; 

ekoturizmda ekologik ijtimoiy-iqtisodiy manfaatdorlikning 
yagonaligi; 

ekoturizmda milliy g‗urur va iftixorni shakllantirishning 
zarurligi. 
Qayd qilingan tamoyillarning bajarilishi O‗zbekistonda 
ekologik turizmni jadal rivojlantirishning asoslarini ta‘minlaydi. 
Ekoturizmni rivojlantirish bo‗yicha «O‗zbekistonda ekologik 
turizmni rivojlantirish Konsepsiyasi»ning 1.4. bandida – ekoturizm-
ning ijtimoiy-iqtisodiy masalalari yechimini topishi lozim bo‗lgan 
dolzarb masalalar qayd qilingan. Ular quyidagilar: 

ekoturizm obyektlarida aholini ish bilan ta‘minlash, ijtimoiy 
muhofaza qilish muammolarini hal qilish;

ekoturizm qadamjolarida kichik va o‗rta biznesni rivoj-
lantirish orqali qo‗shimcha ish o‗rinlarini yaratish, turistik infra-
tuzilmalarni hosil qilish; 

ekoturizmning jahon talablariga javob bera oladigan mod-
diy - texnik, axborot-tahliliy bazasini yaratish, xizmat ko‗rsatish va 
servis sohasini rivojlantirish; 

ekoturizm maskanlarini elektr energiyasi va issiq suv bilan 
ta‘minlash maqsadida ekologik toza, qayta tiklanuvchi muqobil 
energiya qurilmalari yordamida foydalanishni keng yo‗lga qo‗yish. 

Download 6,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   417




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish