121
nosibligini talab etadi, chunki xizmatlar talab bo‗lmagunga qadar
«omborlarda» turib qoladigan mahsulot emas.
4. Sifatning doimiy emasligi
(xizmatlar sifati ko‗p hollarda
manbaning holati, uning malakaviy tajribasi, kayfiyatiga bog‗liq
bo‗ladi).
Mehmondo‗stlik sohasidagi xizmatlar o‗zining o‗zgaruv-
chanligi bilan ajralib turadi. Bunday o‗zgaruvchanlikning bir necha
sabablari mavjud. Birinchidan, bunday turdagi xizmatlar bir
vaqtning o‗zida ko‗rsatiladi va qabul qilinadi, bu esa ularning
sifatini nazorat qilish imkoniyatini cheklaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: