O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


-rasm. Toshkentning turistik resurslari



Download 6,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/417
Sana29.01.2022
Hajmi6,69 Mb.
#417563
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   417
Bog'liq
2 5336871798745074121

 
6.1.1-rasm. Toshkentning turistik resurslari. 


90 
Toshkentda «Jahon madaniyati yodgorliklari» ro‗yxatiga ki-
ritilgan Usmon Qur‘oni hamda Beruniy kutubxonasi saqlanmoqda. 
Toshkent haqidagi eng dastlabki ma‘lumotlar eramizdan oddingi
II asrdagi qadimgi Xitoy solnomalarida uchraydi. Xitoyda u Yuni, 
deb nomlangan bo‗lsa, Eron shohi Shopur I ning eramizdan oldingi 
yozuvlarida Toshkent atroflari Choch deb atalgan. Choch turli 
mamlakatlarning oltin, qimmatbaho toshlar, ziravorlar va ajoyib 
otlar eksport qilinadigan yo‗llar chorrahasida joylashgan. Hozirgi 
kunda Toshkent o‗zida O‗zbekistonning tarixiy o‗tmishini eslatib 
turuvchi taraqqiy topgan zamonaviy sanoat shahri hisoblanadi. 
Toshkentda ko‗plab muzeylar mavjud. Masalan, Tasviriy 
san‘at muzeyi haykallar, rasmlar va hunarmandchilik mahsulot-
larining Markaziy Osiyodagi eng yirik to‗plamiga ega. O‗zbekiston 
Amaliy san‘at muzeyi 30 mingdan ortiq hunarmandchilik va xalq 
milliy merosi namunalarini to‗plagan. Temuriylar tarixi davlat 
muzeyi butun Temuriylar davri tarixi namunalarini o‗zida jamlagan 
muzeydir.
Tarixiy Eski Juva – shaharning eng qadimiy bozorlaridan biri, 
unda hozir ham oziq-ovqat mahsulotlaridan tortib sanoat mah-
sulotlarigacha barchasini topish mumkin. Eski shaharning marka-
zida XVI asrning ajoyib yodgorligi – Baroqxon madrasasi joylash-
gan. Bulardan tashqari, 1966-yilgi zilziladan Yunusxon maqbarasi, 
Ko‗kaldosh madrasasi kabi ajoyib yodgorliklar omon qolgan. 
Toshkent metrosi jahonning zamonaviy arxitektura durdonalaridan 
biri hisoblanadi.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti 2008-yilning 2-aprelida 
«Toshkent shahrining 2200-yilligini nishonlashga tayyorgarlik 
ko‗rish va uni o‗tkazish» to‗g‗risida qaror qabul qildi. Unga ko‗ra, 
O‗zbekiston poytaxti, ilm-fan va madaniyat markazi, tinchlik va 
do‗stlik ramziga aylangan Toshkent shahrining 2200-yilligini keng 
nishonlash va munosib o‗tkazishga alohida e‘tibor qaratildi. Yubiley 
munosabati bilan ko‗plab tarixiy yodgorliklar qayta ta‘mirlandi, 
yangi binolar qurildi va shaharning ijtimoiy infratuzilmasi yanada 
obod bo‗ldi. 
Toshkent shahrining asosiy tarixiy va arxitektura yodgorliklari: 
Ko‗kaldosh madrasasi (XIV asr), Kaffol Shoshiy maqbarasi, 
(XVasr), Hazrati Imom arxitektura majmuasi (XVI asr), Abulqosim 


91 
madrasasi (XIX asr), Baroqxon madrasasi (XVI asr), Jome‘ masjidi 
(XIX asr), Zangiota majmuasi (XV-XX asr), zamonaviy arxitektura 
durdonasi sanalgan Amir Temur muzeyi, Amir Temur hiyoboni, 
Mustaqillik maydoni, Xalqlar Do‗stligi maydoni, Jasorat monu-
menti, Xastimom maydoni, Tilla Shayx masjidi, Hazrati Imom 
masjidi, Xadra maydoni, So‗fi Ota maqbarasi va boshqalar. 
Toshkent viloyati ulkan turistik salohiyatga ega. Chunonchi, 
hududda ekstremal va tog‗ turizmini, ya‘ni chanalarda uchish, 
snoubording, paraplanda va deltaplanda uchish, velosport, moto-
sport va ekstremal sport turlari hamda ekologik va qishloq xo‗jalik 
turizmini rivojlantirishga tabiiy sharoitlar bor. Xususan, Toshkent 
viloyati tog‗larida Chorvoq suv ombori mavjud bo‗lib, uning 
sohilida ko‗plab pansionatlar, dam olish zonalari va bolalar sport 
sog‗lomlashtirish oromgohlari joylashgan. Muhtasham g‗arbiy Tyan- 
shan tog‗lari ko‗plab turistik yo‗llar va yo‗laklar, sharsharalar, g‗or-
lar, chuqurliklar, yong‗oqzorlar va bog‗lar 2016-yili YUNESKO 
ning Butunjahon ro‗yxatiga kiritilgan. Bundan tashqari, ―Ugom-
Chotqol‖ milliy bog‗i 230 turdagi hayvonlar, 1800 o‗simlik turlari 
va 4 ta tabiiy ko‗llarni (Urungach, Bodak, Shovuri, Ixnoj) o‗z ichiga 
oladi. 
 
Shularni hisobga olib, O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 
Farmoni
25
bilan 2017-yilda Toshkent viloyatining turistik salohi-
yatini yanada rivojlantirish hamda undan foydalanish samarador-
ligini oshirish, hududga xorijiy va mahalliy turistlarni keng jalb 
qilish uchun qulay sharoitlar yaratish, zamonaviy infratuzilmani 
jadal rivojlantirishni ta‘minlash, ko‗rsatilayotgan turistik, mehmon-
xona va transport xizmatlarini kengaytirish va sifatini oshirish 
maqsadida Toshkent viloyatining Chimyon-Chorvoq kurort-rek-
reatsiya zonasi chegarasi doirasida ―Chorvoq‖ erkin turistik zonasini 
tashkil etish belgilandi.

Download 6,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   417




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish