O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Download 6,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet341/417
Sana29.01.2022
Hajmi6,69 Mb.
#417563
1   ...   337   338   339   340   341   342   343   344   ...   417
Bog'liq
2 5336871798745074121

Xalqaro turizm 
dunyoning boshqa mamlakatlari singari 
O‗zbekistan iqtisodiyoti uchun ham muhim soha hisoblanadi. 
O‗zbekistonga kiruvchi xorijiy turistlarning aksariyati Toshkent –
Samarqand – Buxoro – Xiva yo‗nalishi bo‗yicha sayohat qiladilar. 


330 
Chunki O‗zbekiston turizm infratuzilmasi aynan shu manzilgohlarda 
yaxshiroq rivojlangan hamda Buyuk Ipak yo‗liga taalluqli ko‗pgina 
obyektlar aynan shu joylarda saqlanib qolingan (O‗zbekistonga 
guruhlarda tashrif buyuruvchi turistlarning aksariyati Buyuk Ipak 
yo‗li yo‗nalishi doirasi harakatlanadilar). Shuningdek, Surxondaryo, 
Qashqadaryo va Farg‗ona vodiysi viloyatlarida ham turistlarni jalb 
etishi mumkin bo‗lgan ko‗plab muhim turistik jozibador manzillar 
mavjud bo‗lsa-da, turistik infratuzilmaning rivojlanmagani turistlar-
ni bu yerga kelishiga to‗sqinlik qilar edi. Bu kabi kamchiliklarni 
bartaraf etish maqsadida hukumatimiz tomonidan Qamchiq dovoni-
dan o‗tuvchi yo‗l qayta ta‘mirlandi, Surxondaryoga Samarqanddan 
va Toshkent shahridan Buxoro va Samarqand shaharlariga turist-
larni tashish uchun yangi elektrlashgan temir yo‗l qurildi, bu joy-
larda ko‗plab turistik mehmonxonalar bunyod etilmoqda. 
O‗zbekistonga kiruvchi xorijiy turistik sayohatlar sonining 
o‗sishiga ta‘sir etishi mumkin bo‗lgan holatlar: 

O‗zbekiston to‗g‗risidagi dastlabki va so‗nggi taassurotlarni 
qoldiruvchi bojxona xizmati xodimlarining turistlar bilan bo‗lgan 
muomala madaniyatini yaxshilash; 

mehmonxonalarda tayyorlanayotgan taomlarning zamonaviy 
talablarga javob berishi; 

O‗zbekiston ichidagi mehmonxona xizmatlari hamda trans-
port narxlarini asosiy raqobatchilarimizga nisbatan muvofiqlash-
tirish; 

turistik esdalik uchun xarid qilinadigan milliy suvenirla-
rimizning xilma-xilligi oshirilib, yo‗qolib ketgan bir qator 
hunarmandchilik turlarini tiklash va qayta tashkil etish; 

targ‗ibot masalalariga yetarlicha e‘tibor berilib, xorijiy 
fuqarolarning O‗zbekiston to‗g‗risidagi ma‘lumotlarining chegarasi 
kengaytirib borilmoqda, bunda ayniqsa, Germaniya va Italiyalik 
biznes hamkorlarning vositachiligidan samarali foydalanilmoqda; 

turistlar ixtiyoriga taklif etilayotgan tovar va xizmatlarning 
servis sifati narxiga moslashtirish. 
Yuqorida sanab o‗tilganlarni bartaraf etish bilan birgalikda, 
ko‗rsatilayotgan turistik xizmatlarning sifatli bo‗lishiga harakat 
qilinmoqda. Shuningdek, chet ellarda O‗zbekiston turizmini reklama 


331 
qilishda barcha turistik korxonalarning tashviqot-targ‗ibot ishlari 
raqobatchilardan farq qiluvchi umumiy mavzu ostida birlashtirilishi 
O‗zbekistonning xalqaro turizm bozorida o‗z o‗rnini mustahkam 
egallashiga yordam beradi. Buning uchun o‗zimiz egalik qilayotgan 
turistik resurslarimizni yana bir bor qaytadan chuqur o‗rganib 
chiqish, ulardan samarali va barqaror foydalanish yo‗llarini aniqlash 
va shu asosida Milliy turistik brendni ishlab chiqish lozim bo‗l-
moqda. Shu sababli, Turizmni rivojlantirish davlat qo‗mitasi tomo-
nidan o‗lkamiz turistik resurslari o‗rganib chiqilib, turistik resursla-
rimizning maxsus kadastlari yaratilmoqda. O‗zbekiston xalqaro 
turizmini rivojlantirish uchun xizmat qila oladigan milliy resurs-
larning anchasi hali ochilmagani katta imkoniyatlar mavjudligini 
ko‗rsatadi.
O‗zbekistonda bozor munosabatlari sharoitida xalqaro turizmni 
rivojlantirish chora-tadbirlari davlat tomonidan belgilangan bo‗lib, 
iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirish uchun turli bitimlar, 
kelishuvlar amalga oshirilgan va oshirilmoqda. Bugungi kunda 
xalqaro turizmni rivojlantirishda amalga oshirilishi lozim bo‗lgan 
ishlar qo‗yidagilardan iborat bo‗lmoqda: 

xalqaro turizmda kichik tadbirkorlik faoliyatidan keng 
foydalanish va xalqaro bozorlarga chiqishga intilish; 

mahalliy axborot agentliklari orqali rivojlangan mamla-
katlarni O‗zbekistonning turistik imkoniyatlari bilan yaqindan 
tanishtirishga harakat qilish; 

turizm sohasida ishlaydigan mutaxassislarni chet ellarda bir 
yilda kamida bir marta malaka oshirishga jo‗natish, o‗qitish, ular 
uchun barcha imkoniyatlarni yaratib, turistlarga sifatli xizmat 
ko‗rsatishni yo‗lga qo‗yish; 

respublikamiz vakillarining Yevropa mamlakatlarida o‗tkazi-
ladigan turistik xalqaro yarmarkalarda doimiy ravishda ishtirok 
etishini ta‘minlash; 

xalqaro turistik tashkilotlar bilan axborot almashishni yax-
shilash, birgalikda faoliyat yurita oladigan davlatlar bilan qo‗shma 
korxonalar tuzish va ular faoliyatini keng yo‗lga qo‗yish; 

ichki turistik bozorda o‗zaro raqobatni yanada kuchaytirish va 
boshqa tadbirlarni amalga oshirish muhim ahamiyatga egadir. 


332 
Xalqaro turizmni rivojlantirish O‗zbekiston iqtisodiyoti uchun 
g‗oyatda zarur bo‗lib, uning imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda 
turizm sohasi orqali aholining moddiy farovonligini yaxshilash, 
ularni doimiy ish bilan ta‘minlash maqsadida yangi ish o‗rinlari 
tashkil etilmoqda. O‗zbekiston Respublikasida xalqaro turizmning 
rivojlanishi, unga bo‗lgan munosabatning ijobiy tomonga siljishi 
bilan belgilanmoqda. Respublikamiz sharoitida, ayniqsa, kichik 
biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda turizmning imko-
niyatlari boshqa sohalarga qaraganda juda katta. Shu tufayli respub-
likadagi iqtisodiy barqarorlik va bozor iqtisodiyotiga bosqichma-
bosqich o‗tish jarayoni tadbirkorlarga keng yo‗l ochishi bilan birga, 
uni jadal rivojlantirish imkoniyatlarini tug‗dirmoqda.
Jahondagi har bir davlatning iqtisodiy yuksalishida asosiy 
omillardan biri tinchlik, osoyishtalik, barqarorlik va ijtimoiy 
adolatdan iboratdir. O‗zbekiston hozir Markaziy Osiyo mintaqa-
sidagi iqtisodiyoti barqaror rivojlanib borayotgan davlatlardan biri 
bo‗lib, o‗ziga xorijiy investorlarni, ishbilarmonlarni va turistlarni 
jalb qiluvchi hududlardan biri hisoblanadi. 
O‗zbekistonning jahon turizm bozoridagi salohiyatiga baho 
beradigan bo‗lsak, uning Markaziy Osiyo davlatlari ichida eng 
yuqori imkoniyatlarga ega ekanligini ko‗ramiz, bu haqida respublika 
hududida mavjud bo‗lgan yetti mingdan ortiq qadimiy me‘mor-
chilik, monumental san‘at yodgorliklari dalolat beradi. O‗zbekiston 
tarixiy me‘morchilik yodgorliklarining umumiy soni bo‗yicha 
jahondagi yetakchi o‗nta mamlakatlar qatoriga kiritilib, to‗rtta yirik 
shaharlari Samarqand, Buxoro, Xiva va Shahrizabz YUNESKO 
tomonidan jahon madaniyati yodgorliklari markazi sifatida tan 
olingan va xalqaro tashkilot tomonidan muhofaza qilinadi

O‗zbekistonda xalqaro turizmni rivojlantirishda tarixiy-madaniy 
obidalar bilan bir qatorda dam olish va madaniy hordiq chiqarish 
uchun xizmat qiladigan turistik obyektlarning ham mavjudligi 
muhim ahamiyat kasb etmoqda. O‗zbekistonda xalqaro turizmni 
rivojlantirishda ziyorat turizmining ham katta imkoniyatlari mavjud 
bo‗lib, bu borada yurtboshimiz tomonidan Samarqand, Buxoro, 
Toshkent shaharlaridagi 

Download 6,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   337   338   339   340   341   342   343   344   ...   417




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish