O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Download 6,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet238/417
Sana29.01.2022
Hajmi6,69 Mb.
#417563
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   417
Bog'liq
2 5336871798745074121

Turizm infratuzilmasi
– 
turistik faoliyatni amalga oshirishda 
turistlarning turistik resurslaridan bemalol foydalanishini ta‘min-
lovchi bino va inshootlar tizimi, muhandislik va kommunikatsiya 
tarmoqlari, shu jumladan, yo‗llar, axborot texnologiyalari, turizm-
ning turli xizmat ko‗rsatish korxonalari va ularni kerakli darajada 
ishlatish va ta‘minlash tushuniladi.
 
Bu avtomobil va temir yo‗llar, yo‗l harakatini, havo yo‗llarini, 
dengiz va daryo yo‗llari harakatini tartibga soluvchi, issiqlik, suv, 
elektr va telefon aloqalari bilan ta‘minlash va boshqa kommu-
nikatsiya tizimlaridir. Ma‘lumki, turizm sohasida turistik resurslari, 
ya‘ni tabiiy-iqlim, tarixiy-madaniy, ma‘rifiy, ijtimoiy-maishiy 
turizm obyektlari bo‗lgan hududlarda kerakli infratuzilmani yaratish 
muhim masalalardan biri hisoblanadi. Yo‗llarning ravonligiga qarab 
ham turistlar oqimining oshishi yoki kamayishi mumkin. Yo‗llar, 
bozorlar mamlakatning iqtisodiy va madaniy ahvoli qay darajada 
rivojlanganidan dalolat beradi.
Keyingi yillarda mamlakatimizda turizm infratuzilmasini za-
mon talabiga moslashtirish maqsadida hukumat tomonidan ko‗pgina 
ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, O‗zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2016-yilda qabul qilgan «O‗zbekiston Respublika-
sining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta‘minlash chora-
tadbirlari to‗g‗risida»gi
 
Farmonida respublika mintaqalarida turizm 
infratuzilmasining zamonaviy obektlari, eng avvalo mehmonxo-
nalar, transport-logistika tuzilmalari, muhandislik-kommunikatsiya 
infratuzilmasini jadal rivojlantirish, ushbu maqsadlar uchun xorijiy 
investitsiyalarni keng jalb etish masalasi O‗zbekistonga xorijiy 
turistlar oqimini ko‗paytirishga katta zamin bo‗ladi. 
Turist – avvalo dam oluvchi bo‗lib, unga ko‗rsatiladigan xiz-
matlar iste‘molchisi ekanligini unutmasligimiz lozim. Bular nafaqat 
avtomobil yo‗llari, shuningdek, temir yo‗llarga ham taalluqlidir. 
Vokzal va poyezd relslaridan tortib, uning ichidagi kommunikatsiya 
va muhandislik tarmoqlarining barchasi – turizm infratuzilmasining 
tarkibiy qismi bo‗lib hisoblanadi. Nafaqat avtomobil yoki temir 


222 
yo‗llar, hatto turistlar uchun maxsus ajratilgan yo‗llar va yo‗laklar 
ham talab darajasida bo‗lmog‗i kerak.
Mehmonxona va shunga tenglashtirilgan joylardagi kommu-
nikatsiya va muhandislik tarmoqlarida ham muammolar bo‗lmasligi 
turizm sohasining yangi pog‗onalarga ko‗tarilishida o‗ziga xos 
o‗rinni egallaydi. Bir tasavvur qilib ko‗raylik: issiqlik tarmog‗i 
ishlamaydigan, elektr tarmog‗i past, kanalizatsiya tarmog‗i bo‗l-
magan yoki ichimlik suvi talab darajada bo‗lmagan mehmon-
xonalarda turistning bo‗lishi, bular va boshqalar turizm infra-
tuzilmasining rivojlanishidagi kechiktirib bo‗lmas va tezda hal 
qilinishi zarur bo‗lgan muammolardan biri hisoblanadi. 
Ayniqsa, olis, tog‗li joylar, yo‗l trassalari kabi hududlarda bu 
muammolarni hal etish katta kapital mablag‗ talab qiladi. Hozir respub-
likamizning avtomobillar qatnaydigan trassalarida shox bekatlarning 
ahvoli xorijiy turistlarga xizmat ko‗rsatadigan darajada emas. Turistlar 
tezda hojatini chiqarib oladigan yoki zarur servis va tibbiy yordam beri-
ladigan obyektlarning zamon talabi darajasida emasligi infratuzilma 
obyektlarini qurish borasidagi dolzarb ishlar qatoriga kiradi. 
Bir vaqtlar Buyuk ipak yo‗li o‗tgan joylardagi muhim mas-
kanlarda karvonsaroylar bo‗lgan. Karvonsaroylar savdo karvonlari 
uchun hozirgi vaqtlardagi mehmonxonalar xo‗jaligi vazifasini 
o‗tagan. Unda karvonlar va savdogarlar tunaydigan xonalardan 
tortib, ichimlik suvi, ovqatlanish xizmati va boshqa xizmatlar 
(tabiblar, mashshoqlar, qo‗riqchilar) o‗z joyiga qo‗yilgan. Yurtimiz 
ko‗hna tarix va madaniyatga ega. 
Hozirda kanalizatsiya deb ataluvchi tarmoq bundan uch ming yil 
avval xizmat ko‗rsatganligini isbotlovchi dalillarni arxeologiya sohasi 
olimlarimiz tadqiqot ishlarida ko‗rsatib berishgan. Bu esa kommu-
nikatsiya tarmoqlari, ichimlik suvi (sardobalar) maxsus quvurlar kulol-
chilik mahsulotlari – sopol quvurlar orqali olib kelinganligidan dalolat 
beradi. Mana shunday tarixiy, an‘anaviy merosimizni yana tiklash, 
zamonaviy holatga keltirish ham bugungi kuning dolzarb masalasidir.
Hozirgi paytda turizm infratuzilmasida bank va moliyaviy 
tashkilotlar va xizmatlarning o‗rni alohida. Turistlar sayohatda va 
dam olishda xilma-xil xizmat turlaridan foydalanishni xohlaydilar. 
Ya‘ni o‗z xohishi bo‗yicha biror narsa sotib olishni istashadi. Bunda 
ular ko‗ngil ochish uchun har kuni ko‗p miqdorda pul sarflashadi. 


223 
Pulni, ayniqsa, katta miqdordagi pulni ko‗tarib yurish turistlarga 
noqulaylik va qiyinchiliklar tug‗diradi. Turistlarning ko‗p miqdorda 
pulni olib yurishi o‗g‗rilarni, qaroqchi va tovlamachilarni va har xil 
turdagi jinoyatchilarning jinoiy harakat qilishlariga olib keladi. 
Turizm sohasi tashkil topishi bilanoq, to‗g‗rilanishi va tartibga 
olinishi mumkin bo‗lgan xavfsiz pul bilan ta‘minlash muammosi 
paydo bo‗lgan edi, bu masala bugun kompyuter texnologiyalari 
asosida viza va kredit kartalari orqali o‗z yechimini topdi. 
Axborot xizmati turizm infratuzilmasida turistlarga ham va 
uning tashkilotchilariga ham juda zarurdir. Turist sayohatga tay-
yorlanayotganda hamda sayohat vaqtida o‗zi boradigan joy haqida 
o‗sha mamlakat yoki boradigan hududning qonun-qoidalari, odat-
lari, mehmondo‗stligi haqidagi qo‗shimcha ma‘lumotlarga, shuning-
dek, o‗sha joyning xaritasiga, transport magistrallari sxemasiga 
muhtoj bo‗ladi. Sayohat va turistlarning sarguzashtlari haqidagi 
ma‘lumotlar ommabop va maxsus adabiyotlar ko‗rinishida chop 
etiladi va bu holat turistlarni samarali sayohat qilishga chorlaydi.
Turizm infratuzilmasini zamonaviy kompyuter xizmatisiz 
tasavvur etish qiyin. Tezkor axborot va so‗zlashuv, yangiliklardan 
xabardorlik turizmning muhim bir jihatidir. Hozirgi turist internet, 
faks va boshqa zamonaviy texnika vositalaridan foydalanishiga 
talab turizm infratuzilmasini qay darajada ekanligidan dalolat beradi. 
Zamonaviy elektron vositalari, shu jumladan, turistik xizmatlar, 
turistik markazlar haqidagi ma‘lumotlar joylashgan millionlab 
saytlarga ega bo‗lgan Internet tarmoqlari orqali nafaqat sayohat va 
turistik agentliklarni tanlash, hattoki, tur sayohatning chiptalari, 
xizmatlar uchun to‗lovlarni ham oldindan tayinlab qo‗yish mumkin.
Hozirgi paytda o‗zida boy tarixiy-madaniy merosga, noyob 
tabiiy salohiyatga ega bo‗lgan O‗zbekiston hududlari uchun turizm-
da qator vazifalarni yechishga yordam beruvchi keng profildagi 
amaliy geoaxborot tizimini (GAT) shakllantirish davr talabi hisob-
lanadi.
45
Turizm industriyasi va infratuzilmasining tasniflanadigan 
belgilari turlari bo‗yicha tarkibiy qismi quyidagi rasmda batafsil ifo-
dalangan. 
45
Usmanova Z.I. ―O‗zbekistonda turistik - rekreatsion xizmatlarni rivojlantirish xususiyatlari va tenden-
siyalari‖. Iqtisodiyot fanlari bo‗yicha falsafa doktori (doctor of philosophy) dissertatsiyasi. 2018 y. 


224 

Download 6,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   417




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish