Navoiy viloyati:
Navoiy viloyatida qadimgi davr, ilk va o‗rta
asrlarda qurilgan 10 dan ortiq yodgorliklar mavjud. Jumladan,
qadimgi Karmanadagi Mirsaid Bahrom maqbarasi, Qosim Shayx
me‘moriy majmuasi, Katta Gumbaz masjidi, Buxoro – Navoiy
yo‗lidagi Raboti Malik karvonsaroyi va sardobasi, Dehgaron
majmuasi, Nurota chashmasi kabilarni aytib o‗tish mumkin.
Viloyatda 30 ga yaqin arxeologiya yodgorliklari mavjud.
Ayniqsa, Navbahor tumani Uchtut qishlog‗idagi shaxta (neolit
davri), Nurota tumani hududidagi Qoratog‗da o‗yib yozilgan
qoyatosh yozuvlari (mil. av. III asr.) va b. tarixchilar diqqatidadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |