+ (qo‘shish, plyus) belgi berilgan so‘zni har bir sahifada albatta qatnashishini bildiradi. Masalan, «+monitor» so‘rovi berilganda, «monitor» so‘zi uchrovchi barcha sahifalar ro‘yxati hosil bo‘ladi. - (ayiruv, minus) belgi berilgan so‘zni sahifalarda qatnashish kerak emasligini bildiradi. Masalan, «kompyuter - monitor» so‘rovi berilganda, bir vaqtda «kompyuter» so‘zi uchrovchi ammo «monitor» so‘zi uchramaydigan barcha sahifalar ro‘yxati hosil bo‘ladi. “” (qo‘shtironoqlar) sahifada qo‘shtirnoqdagi so‘zni uchrashishligini bildiradi. Masalan, «kompyuter monitor» so‘rovi berilganda, sahifalarda qo‘shtirnoqdagi jumla albatta ishtirok etishi anglanadi. Agar jumla qo‘shtirnoqqa olib yozilmasa, u holda alohida yozilgan «kompyuter» va «monitor» so‘zlari ishtirok etuvchi sahifalar ham ro‘yxatga qo‘shiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |