Bir darajali tarmoq. Bunday tarmoqda ishchi stansiyalar о’zaro ta‘sirini boshqarishning yagona markazi yо’q va maúlumotlarni saqlash uchun yagona qurilma mavjud emas.
Tarmoq operatsion tizimi barcha ishchi stansiyalar bо’yicha tarqalgan. Har bir tarmoq stansiyasi ham mijoz, ham server vazifasini bajarishi mumkin. U boshqa ishchi stansiyalaridan olingan sо’rovlarga xizmat kо’rsatishi va о’z sо’rovlarini tarmoqqa jо’natishi mumkin. Bir darajali tarmoqning afzalligi: narxi arzon va о’ta ishonchli.
Bir darajali tarmoqning kamchiligi:
Tarmoq ish samaradorligining stansiyalar soniga bog’liqligi;
tarmoqni boshqarish murakkabligi;
axborotni himoyalash qiyinligi;
stansiyalar dasturiy taúminotini yangilash va о’zgartirishning qiyinligi.
Bu xildagi tarmoqlar LAN tastic, NetWare Lite tarmoq operatsion tizim bazasida keng qо’llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |