“Innovatsiya”
– bu ta’lim: ma’lum bosqichlar bo’yicha rivojlanadigan
jarayon. V.I.Zagvyazinskiy “yangi” tushunchasiga ta’rif berib, pedagogikadagi
“yangi” faqatgina bu g’oya emas, balki hali foydalanilmagan yondashuvlar,
metodlar, texnologiyalardir.
R.N.Yusufbekova pedagogik yangilikka o’qitish va tarbiya berishda avval
ma’lum bo’lmagan va avval qayd qilinmagan holat, natija, rivojlanib boruvchi
nazariy va amaliyotga eltuvchi pedagogik voqeylikning o’zgarib turishi mumkin
bo’lmagan mazmuni sifatida qayt qilinadi.
Zamonaviy pedagogik texnologiyalar, pedagogika ilmining tadqiqot obyekti
sifatida, aniq fanlarni o’qitish uslubi bo’libgina qolmay, balki ijtimoiy=iqtisodiy
fanlarni o’qitishga ham yangicha yondashuv sifatida qayd qilinishi kerak.
Hozirgi kunga kelib, jamiyatimiz jadillik bilan taroqqiy etib, iqtisodiy va
siyosiy mavqei kundan kunga ortib bormoqda. Biroq ijtimoiy sohada va ayniqsa,
ta’lim-tarbiya jarayonida umumiy taroqqiyotdan biroz orqada qolish sezilmoqda.
Bunday noxush vaziyatdan chiqib ketish yo’llaridan biri ta’lim-tarbiya jarayonini
qabul qilingan davlat standartlari asosida texnologiyalashdir.
Iqtisodiy fanlarni o’qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalarni qo’llash
orqali uzliksiz ta’lim samaradorligini oshirishga alohida e’tibor beriliyapti.
Pedagogik texnologiyalar—ta’lim berish va zamonaviy axborat texnologiyalarini
qo’llash yordamida talabalarning shaxsiy sifatlarni rivojlanish va takomillashtish
imkoniyatini beruvchi o’quv vositalari bo’lib, u o’ziga xos didaktik va uslubiy
asosga ega.
Iqtisodiy fanlarning o’qitilish sifati va samaradorligini oshirish maqsadida,
pedagogik texnologiyalarni zamonaviy axborot texnologiyalar imkoniyatlari
asosida uch turdagi o’quv mashg’ulotlariga, ya’ni ma’ruza, amaliy va labaratoriya
17
mashg’ulotlarining o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda kompleks holda
qo’llash tavsiya etiladi. Iqtisodiy fanlardan o’rganilayotgan materiallarning o’quv
soatlari miqdori hisobga olingan holda mavzu bloklarga ajratiladi, har bir maruza
mavzu blokiga 2-8 o’quv soati oralog’ida vaqt ajratiladi hamda ushbu mavzu
blokiga mos amaliy va labaratoriya mashg’ulotlari mazmuni va hajmi belgilanadi.
Bu usulda har bir mavzuni o’rganishdagi ichki izchillik va uzviylik to’la saqlanadi
va talabalarda mavzuga oid malaka va ko’nikmalarni to’laroq va maqsadliroq
shakllantirish imkoniyati kuchayadi.
Men shu o’rinda aytib o’tmoqchimanki darslarni mana shunday turli
xildagi innovatsion texnologiyalar orqali olib borish bir qancha afzalliklari bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |