O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand veterinariya meditsinasi instituti



Download 2,34 Mb.
bet119/120
Sana21.01.2022
Hajmi2,34 Mb.
#395107
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   120
Bog'liq
O‘ZBEK TILINING SOHADA QO‘LLANILISHI

13-mashq. Abdulhamid Cho‘lponning «Kecha va kunduz» romanidan olingan quyidagi parchani o‘qing. Og‘zaki so‘zlashuv uslubiga xos o‘rinlarni topib, izohlang.
So‘fi yana past toifa oldida muborak og‘zini ochib, aziz tilini qaldiratmoqqa majbur bo‘ldi:

— Badbaxt fitna! Qo‘yasanmi-qo‘ymaysanmi, axir?!

«Hubbuli vatani minal imon» deganlar — Vatanni sevish imon­dan», axir! Bilmasang, bekor-da! Vatani yo‘q — dunyoda lo‘li xolos. Meni bevatan deb bildingmi?

So‘fi biroz qizib ham ketdi.

— Bu hovli-joy otangdan qolgani uchun o‘zimniki deysanmi yo? Unday desang, boshput olib, o‘risvoyning religa tushib, «hayt» deb... Makkatilloga jo‘nab qolaman. Hovling boshingdan qolsin, fitna!

Bu safar Qurvonbibi yalinib-yolvorib zo‘rg‘a tinchitdi.

Chinakam, so‘fida hajga borish niyati kuchli. Har yili javraydi. Bir-ikki marta pasport oldi ham. Faqat, nima uchundir, oyog‘ini o‘z shahrining tuprog‘idan uza olmaydi.
14-mashq. Gaplarni o‘qing, og‘zaki so‘zlashuv uslubiga xos o‘rinlarni izohlang.
Otasi yoki u tengi boshqa kishiga «paxan», «boboy», onalariga «babulya», «babushka», «kampirsho», aka-ukalariga nisbatan «brat», «bratan», «bratishka» deb murojaat qilayotgan noqobil farzandlarning bunday noxush so‘zlari quloqqa og‘ir eshitiladi.

Ayrim hollarda esa ismlarning ruscha—hindcha shakllarda o‘rinsiz qisqartirilib aytilishi ham yoqimsiz tuyuladi. Xayrishka, Masha, Borya, Gulya kabi.

Ko‘cha-ko‘yda, avtobuslarda, o‘quv dargohlarida «xey», «vey», «xov» deb yoki hushtak chalib chaqiradigan, yor-do‘stlariga Baxti, Mamash, Alish deya murojaat qiladigan yoshlar ham uchrab turadi.

Bularning hammasi o‘ta madaniyatsizlik, odob me’yorini bilmaslik sanaladi. (A. Mirzaboboyev)


15-mashq. Mirza Karimning «Mohlaroyim» romanidan olingan parchani o‘qing. Og‘zaki so‘zlashuv uslubiga xos o‘rinlarni topib belgilang.
Darvoza zulfini tushib, eshik qiya ochildi, oppoq ro‘molga o‘ralgan kampirning mushtdekkina boshi ko‘rindi.

— Voy-oy, o‘lay, kimsan, yo‘lovchimisan yoki... Kir, kir, bo‘yginangdan tasadduq...

Adolat yurishga holi qolmay, o‘zini kampir bag‘riga otdi.

— Hay, hay, yiqitvoray deding-ku... Oyog‘ingda oyoq qolmabdi-ya? Kel, qo‘lingni ber, jonim. Ko‘taray desam jonim yarimta...

— Onajon...

— Voy-oy, ona degan tillaringdan o‘rgilay. Nima bo‘ldi, jonim?

Kampir darvozani yopayotib, ko‘cha tarafga nazar tashladi. Shu mahal uch otliq otlarini niqtagancha Quva tomon choptirib o‘tishdi. Kampirning yuragi shuv etdi. Darrov ko‘ngliga kelgan o‘yni quvib chiqarmoqchiday, ko‘ylagi yoqasini ko‘tarib, «puf-puf»ladi. Adolatni suyab uyiga olib kirdi. Uni yonboshlatib, sekin o‘rnidan turdi.

— Bolam, kechagi ko‘mochim bor. Oqshomda chavati qilgandim, tatigin, xo‘pmi, o‘zingga kelasan...


17-mashq. Quyidagi atamalar asosida ilmiy uslubga xos matn tuzing.
Vazn, aruz, qofiya, she’riy janr, tuyuq, misra, radif, ruboiy, oddiy ruboiy, taronayi ruboiy.
18-mashq. Ko‘chiring. Berilgan matndan ilmiy uslubga xos so‘zlarni aniqlang.
Sonli tengsizliklarning asosiy xossalari. Istalgan qo‘shiluvchining, tengsizlikning bir qismidan ikkinchi qismiga shu qo‘shiluvchining ishorasini qarama-qarshiga almashtirgan holda ko‘chirish mumkin.

Agar tengsizlikning ikkala qismi ayni bir musbat songa ko‘pay­tirilsa, u holda tengsizlik ishorasi o‘zgarmaydi. Agar tengsizlikning ikkala qismi ayni bir manfiy songa ko‘paytirilsa, u holda tengsizlik ishorasi qarama-qarshisiga o‘zgaradi.



Chap va o‘ng qismlari musbat bo‘lgan bir xil ishorali tengsiz­liklarni ko‘paytirish natijasida xuddi shu ishorali tengsizlik hosil bo‘ladi. (Darslikdan)


Download 2,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish