O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Download 2,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet288/308
Sana18.01.2022
Hajmi2,37 Mb.
#385134
1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   ...   308
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008

Registon 
bo‘lib,
 
u
  Ulug‘bek,  Sherdor  va  Tillakori  madrasalarini  birlashtiradi.  Ular  orasida  o‘quv 
yurti  sifatida  bunyod  etilgan  Ulug‘bek  madrasasi  alohida  o‘rin  tutadi.  Har 
tomonlama  mohiyati  katta  bo‘lgan  bu  madrasada  ma’lumotlarga  ko‘ra  ulug‘ 
mutafakkir  olim,  taniqli  munajjim,  matematik,  o‘z  davrining  ko‘zga  ko‘ringan 
davlat arbobi Mirzo Ulug‘bekning o‘zi dars bergan. Ulug‘bek xukmronligi davrida 
Samarqand o‘rta asrning jahonshuml markazlaridan biriga aylanadi. Uning atrofida 
Qozizoda  Rumiy,  Ali  Qushchi  va  shu  singari  boshqa  yirik  olim-astronomlar, 
matematiklar  birlashib  ilmiy  maktab  yaratadi.  Ulug‘bek  tomonidan    asos  solingan 
maktablarda  diniy  ilmlardan  tashqari  geografiya,  tarix,  falakkiyot  kabi  fanlar  ham 
o‘qitilgan.  Komusiy  olim  Ulug‘bekning  jahon  fani  va  taraqqiyotiga  qo‘shgan 
hissasini  hisobga  olgan  YUNESKO  bosh  konferensiyasining  27  sessiyasi  uning 
yubiley-tavallud  topgan  kunining  600  yilligini  dunyoviy  qadriyatlar  ruyxatiga 
kiritish  va  bu  sanani  1994  yilda  butun  dunyoda  bayram  qilish  xaqida  qaror  qabul 
qilgandi.  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  farmoniga  asosan  1994  yilni 
«Mirzo  Ulug‘bek  yili»  deb  e’lon  qilindi.  Shunday  qilib,  1994  yil  oktyabr  oyida 
O‘zbekiston  Republikasida  YUNESKO  bilan  birgalikda  buyuk  vatandoshimiz 
tavalludining  600  yilligiga  bag‘ishlangan  yubiley  tantanalari  bo‘lib  o‘tdi.  Bu  sana 
sayyoramizning  boshqa  hududlarida  ham  munosib  tarzda  nishonlandi.  Jumladan, 
Ulug‘bek  sharafiga  bag‘ishlangan  tantanalar  Parijda  ham  bo‘lib  o‘tdi.  Bu  yerda  
“Ulug‘bek va Buyuk Temuriylar davri” mavzusida xalqaro konferensiya  o‘tkazildi. 
Bu  anjuman  ishtirokchilari  Ulug‘bek  yirik  mutafakkir  olim  sifatida  tarixdan  joy 
olgani,  dunyo  fani  va  madaniyati  taraqqiyotiga  qo‘shgan  hissasini  alohida 
ta’kidladilar.  Ushbu  tarixiy  obidalarimiz  hozirgi  kunda  ham  o‘zining  betakror 
san’ati  bilan  butun  dunyo  turistlarini  o‘ziga  jalb  etib  kelmokda.  Bu  yerga  har  yili 
tashrif buyurayotgan turistlar soni yildan yilga ko‘paymokda. Agar  o‘tgan yillarda 
Samarqandga  tashrif  buyurgan  turistlar  sonini  tahlil  qilsak  juda  yuqori  natijalarga 
erishilayotganligining guvohi bulamiz. 
“Buyuk  Ipak  Yuli”da  joylashgan  tarixiy    va  madaniy  markazlar  orasida 
Buxoro 
alohida  ahamiyatga  ega.  Buxoro  ham  Samarqand  kabi  ko‘plab  sayyohlar 
e’tiborini  tortgan  qadimiy  arxitektura  yodgorliklariga  boy,  tarixiy  jihatdan  ulkan 
ahamiyatga  ega  bo‘lgan  shahardir.  O‘zining  140dan  ortiq  arxitektura  yodgorliklari 
bilan  ma’lum  va  mashxur  bo‘lgan  Buxoro  O‘rta  Osiyoning  boshqa  har  qanday 
shahardan  ko‘ra  ko‘prok  qadimiy  sharq  shahri  qiyofasini  saqlab  qolgan.  Buxoro 
shahri  Markaziy  Osiyo  me’morchiligining  ming  yillik  tarixi  va  asosiy  rivojlanish 


                      
314 
bosqichlarini o‘zida aks ettirgan chinakam yilnomadir. Shahardagi har bir yodgorlik 
o‘z sukunatida uzoq o‘tmish sirlarini saqlab qolgan. Bu ajoyib shaharning yoshi bir 
necha o‘nlab asrlar bilan o‘lchanadi. Ma’lumki, 1995 yil kuzida Parijda YUNESKO 
konferensiyasining  28-sessiyasida  Buxoro  shahrining  2500  yilligini  dunyo 
ko‘lamida nishonlash haqida qaror qabul qilindi va ushbu anjuman katta tantanalar 
bilan o‘tkazildi.  
Uzoq o‘tmishda Buxoro hududidan o‘sha davr uchun muhim bo‘lgan xalqaro 
yo‘llar,  eng  avvalo  “Buyuk  Ipak  Yuli”  o‘tgan  keng  rivojlangan  savdo  almashuvi 
Buxoro  shahri  hududlarining  rivojlanishiga  imkoniyat  yaratgan.  Buxoroni  haqli 
ravishda  sharaf  manzili,  samimiyat  ka’basi  va  mashxur  kishilar  to‘planadigan  joy 
deb  atashgan.  Qadimiy  Buxoroning  ziynati  va  nodirligi  uning  betakror  arxitektura 
yodgorliklaridadir. 
Qator asrlar  davomida Buxoro, Turkiston o‘lkasi shaharlari orasida yetakchi 
mavqiyeini  egallab  kelgan.  Shahar  rivojlanishining  bu  davri  hunarmandchilik, 
savdo-sotiq, qurilish texnikasi, fan, adabiyot, san’at taraqqiyoti bilan harakterlanadi.  
Bu  yerda  O‘rta  Osiyoning  taniqli  shoirlari  Firdavsiy,  Rudakiy,  butun  jahonga 
mashxur ensiklopedist (qomusiy) olim Abu Ali Ibn Sino va boshqalar yashagan va 
ijod qilgan. Buxoro musulmon dunyosida alohida o‘rin egallaydi. Buxoroda tarixiy 
madaniy  yodgorliklar  juda  ko‘p  bo‘lib,  ular  Buxoroni  muzey  shahar  deb  atashga 
imkon beradi. 
Musulmon tarixining ajoyib yodgorligi Ismoil Somoniy maqbarasi uzoq yillar 
davomida saqlanib, bizning kunlargacha  yaxshi holatda yetib kelgan. Unda o‘rta asr 
ilk  davri  me’morchililigining  eng  yaxshi  yutuqlari  o‘z  aksini  topgan.  Bu  maqbara 
kompozitsiyasining  oddiyligiga  qaramay,  arxitektura  usullarining  rang-barangligi 
bilan kishini xayratga soladi va xaqli ravishda «

Download 2,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   ...   308




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish