O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


X Bob. XALQARO TURISTIK TASHKILOTLAR



Download 2,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet241/308
Sana18.01.2022
Hajmi2,37 Mb.
#385134
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   308
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008

X Bob. XALQARO TURISTIK TASHKILOTLAR. 
 
10.1. Turizm sohasida xalqaro hamkorlik. 
10.2. Butunjahon turistik tashkiloti (BTT). 
10.3. Nodavlat, tijorat va milliy xalqaro turistik tashkilotlar. 
10.4. «O‘zbekturizm milliy kompaniyasi».
  
 
10.1. Turizm sohasida xalqaro hamkorlik 
 
 
Yangi ming yillik asrida turizm sohasi juda ko‘pgina mamlakatlarda yangi ish 
o‘rinlari  yaratishda,  xorijiy  valyuta  tushumlarini  ko‘paytirishda  tez  sur’atlarda 
o‘sayotgan iqtisodiy sektorda yetakchi o‘rinni egallab kelmoqda. 
 
Xalqaro  turizm  ham  jahonda  eksport  tarmog‘i  hisoblanadi  va  juda  ko‘p 
mamlakatlarda  to‘lov  balansiga  amal  qilishda  muhim  omil  sanaladi.  So‘nggi 
yillarda  turizm  dunyoda  aholi  bandligining  muhim  generatoriga  aylandi.  U  jahon 
infrastrukturasiga  katta  miqdorda  investitsiyalarni  jalb  etmoqdi.  Bu  esa  mahalliy 
aholini  ham,  tashrif  buyuruvchilarning  ham  turmush  farovonligini  yaxshilashga 
xizmat  qiladi.  Turizm  davlat  g‘aznasiga  soliq  ko‘rinishidagi  pul  tushumlari 
ko‘payishini ta’minlaydi. Turizm sohasida juda ko‘p ish o‘rinlari turistik korxonalar 
rivojlanayotgan  hududlarda  paydo  bo‘ladi.  Bu  esa  iqtisodiy  imkoniyatlarni 
muvozanatlashtirish,  qishloq  aholisini  barcha  qulaylikka  ega  shaharlarga  qarab 
oqishining oldini olishga yordam beradi.  
 
Madaniyatlararo  xususiyatlarni  anglash  va  ko‘ra  bilish  haqida  shaxsiy 
aloqalarni  o‘rnatish  turizm  sohasi  tufayli  shakllanadi.Turizm  xalqaro  hamfikrlikni 
mustahkamlash va xalqlar o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirishda keng ufqlar ochadi. 
 
Xalqaro  turistik  aloqalarning  jadal  rivojlanishi  ko‘p  sonli  xalqaro 
tashkilotlarni  tashkil  etilishiga  olib  keldi.  Bu  sohada  xalqaro  iqtisodiy 
munosabatlarni  yaxshilashga,  hamkorlik  qilishga  keng  imkoniyat  yaratadi.  Hozirgi 
kunda xalqaro turizmni rivojlantirish masalalari bilan shug‘ullanuvchi dunyoda turli 
maqom  va  kasbdagi  70  ga  yaqin  xalqaro  tashkilotlarni  sanash  mumkin.  Ularga 
jumladan quyidagilar kiradi: 
-
 
BMT tizimidagi ixtisoslashgan tashkilotlar. 
-
 
BMTning  boshqa  tashkilotlari,  ularda  xalqaro  turizmni  rivojlantirish 
masalalari  onda-sonda  muhokama  etiladi  va  bu  faoliyat  sohasida  asosiy 
hisoblanmaydi; 
-
 
Ixtisoslashgan nodavlat tashkilotlari; 
-
 
Turizm bo‘yicha xalqaro tijorat tashkilotlari; 
-
 
Xalqaro  turizmni  rivojlantirishda  hamkorlik  qiluvchi  milliy  va  hududiy 
tashkilotlar. 
BMT  tizimidagi  xalqaro  turizmni  rivojlantirish  masalalari  bilanonda-sonda 
shug‘ullanuvchi tashkilotlar qatoriga quyidagilar kiradi: 
 
1.  Birinchi  marta  1963  yil  Rimda  o‘tkazilgan  turizm  va  sayohat  bo‘yicha 
BMT konferensiyasi. 


                      
281 
 
2.  Iqtisodiy  va  ijtimoiy  Sovet  (EKOSOS).  1968  yil  Bern  (Shveysariya)da 
rivojlanayotgan  mamlakatlarda  turizm  muammolari  bo‘yicha    BMTning 
hududlararo mahsus seminarini o‘tkazdi.  
 
3. Savdo va taraqqiyot bo‘yicha BMT konferensiyasi (YUNKTAD). 1972 yil 
III  sessiyada  “Turizmni  rivojlantirish”  rezolyutsiyasi    qabul  qilindi.  Unda  xalqaro 
turistik  almashinuv  statistikasi  rahbarlik  prinsiplari  to‘g‘risidagi  masala  ham  aks 
etgan. 
 
4. Hududiy iqtisodiy komissiya. 1975 yil BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasi 
(YEEK)  Yugosloviyada  xorijiy  turizmni  rivojlantirish  masalalari  bo‘yicha 
konferensiya o‘tkazdi. 
 
5. BMT ta’lim, madaniyat, fan masalalari tashkiloti (YUNESKO). 
6. Xalqaro mehnat tashkiloti (MOT). 
7. Xalqaro assotsiatsiya, transport aviatsiyasi (ILTA). 
№ 1. BMT tizimida ixtisoslashgan tashkilotlar qatoriga: Butun jahon turistik 
tashkiloti  (BTT)  ham  kiradi. U  1975  yilda  BMTning  ixtisoslashgan  organi  sifatida 
tashkil etilgandi. Turizm bo‘yicha 100 dan ziyod mamlakatlar hukumat tashkilotlari 
birlashtirgan. Ko‘plab hukumat va nodavlat tashkilotlarini kuzatuvchi sifatida ham 
ishtirok etadi. Bu tashkilot maqsad va vazifalari uning Nizomiga muvofiq “Iqtisodiy 
rivojlanishga,  tinchlikka,  o‘zaro  hurmat  va  gullab  yashnashga,  xalqaro 
munosabatlarda  o‘zaro  hamfikrlikka  turizmni  rivojlantirish  orqali  hissa 
qo‘shishdir”.  Uning  tomonidan  xalqaro  turizm  sohasida  bir  qator  deklaratsiyalar 
qabul  qilingan.  Ular  orasida  jahonda  turizm  to‘g‘risida  Manila  deklaratsiyasi, 
Akapulko hujjati, turizm bo‘yicha Hartiya va turist ahloq kodeksi, turizm bo‘yicha 
Gaaga deklaratsiyasi bor. 
 

Download 2,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   308




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish