O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Download 2,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet253/308
Sana18.01.2022
Hajmi2,37 Mb.
#385134
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   308
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008

Kompaniya 
zimmasiga  yuklatilgan  vazifalarga  muvofiq  quyidagi 
funksiyalarni bajaradi: 

 
O‘zbekiston  Respublikasida  turizmni  rivojlantirishga  qaratilgan  asosiy 
strategik yo‘nalishlarni ishlab chiqadi; 

 
Turizmni  rivojlantirish  bo‘yicha  ishlab  chiqiladigan  huquqiy-normativ 
hujjatlarni tayyorlashda ishtirok etadi

 
Turistik  faoliyatni  litsenziyalash  bo‘yicha  ishchi  organ  funksiyasini 
bajaradi; 

 
«Turizm 
to‘g‘risida»gi 
qonunga 
binoan 
turistik 
xizmatlarni 
sertifikatlashtirishni o‘tkazadi; 

 
Turizm  sohasida  statistik  hisob-kitoblarni  yuritishni  takomillashtirish 
bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi

 
Turizm sohasida marketing tadqiqotlarini tashkil qiladi; 

 
Respublikada 
turizmni 
rivojlantirish 
prognozlari 
va 
asosiy 
tendensiyalarini belgilaydi, taxliliy ishlar olib boradi; 

 
Turizmni  rivojlantirish  bo‘yicha  hududiy  va  sohaviy  dasturlarni 
tayyorlaydi,  uni  maqsadli  bajarilishini  koordinatsiyalashni  tashkil  qiladi 
va takliflar tayyorlaydi

 
Turistik  xizmatlarni  amalga  oshirilishini  ta’minlash  bo‘yicha  reklama-
axborot faoliyatni yo‘lga qo‘yadi; 

 
O‘zbekiston 
Respublikasida 
xorijiy 
davlatlar 
milliy 
turistik 
ma’muriyatlari va ularning vakillari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi; 

 
BTT  va  boshqa  turizm  bilan  bog‘liq  xalqaro  tashkilotlar  bilan 
hamkorlikni ta’minlaydi, ularda respublika manfaatlarini ifoda etadi; 

 
Turistik  industriya  taraqqiyotiga  investitsiyalarni  jalb  etish  bo‘yicha 
ishlarda ishtirok etadi; 

 
Turistik  infratuzilmalarni  rivojlantirish  sohasida  investitsion  loyihalarni 
ishlab chiqadi; 

 
Tashqi bozorda O‘zbekiston Respublikasi manfaatlariga amal qilinishini 
tahlil  etadi  va  turistik  sohada  shu  asosda  salbiy  nuqsonlarni  tugatish 
bo‘yicha takliflar tayyorlaydi; 

 
Turistik  sohaga  kadrlar  tayyorlash  bo‘yicha  xalqaro  dasturini  amalga 
oshiradi. 
O‘zbekistonda  turizm  taraqqiyotini  jahon  standartlari  darajasiga  ko‘tarish 
«O‘zbekturizm»  milliy  kompaniyasining  muhim  vazifalardandir.  O‘zbekiston 
Respublikasi  Prezidenti  farmoni  bilan  arxitektura  yodgorliklarini  o‘rganish  va 
restovratsiya  qilish  bo‘yicha  kata  ishlar  qilindi.  Kichik  shaharlarda,  aholi 
punktlarida Buyuk ipak yo‘li bo‘ylab joylashgan o‘tmish me’moriy yodgorliklarini  
restavratsiya  qilish  bo‘yicha  «Meros»  dasturi  ishlab  chiqildi.  Savdo  iqtisodiy  – 
madaniy  aloqalar  bo‘yicha  bir  paytlar  boy  berilgan  imkoniyat  va  shuhratni  qayta 
tiklash  uchun  zamonaviy  yo‘lda  katta  ishlar  qilinmoqda.  Mustaqil  davlatimizda 
aholining  faol  dam  olishi,  an’anaviy  sayohatlarni  jahon  turizmi  taraqqiyoti 


                      
289 
darajasiga  tashkil  etish  tiklanayapti.  O‘tmish  madaniyatimiz  yutuqlariga  yangicha 
munosabat  shakllanayapti.  Qo‘shni  davlatlar  yutuqlariga  e’tibor  oshayapti. 
Xalqimizga xos bo‘lgan tinchliksevarlik, mehmonnovozlik, yaxshilik va ma’naviyat 
singari fazilatlar yuksak darajaga ko‘tarilmoqda. 
O‘zbek xalqining dunyo sivilizatsiyasi,  madaniyati va ilm-faniga qo‘shgan 
buyuk  hissasi  u  1993  yilda  oktyabrda  a’zo  bo‘lgan  nufuzli  xalqaro  tashkilot 
YUNESKO  tomonidan  e’tirof  etildi.  Bu  tashkilot  xalqlar  o‘rtasida  ta’lim,  fan  va 
madaniyat  sohalarida  hamkorlikni  rivojlantirish  maqsadida  ulug‘  ajdodlarimiz  Abu 
Rayhon  Beruniy,  Ibn  Sinoning  1000  yillik,  al-Xorazmiyning  1200,  Samarqand 
shahrining  2750,  Qarshi  shahrining  2700  yilligi,  Toshkent,  Marg‘ilon  
shaharlarining  2000  yillik  yubileylarini  o‘tkazish  tashabbuskori  va  tashkilotchisi 
bo‘ldi. 
Ulug‘  munajjim  va  davlat  arbobi  Mirzo  Ulug‘bekning  YUNESKOni 
Parijdagi shtab-kvartirasida 1994 yilda 600 yilligini keng nishonlanishi hamkorlikda 
yangi  shonli  sahifalar  ochdi.  YUNESKO  Bosh  assambleyasining  28-sessiyasida 
O‘zbekiston  delegatsiyasining  dunyo  sivilizatsiyasi  taraqqiyotiga  buyuk  hissa 
qo‘shgan, Yevropani vayronaga aylanishidan saqlab qolgan, Buyuk ipak yo‘li orqali 
jahon savdo-iqtisodiy, madaniy aloqalarini rivojlanishida katta xizmat qilgan buyuk 
bobomiz  Amir  Temurning  660  yilligi,  Buyuk  ipak  yo‘lida  yirik  markazlar  bo‘lgan 
Buxoro,  Xiva  shaharlarining  2500  yillik  yubileylarini  o‘tkazish,  Orol  dengizi 
muammolarini  hal  etishga  jahon  jamoatchiligi  e’tiborini  tortish  to‘g‘risidagi 
konstruktiv  takliflari  va  tadbirlari  ma’qullandi.  Shu  munosabat  bilan  Markaziy 
Osiyo  mamlakatlari  uchun  YUNESKO  maxsus  «Ipak  yo‘li-muloqotlar  yo‘li» 
dasturini ishlab chiqdi.  
Amir  Temurning  660  yillik  yubileyi  Sohibqironning    ona  shahri 
Shahrisabzda,  temuriylar  poytaxti  Samarqandda,  Temurning  bolaligi,  o‘spirinligi, 
buyuk  faoliyati  bilan  bog‘liq  shaharlar,  qo‘rg‘onlarda  Temur  davri  o‘rta  asr 
me’morchiligi  noyob  namunalari  -  obidalar,  qadamjolarda  ta’mirlash, 
obodonlashtirish  ishlari  olib  borildi.  Prezident  farmoni  bilan  ulug‘  sarkarda  hayot 
paytida bo‘lgan joylarda unga xaykallar o‘rnatildi, muzeylar tashkil etildi. 
 
Ilmiy  tadqiqot  va  ta’mirlash  harakteridagi  kata  hajmdagi  ishlar  Buxoroi 
sharifning  2500  yillik  yubeleyi  munosabati  bilan  bajarildi.  Islomgacha,  undan 
oldingi o‘rta asrlarga va zamonimizga tegishli me’moriy- madaniy inshoatlar, savdo 
tizimlari ta’mirlandi. 
 
Tiklash ishlari qadimgi Xorazmning poytaxti Xivadagi Ichon qa’la va Tashan 
qa’lada  ham  olib  borildi.  Ganch,  yog‘och  o‘ymakorligi  yodgorliklari  bilan  dong 
taratgan yubilyar shahar va hudud qiyofasi qayta jonlandi. 
 
Samarqand,  Buxoro,  Xiva,  Qo‘qon  shaharlarining  qadimgi  va  o‘rta  asrlarga 
doir  noyob  madaniy  yodgorliklarini  tiklash  bo‘yicha  O‘zbekiston  Respublikasi  va 
BMT  hamkorligida  qo‘shma  faoliyat  keng  dasturi  ishlab  chiqildi  va  tasdiqlandi. 
Respublika  turistik  markazlarida  ko‘rsatiladigan  noyob  ob’ektlar  aniqlanib 
ta’mirlash  ishlari  rejalari  tuzildi  va  tasdiqlandi.  Mahalliy  restavratorlarni  va 
mutaxassislarni  tayorlash  bo‘yicha  xorijiy  investorlar  bilan  shartnomalar  tuzildi. 
Turistik  korxonalar  komplekslari  moddiy  bazasini  yaratish  va  rivojlantirishga 
qo‘yiladigan mablag‘lar hajmi belgilandi. 


                      
290 

Download 2,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   308




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish