Bog'liq 5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008
Baden – Baden va
Visbaden -Germaniyada, Fransiyada
Vishi , Belgiyada
Spa va boshqalar. Ular ayniqsa
XIX asr ikkinchi yarmida – nafaqat dam olish, balki shifobaxsh joy sifatida rivojlana
boshlagandan keyin mashhur bo‘lib ketdi. Ranglar va me’yoriy qiyofa uyg‘unligi,
ohangrabo musiqa taralib turgan pavilonlar, konsertlar, spektakllar va ballar, yangi
modadagi kiyimlar va birinchi avtomobil namoyishi, o‘yin biznesi, quvnoq sayr va
boshqa ko‘plab betakror tadbirlar turistlarga maroqli dam olish va salomatliklarini
tiklashga yordam beradi. G‘arbda kurort ishlarini tashkil etish muhim tamoillarga
XIX asrda asos solingandi va hozirgacha deyarli o‘zgarmay kelapti. Bugun
kurortlarga tashrif buyurayotganlarga qat’iy kun tartibi belgilanmaydi. Ular
o‘zlarining xohishiga qarab, vrach qabuli va dori-darmon, muollaja vaqtini
belgilashadi.
167
G‘arbiy Yevropa kurortlarining ko‘pchilik qismi