O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


 Davolash – sog‘lomlashtirish turizmi



Download 2,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/308
Sana18.01.2022
Hajmi2,37 Mb.
#385134
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   308
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008

 
6.4. Davolash – sog‘lomlashtirish turizmi  
 
Davolash  maqsadidagi  turizm  xorijga  chiqishning  boshqa  turlaridan  farqli 
ravishda  o‘ziga  xos  individual  harakterga  ega.  Odatda  sayyohlarning  davolanish 
safari 24-28 kundan iborat bo‘lib, davomiyligi jihatidan boshqa turizm turlarinikidan 
ancha  ko‘pdir.  Bu  turizm  turi  bilan  faqat  shu  maqsadda  ixtisoslashtirilgan  firmalar 
shug‘ullanadi.  Ular  turli  tibbiyot  muassasalari  va  tashkilotlari  bilan  bog‘langan. 
Davolanish safarini vrach tavsiya qiladi, keyin esa uni turistik firma rasmiylashtiradi. 
Davolanish  maqsadida  sayohatga  bo‘lgan  talabni  qondirish,  tashkil  etish  uchun 
tibbiyot 
muassasalari 
vakillari, 
kurortlar 
va 
boshqa 
mamlakatlardagi 
sog‘lomlashtirish  maskanlari  to‘g‘risida  to‘liq  axborotlar  bilan  ta’minlanadi. 
Sog‘lomlashtirish  safarlari  dasturi  shunday  tuziladiki,  uning  yarimiga  yaqinrog‘i 
davolash – sog‘lomlashtirish yoki mashg‘ulotlarga ajratiladi. Boshqa hamma tadbirlar 
yo‘l-yo‘lakay, yoki to‘ldiruvchi tadbirlarga kiradi. 
Bugungi  kunda  xorijga  shifobaxsh  kurortlar  va  sanatoriylarga  borayotgan 
kishilar soni boshqa turizm turlari bo‘yicha borayotganlarga nisbatan anchagina kam. 
Ammo  davolash  -  sog‘lomlashtirish  turistik  safarlari  mashhurlashib,  sur’atlari  o‘sib 
borayotganini  hisobga  olinadigan  bo‘lsa,  dunyo  bozorida  turizmning  bu  turi 
istiqbollari  katta  ekanligi  ko‘zga  tashlanadi.  Davolash  safari  bo‘yicha  birinchi  taklif 
Rossiya  turizm  bozorida  XX  asrning  oxirlarida  ya’ni,    1991  yilda  paydo  bo‘ldi. 
Taxminan  birgina  Moskva  shahrida  40  tadan  ortiq  turfirmalar  davolash  turizmiga 
ixtisoslashgan.  
Davolanish  maqsadidagi  sayohat  uzoq  tarixiy  taraqqiyotga  ega.  Qadimgi 
greklar va rimliklar shifobaxsh manbalari va mo‘’tadil iqlimdan o‘z salomatliklarini 
tiklashda  foydalanishgan.  Kurortlarga  na  faqat  xasta  kishilar,  balki  bunga  yetarli 
mablag‘i bo‘lgan sog‘lom kishilar ham dam olish uchun kelishgan. Qadimgi davrda 
Gresiyada  Epidavr  va  Kos,  Rimda  esa  dengiz  bo‘yida  joylashgan  Bayi  kurortlari 
mashhurligi  bilan  nom  chiqarishgan.  Tabiiy  omillarning  shifobaxsh  xususiyatlari 
tufayli davolanish maqsadlarining geografiyasi kengayib bormoqda. 
Davolash-sog‘lomlashtirish  turizmi  individual  davolanish  dasturi  bo‘yicha 
badavlat  mijozlarga  xizmat  ko‘rsatishga  mo‘ljallangan.  Bunday  aniq  bir  kasallikni 
davolashga ixtisoslashgan va aralash davolash kurortlaridan birini tanlashadi. 
An’anaviy  sanatoriya  –  kurortlari  yarim  funksional  sog‘lomlashtirish 
markazlariga  aylanib,  keng  iste’molchilar  doirasiga  mo‘ljallangan.  Kurort 
markazlarning hozirgi zamon transformatsiyasi ikki hol bilan izohlanadi. Eng avvalo 
davolash – sog‘lomlashtirish xizmatlariga talab harakteri o‘zgardi. Sog‘lom turmush 
tarzi  tufayli  jismoniy  sog‘ligini  saqlashga  intilgan  odamlar  ko‘paymoqda  va  tiklash 


                      
163 
antistres  dasturiga  ehtiyoj  sezilmoqda.  Bu  odamlar  asosan  faol  dam  olishni  ma’qul 
ko‘radigan  va  ko‘pincha  vaqti  cheklangan  kishilardir.  Ko‘pgina  ekspertlarning 
fikricha,  bunday  tipdagi  iste’molchilar  sanatoriya  –  kurortlarning  bosh  mijozlari  va 
XXI  asrda davolash sog‘lomlashtirish turizmi taraqqiyotning garovi hisoblanadi. 
Kurortlarning  ikkinchi  istiqbolli  yo‘nalishi  sababi  shudan  iboratki,  ularning 
davlat tomonidan mablag‘ bilan ta’minlanishi qisqaradi. Salomatlik maskanlari endi 
o‘z  mahsulotlarini  tabaqalariga  ajratishga  to‘g‘ri  keladi.  Iste’mol  bozorida  yangi 
segmentga  chiqish  va  qo‘shimcha  mijozlar  jalb  etish  uchun  ham  bu  juda  zarur 
bo‘ladi. 
Davolash  funksiyasini  saqlab  qolgan  holda,  kurortlar  mijozlar  kelishiga  rang-
barang dasturlar tayyorlapti, madaniy va sport tadbirlari o‘tkazishayapti. Ular kuch-
quvvatni  tiklash  va  sog‘lomlashtirish  uchun  keng  xizmatlar  majmuasini  taklif 
etishmoqda.  Keyingi  davrlarda  dengiz  bo‘yi  mehmonxonalarida  talassoterapiya  va 
«Antitsellyulit», Fito  – Go‘zalik va yoshartirish» dasturlariga talab oshib borayapti. 
Davolash  –  sog‘lomlashtirish  kurslari  davomiyligi  ko‘proq  egiluvchan  bo‘lib 
bormoqda. 
1999  yilda    Ispaniyada  bo‘lib  o‘tgan  Xalqaro  kongressda  davolash-
sog‘lomlashtirish turizmi hozirgi zamon jamiyatida muhim ahamiyatga ega ekanligi, 
dam  olish  va  davolash  bozorini  keng  tatbiq  etish,  kurort  xizmatlarining  standart 
usullarini ishlab chiqish va amalga oshirish lozimligini ta’kidladi. 

Download 2,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   308




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish