O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Download 2,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/308
Sana18.01.2022
Hajmi2,37 Mb.
#385134
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   308
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008

His  etmaslik
  yoki  ilg‘amaslik  turistik  xizmatda  shuni  bildiradiki,  ular 
shakllarini  olmaydi.  Ularni  olingunga  qadar  namoyish  etish,  ko‘rish  yoki  sinab 
ko‘rish  mumkin  emas.  Xizmat  ko‘rsatish  tovar  harid  qilishdan  farqli  ravishda  biror 
bir  narsaga  ega  bo‘lishga  olib  kelmaydi.  Turistik  mahsulotlar  his  etishning  turli 
darajalariga ega. Tez xizmat ko‘rsatish korxonasida kompleks tushlik ovqat sotishda 
ko‘rsatiladigan  xizmatlar  real  ob’ektga  (tushlikka)  bog‘langan  va  ancha  his  etish 
harakteriga  ega.  Xizmat  ko‘rsatish  chog‘ida  kam  darajadagi  moddiy  ko‘rinishli 
klassik  restoranga  tashrif  buyuruvchi  nafaqat  ovqatga  bo‘lgan  ehtiyojini  qondirish 
uchun,  balki  yoqimli  muhit  uchun  ham  keladi.  Otellar  va  transport  kompaniyalari 
taklif  qiladigan  xizmatlarni  ilg‘ab  olish  yanada  qiyin.  To‘lovlarni  amalga  oshirar 
ekan,  turist  mehmonxona  va  samolyotni  emas,  balki  tashish  va  joylashishni  sotib 
oladi. 
Xizmatlarni  ilg‘ab  ololmaslik  iste’molchida  ham,  yetkazib  beruvchida  ham 
muammolarni  keltirib  chiqaradi.  Haridor  xizmatlarni  sotib  olgunga  qadar,  ba’zan 
olganidan  keyin  ularni  ajratish  va  baholashga  qiynaladi.  Chunki  mijoz  uchun 
avtomobilni ta’mirlash bo‘yicha ustaxonaga murojaat qilganda xizmat his etilmagan 
hisoblanadi.  Ko‘pincha  u  nafaqat  ta’mirlash  jarayonini  ko‘rmaydi,  balki  qilingan 
ishni  baholay  olmaydi.  Shuning  uchun  xizmat  sotib  olishda  iste’molchida  hamisha 
sotuvchiga ishonch va umid elementlari bo‘ladi. 
Xizmatning 
nomoddiy 
harakteri 
yetkazib 
beruvchilar 
ishini 
murakkablashtiradi.  Turistik  korxonalar  ikki  muammoga  duch  kelishadi:  o‘z 


                      
109 
takliflarini mijozga qanday qilib ko‘rsatish va tushuntirish kerak, ular nima uchun pul 
to‘laydilar? 
Sotuvchi  turist  xizmatlarni  iste’mol  qilgan  chog‘ida  faqat  afzalliklarinigina 
aytishi  mumkin.  Mijozning  o‘zi  esa  xizmatlar  ko‘rsatilganidan  keyingina  ularning 
baholay  oladi.  Buni  shu  bilan  izohlash  mumkinki,  xizmatlar  asosiy  marketing 
tushunchasi  mijoz  uchun  mazkur  firmaga  murojaat  qilinadigan  foyda  yoki  qulaylik 
hisoblanadi. 
Turistik  xizmatlar  taqdim  etadigan  korxonalar  mijozlar  ishonchini 
mustahkamlash  uchun  kopleks  chora  –  tadbirlar  ko‘radi.  Ular  o‘z  xizmatlarini  his 
etilishini  oshiradi,  ularni  ahamiyatini  ta’kidlaydi.  Mijoz  tomonidan  olinadigan 
qulaylikka  e’tiborni  qaratadi,  xizmatlar  reklamasiga  estrada,  sport  yulduzlari  va 
boshqalarni jalb etadi. 
Xizmatlar  his  etilishini  ta’minlashning  shakllari  xilma-xil.  Bir  kompaniya  
mijozlarga o‘z xodimlari, ularning tajribasi va klassifikatsiyasi to‘g‘risida axborotlar 
yetkazadi, boshqalari esa firmalar xizmatlarini tushunish va baholash uchun bukletlar, 
broshyuralar va boshqa yetkazuvchi materiallarni taraqatadi. 
Keyingi paytlarda  yetkazib  beruvchilar xizmatlar  moddiyligini  oshirish uchun 
ko‘proq eng yangi axborot texnologiyalariga murojaat qilishayapti. Ayrim otellar o‘z 
saytlarida  nomerlar  manzaralarining  almashinuvini  joylashtirishmoqda.  Tugmachani 
bosish  bilan  mijoz  xonani  ko‘zdan  kechirish  rakursini  almashtiradi,  alohida 
detallarning  tasvirini  kattalashtirib  ko‘radi  (masalan, devordagi  kartinalar  yoki  oboy 
gullarni  ko‘rishni  istasa,  derazadan  ko‘rinish  bilan  tanishmoqchi  bo‘lsa).  Internet 
sahifalarida  golf-klublar  a’zolariga  qaratilgan  axborotlar  mazmuni  esa  mutlaqo 
boshqacha:  golf  o‘ynash  uchun  maydon  rejasi, o‘yinchilar  fikri,  narxlar,  ish  soatlari 
va boshqalar bilan tanishish mumkin. 
«TIS  kaver»  -  kompaniyasining  Tirol  axborot  markazi  tajribasi  diqqatga 
sazovar.  U  Avstriya  tog‘  chang‘isi  kurortlarini  his  etilishini  oshirishga  muvaffaq 
bo‘ldi.  Tog‘  yon-bag‘irlari  va  chang‘i  trassalarida  kameralar  o‘rnatildi.  Ular  qayd 
etgan axborotlar kompaniya saytlariga uzatiladi va foydalanuvchi monitor kurort ob-
havo  sharoitini  bilib  olishi  mumkin,  qor  qoplami  holatini  va  trassada  tog‘ 
chang‘ichilari  bor-yo‘qligini  ko‘radi.  Avstriya  tog‘  chang‘isi  kurortlari  haqidagi 
axborotlardan   tashqari,  «TIS  kaver»  mamlakat  haqida umumiy  ma’lumotlar,  uning 
federal  yerlari,  turistik  markazlari,  an’analari,  urf-odatlari,  bayramlari,  shuningdek 
joylashtirish  vositalarida  o‘rinlarni  bronlashtirish  xizmatlari  to‘g‘risida  ham  keng 
ma’lumotlar beradi. Milliy axborot tizimi sifatida dastlabki vujudga kelgan zahotiyoq 
u Avstriyadan tashqariga ham keng yoyildi va ayni paytda Germaniya, Shveysariya, 
Lixtenshteynni qamrab olgan. 
Bu  tizimi  Koreya  Respublikasi  hududida  joriy  etish  uchun  muzokaralar  olib 
borilmoqda.  Faqatgina  1999  yilning  birinchi  yarmida  «TIS  kaver»  kompaniyasi 
saytiga 8 mln. kishi murojaat qildi, 28 mln. marta saytga kirdilar. 
G‘arbda  xizmatlar  nisbatan  moddiyligini  o‘lchash  uchun  his  etilishining 
maxsus shkalasi ishlab chiqilgan. U iste’molchi sotib olgunicha xizmatlarni tasavvur 
qilaoladimi yoki ko‘z oldiga keltira oladimi va qanday darajada bilib olish imkonini 
beradi. 
Shkala to‘qqiz pozitsiyani o‘z ichiga oladi: 


                      
110 
1. Men bu xizmat (buyum) haqida aniq tasavvurga egaman. 
2. Tasavvur (qiyofa) asta-sekin paydo bo‘ladi. 
3. Tasavvur juda ham his etiladigan. 
4. Bu tasavvur uchun juda ham abstrakt narsa. 
5. Uni tasavvur qilish uchun bu juda ham mushkul narsa. 
6. Bu narsani boshqa kishiga osongina tasvirlab berish mumkin. 
7. Bu narsa turli qiyofalarni uyg‘otadi. 
8. Bu narsani tasvirlab berish qiyin. 
9. Men sezaman, u narsa haqida aniq tasavvurga egaman. 
Mazkur  shkaladan  foydalanib  o‘tkazilgan  tadqiqotlar  ko‘rsatdiki,  ayrim 
xizmatlar  (kino,  tez  xizmat  ko‘rsatish  restoranida  ovqatlanish,  yig‘ishtirish) 
tovralarga  nisbatan  ko‘proq  his  etilar  ekan  va  aksincha  ayrim  tovarlar  (minilgan 
avtomobil) iste’molchi tasavvurida xizmatlarga qaraganda, kam his qilinar ekan. 
Xizmatlarning 
nomoddiy 
harakteri 
baholash 
jarayonini 
va 
turistik 
mahsulotlarni  bozorda  harakatlanishini  qiyinlashtiradi.  Xizmatlarni  ishlab  chiqarish 
va iste’mol qilish ajralmasligi ayrim mutaxassislarning fikricha, xizmatlarni haqiqiy 
xizmat  qiluvchi  va  ularni  tovrlardan  farqlovchi  asosiy  xususiyatlardir.  Xizmatlarni 
faqat buyurtma tushganda yoki mijoz paydo bo‘lgandagina ko‘rsatish mumkin. Shu 
nuqtai nazardan xizmatlarni ishlab chiqarish va iste’mol qilish ajralmasdir (rasm 6). 

Download 2,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   308




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish