Chiqish turizmi
–
biror bir mamlakat (region) shaxsning o‘zi aholisi
bo‘lmagan mamlakat (region) ga sayohat qilish uchun kelishi. Kirish turizmi daromad
olish nuqtai nazaridan faol sifatida harakterlanadi. Chunki u xorijiy valyuta oqimini
yaratadi. Chiqish turizmi esa passiv hisoblanadi va valyuta mamlakatdan olib chiqib
ketiladi. Ko‘pchilik mamlakatlarda kirish turizmi turistik (milliy) iqtisodiyotning
istiqbolli rivojlanishi yo‘nalishlaridan sanaladi.
Aniq mamlakat (mintaqa)lar turizmi iqtisodiyotini o‘rganish chog‘ida uning
rivojlanish yo‘nalishi va ishlash samaradorligini oshirishga «Milliy turizm»,
«Xalqaro turizm», «Mazkur mamlakat (mintaqa) doirasida turizm» tushunchalari
sifatida qaralishi zarur. Keltirilgan klassifikatsiyalar nuqtai nazaridan ichki va chiqish
turizmi milliy turizmga kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |