Resurslarning cheklanganligi. Iqtisodiy resurslar bitta umumiy ildiz belgisiga
ega: ular juda kam. Tabiiy turistik qulaylik kapital uskunalar va ishchi kuchi (ish
vaqti) ishlab chiqarish jarayonlari omillari sifatida jismoniy chegarasiga ega. Ular
oldindan tabiat tomonidan, an’analar yoki inson faoliyati bilan vujudga keltirilgan.
Yer, foydalanish usullari takomillashtirilayotganiga qaramasdan, miqdor jihatidan doimiy qoladi; uning imkoniyatlari qat’iy cheklangan. Ammo resurslarda nimalar juda muhim? Maksimal miqdorda foydali mahsulot olish uchun u nafaqat yerga to‘liq jalb etilishi, kapital va mehnat iqtisodiy oboroti ta’minlanishi, balki ularni optimal qo‘shilishini ham tanlanmog‘i zarur.
Iqtisodiy resurslarni optimal qo‘shish va taqsimlash muammosi bita masalani yechish bilangina hal bo‘lmaydi. Xo‘jalik har bir tarmog‘i va alohida olingan korxona ularni o‘zlashtirishning eng maqbul variantlarini qidirishda doimiy ish olib borayapti. Ular sharoit o‘zgarishidan kelib chiqib, o‘z faoliyat yo‘nalishglarini tanlab olishayapti.
Do'stlaringiz bilan baham: |