Bosh assambleya. Bosh assambleya haqiqiy a’zolar vakillaridan iborat BTT ning yuqori organi hisoblanadi. Navbatdagi sessiya har ikki yilda bir marta chaqiriladi. Zarurat tug‘ulganda navbatdan tashqari sessiya chaqirilib, vaziyat taqazo qilgan masalalar muhokama qilinadi. Assambleya ikki yilda bir marta tashkilot byudjetini muhokama qilish uchun chiqariladi va uning ish dasturi turistik sektordagi dolzarb muammolarni muhokama qiladi. Bosh assambleya har to‘rt yilda tashkilot bosh kotibini saylaydi. Asambleya BTT faoliyat doirasiga kiruvchi har qanday masalani muhokama etadi. Bosh assambleya Haqiqiy va Assossiyalashgan a’zolar ichidan ovoz beruvchi delegatlardan tashkil topgan. Birlashgan – Qo‘shilgan a’zolar va boshqa halqaro tashkilotlar vakillari Assambleyada kuzatuvchi sifatida ishtirok etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |