onerail. com. 2001 yil martida Internetdan foydalanuvchilar temiryo‘l biletlarini bronlashtirish bo‘yicha yirik portalga kirish imkoniga ega bo‘ladilar. Bu tizimda yer yuzining deyarli barcha burchaklaridan 250 mln. marshrut taqdim etilgan, onlayn rejimida ularning istalganiga bronlashtirish mumkin. Bronlashtirish
rasmiylashtirilganidan so‘ng tizim elektron tasdiq beradi. Turist uni elektron biletlar sotiladigan kioskalarda yoki kassalarda temiryo‘l bilitega almashtirishi lozim. «Onerail» turagentliklar uchun juda foydali hamkorlik shartlarini taqdim etadi. Ular har oyda o‘tkazilgan har bir bronlashtirish uchun komission mukofat olish imkoniyatiga ega. Kompaniya yetakchi GDSlar bilan faol hamkorlik qilmoqda: “Amadeus”, “Sabre”, “Worldspan” va “Galileo” shular jumlasidandir. Natijada foydalanuvchilari «Onerail» resurslariga kirish imkoniga ega bo‘ldilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |