– ixtiroga talabnoma; – oynomalarda, institutlar ilmiy to‘plamlarida yoki maxsus ilmiy ishlar to‘plamlarida va shu kabilarda maqolalar; – har xil ilmiy anjumanlarda ma’ruzalar; – obzor ish boshlashdan oldingi va shu kungacha tadqiqot olib borilayotgan yoki unga turdosh mavzular bo‘yicha bajarilgan ilmiy tadqiqot natijalarini odilona tanqidiy yig‘ilmasi; – referat – ilmiy tadqiqot ishlar natijalari haqida keltirilgan qisqa ma’lumot; – avtoreferat – dissertatsiyaning qisqartirilgan mazmuni; – monografiya – kitob, broshyura ko‘rinishidagi ilmiy ishlar to‘plami bo‘lib, unda muayyan bir ilmiy masala yoki muammo yoritilib, uning yechimlari va yechilish usullari keltiriladi; – dissertatsiya – mustaqil yoki ilmiy rahbar rahbarligida yoki maslahatchiligida bajariladigan ilmiy tadqiqot ishi bo‘lib unda u aktual ilmiy masala yoki muammoning yangi yechimlari hal qilinish usullari keltiriladi va ilmiy unvon olish uchun uni ilmiy jamoa oldida himoya qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |